К содержанию
РецензированоUZ2026

BANKLARDA MUAMMOLI KREDITLAR BILAN ISHLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH

Xoshimov Xasan Shokirjon o‘g‘li

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada banklarda muammoli kreditlar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan ma’lumotlar keltrilgan bo’lib. Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar bilan ishlashning bank tizimining barqarorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va muammoli kreditlar esa jiddiy tahdid soluvchi omil hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda tijorat banklarida, muammoli kreditlarni boshqarishning zamonaviy usullari va ularni takomillashtirish yoʻllari oʻrganilgan. Ishda kredit portfelini tahlil qilish, risklarni baholash, kredit monitoringi tizimini takomillashtirish va qayta tuzilish mexanizmlarini ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Muammoli kredit, kredit portfeli, risk boshqaruvi, diversifikatsiya, innovatsion yechimlar, raqamli texnologiyalar, tijorat banki, iqtisodiy samaradorlik. kreditlash, sanoat korxonalari, moliyalashtirish, iqtisodiy rivojlanish, risk boshqaruvi, innovatsion yechimlar, bank kreditlari. Respublikamiz bank amaliyotida soʻnggi yillarda berilayotgan kreditlar dinamikasi va ularni qaytarishda yuzaga kelayotgan qarzdorlik muammosi, uni yuzaga keltirayotgan omillar hamda yuzaga kelgan qarzdorlik boʻyicha tijorat banklarida shakllantirilayotgan zahiralar holati haqida biroz toʻxtalib oʻtish lozim. Soʻnggi yillarda kreditning iqtisodiyotdagi oʻrni va roligina emas, balki kredit munosabatlarini tashkil etish jarayoni ham sifat jihatidan ancha oʻzgardi. Mijozlarni pul oqimi nobarqaror boʻlgan sharoitda tijorat banklari kredit berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishda asosiy eʻtiborni yuqori likvidli obyektlarni garovga olishga qaratadi. Bu esa, amaliy jihatdan toʻgʻri qabul qilingan qaror hisoblanadi. Chunki, kreditni qaytarish vaqti kelganda mijozning joriy hisobraqamida pul mablagʻlarini boʻlmay qolish ehtimoli yuqori boʻladi. Ayniqsa, iqtisodiyotni pul mablagʻlari bilan taʻminlanganlik darajasi past boʻlgan mamlakatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni pul oqimi nobarqarorlik darajasini yuqori boʻlishi kuzatiladi. Kreditlar ustidan joriy nazoratni amalga oshirishda ushbu operatsiyalar turli 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 331 Ustozlar uchun pedagoglar.org darajalarda ikkita xolis mansabdor shaxs tomonidan tekshirilishi lozim. Avvalo joriy nazorat jarayoni ushbu mijozni kreditlashni amalga oshirgan yoki ushbu kreditni ishini yuritish topshirilgan bank xodimi tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bundan tashqari, har bir kredit ishining ma‘lum davriy oraliqlarda tahlil qilib borish, kredit operatsiyalarini amalga oshirib borish ustidan nazorat qilish topshirilgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi lozim. Muammoli kreditlar bank tizimining barqarorligiga jiddiy tahdid soladi, ayniqsa makroiqtisodiy inqirozlar davrida. O‘zbekistonda bank sektorining rivoji bilan birga kredit riskini boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish zarurati ortib bormoqda“ Sh.Z.Abdullayevaning fikriga koʻra “Bank resurslarini shakllantirish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklarning passiv va aktiv - passiv schetidagi pul mablagʻlarining salmogʻi oshib boradi”. “Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta rol oʻynaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur boʻlgan-kredit resurslarini tashkil qiladi” deb yozib qoldirgan. Iqtisodchi olimlar U. Azizov, T. Karaliyev va T. Boboqulovlar bank kapitali tijorat banki faoliyatida vujudga keladigan iqtisodiy tanglik hamda ziddiyatli vaziyatlar sharoitida xavfsiz “moliyaviy yostiq” vazifasini bajarishi bilan birga, bank kutilmaganda moliyaviy qiyinchilik va yoʻqotishlarga duch kelganda unga toʻlovga qobiliyati darajasini saqlab qolish va faoliyatini davom ettirish imkoniyatini beradigan moliyaviy manba hisoblanadi. Jahon amaliyotida kreditlarni yagona, umumlashgan tasnifi yo`q. Chunki kreditlarning turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, uning urf-odatlariga, aholi orasida kreditlarni berish va qaytarish bo’yicha tarixan shakllangan (tovar shaklida, pul shaklida, boshqa shakllar va shartlarda) usullariga bog`liq bo`ladi. Kreditning asosiy turlari: 1. Bank krediti. 2. Davlat krediti. 3. Iste`mol krediti. 4. Tijorat krediti. 5. Lizing. 6. Xalqaro kredit. Kredit haqida ma’lumotlarni ko‘rib chiqanimizdan kegin adabiyotlarda muammoli kreditlarning asosiy sababi sifatida kredit riskini baholashdagi kamchiliklar ham ayttib o‘tish joyiz deb bildim. Zaif kredit anderrayting standartlari va noto‘g‘ri tekshirish 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 332 Ustozlar uchun pedagoglar.org jarayonlari yuqori muammoli kreditga olib kelishi mumkin. Normativ me’yoriy-huquqiy baza muammoli kreditning tarqalishiga ta’sir qilishi mumkin. Tadqiqotlar tartibga soluvchi o‘zgarishlarning muammoli kredit darajasiga ta’sirini o‘rganib chiqdi, bu esa sekin tartibga solish muammoli kreditlarning yuqori darajalariga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi. Muammoli kreditlarning oqibatlari quyidagilarga olib kelis

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada banklarda muammoli kreditlar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan ma’lumotlar keltrilgan bo’lib.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada banklarda muammoli kreditlar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan ma’lumotlar keltrilgan bo’lib. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diversifikatsiya, raqamli texnologiyalar, risk boshqaruvi, iqtisodiy samaradorlik. kreditlash, iqtisodiy rivojlanish, innovatsion yechimlar, kredit portfeli, sanoat korxonalari, bank kreditlari., tijorat banki, moliyalashtirish, Muammoli kredit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники