К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLALARDA BILISH JAROYONLARINI RIVOJLANTIRISHDA OʻYIN FAOLIYATINING O’RNI

FAOLIYATINING O’RNI · Kuziyeva Umida Komuljonovna

Для учителей · 2026

Аннотация

Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o’zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutqni egallagan bo’lishi, ma’lum malakalar, o’quvlar va elementar tushunchalarga ega bo’lishi kerak bo’ladi. Bularga bola o’yin faoliyati orqali erishadi. Kalit so’zlar: O’yin, tarbiya, rivojlanish, bolalar, bilish jarayoni. Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’lim - tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir. Shu boisdan ham ta’limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma - bosqich ta’lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keladi. Hozirgi yoshlarning har jihatdan mukammal barkamol, keng dunyoqarashga, ijodiy tafakkurga, intellektual salohiyatga ega bo’lgan shaxslar qilib tarbiyalashimiz zarur. Vatanimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizning bilimdonligi, ma’naviy kamoloti, g’oyaviy yetukligi davrimizning dolzarb vazifalaridandir. O’zbek xalqi ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega bo’lib, avlodlarga insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do’stlik birodarlik, mehr-oqibat kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalab kelgan. Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o’yin bilan o’tadi. O’yin - maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy faoliyati bo’lib hisoblanadi. O’yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti sifatida shakllana boshlaydi. O’yin o’zoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o’ziga qaratib kelgan. O’yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasiga, maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim- tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomondan tarbiyalashda katta o’rin tutadi. 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 345 Ustozlar uchun pedagoglar.org O’yinda yosh organizmga xos bo’lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. SHuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o’yin munosib o’rin egallaydi. O’yin ta’lim va mashg’ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog’liq bo’lib juda katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ijodiy o’yinlarda muhim bilim egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurni, xayolni, diqqatni, xotirani faollashtirishni talab qiladi. Bola masalalarni mustaqil hal qilishga o’rganadi, o’ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o’ylab topadi, o’z bilimlaridan foydalanish va uni so’z bilan ifodalashni o’rganadi. O’yinda aks ettirilayotgan narsani bilib olishga qiziqish o’yg’onadi. Ko’pincha o’yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Bolalarda kattalarning mehnatiga, ijtimoiy hayotga, kishilarning qahramonona ishlariga qiziqish sari ularda bo’lajak mutaxassislik, yaxshi ko’rgan qahramonlariga taqlid qilish kabi dastlabki orzular paydo bo’ladi. Shunday qilib, psixolog adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro muomalasiga qiziqadi; 2) bolalar rolli o’yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo’shqin xistuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar; 3) rolli o’yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi; 4) kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakkam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi. Maktabgacha yosh davrida o’yinning takomillashuvi. Psixologiya qabul qilinganidek, rolli o’yin faoliyati syujet va mazmundan tashkil topadi. Ma’lumki, 1-3 yosh bolalar hali tashqi muhitni juda oz o’zlashtirganlar. Ular hali hattoki narsalarning rangini, hajmini va boshqa jihatlarini yaxshi ajrata olmaydilar. SHuning uchun ularga ko’g’irchoq bilan birga har xil rangli qiyqim, laxtak matolar ham berish kerak. Ayniksa, qiz bolalar o’z ko’g’irchoqlarini har xil rangli matolarga o’rab, ro’mol qilib o’ratib mashq qiladilar. O’g’il bolalarga esa, har xil rangli, bir-birining ichiga sig’adigan quticha o’yinchoklarni berish foydalidir. Bola 1-yoshdan 3- yoshgacha narsalar, bilan harakatlar qilishni egallaydi o’yin bolaning harakatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga yordam qiladi. Shuni ham aytib o’tish 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 346 Ustozlar uchun pedagoglar.org kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning hozirgi zamonamizdagi yaratilayotgan, xayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go’yo bir mo’jizadek ko’rinadi. Natijada ular ham o’zlarining turli o’yinlari jarayonida o’xshatma qilib har xil hayoliy narsalarni o’ylab chiqaradilar (uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashqari, bolalarning turli hayoliy narsalarni o’ylab chiqarishlari yana shuni

Доказательный фрагмент

«Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o’zlashtirishga kirisha olmaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o’zlashtirishga kirisha olmaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
O’yin, tarbiya, rivojlanish, bilish jarayoni., bolalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники