К содержанию
РецензированоUZ2018

CHATGPT: SUN’IY INTELLEKTNING YANGI BOSQICHI. DASTURNING CHEKLANMAGAN IMKONIYATLARI VA JIDDIY SALBIY TAʼSIRLARI

Salimova Oltinoy · Tursunmetov Ibodulla

Для учителей · 2018

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi kunda barchamiz uchun eng yaxshi "ustoz" ga aylangan sunʼiy intellekt dasturi - ChatGPTning imkoniyatlari, va jiddiy xavflari haqida gap boradi. U inson hayotiga qay darajada xavf tugʻdirmoqda? Undan foydalanishda nimalarga eʼtibor qaratishimiz lozim? Undan oqilona foydalanib bilimimizni oshirishimiz, ko’plab muvaffaqiyatlarga erishishimiz mumkinligini juda yaxshi bilamiz. Shu bilan bir qatorda undan shunchaki bemaqsad foydalanib vaqtni befoyda sarflayotganlar ham kam emas. Ammo eng yomoni dasturdan o’zi istamagan holda zarar ko’rayotganlar ham yo’q emas! Kalit so’zlar. Sun'iy intellekt (AI), ChatGPT, OpenAI, ijodiy fikrlash, xohishga qarab javoblar, noto‘g‘ri tashxislar, sun'iy intellektning salbiy ta'sirlari Kirish. Bugungi kunda sun’iy intellekt inson hayotining turli jabhalarida mustahkam o‘rin egallamoqda. Ayniqsa, OpenAI kompaniyasi tomonidan yaratilgan ChatGPT kabi til modellari o‘quv, tibbiyot, turli kasblar, dasturlash va boshqa sohalarda katta yordam bermoqda. ChatGPT OpenAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning birinchi versiyasi 2018-yilda GPT-1 sifatida taqdim etilgan. 2019-yilda GPT- 2, 2020-yilda GPT-3, 2023-yilda esa GPT-4 versiyalari chiqdi. Har bir yangi model o‘zidan oldingisiga qaraganda ancha kuchliroq va tushunish qobiliyati yuqoriroq. Asosiy qism. Bugungi kunda ChatGPT turli tillarda gaplasha oladi va juda murakkab vazifalarni bajarishga qodir. ChatGPT ko‘p sohalarda yordam berishi mumkin: Talimda u istalgan savollarga javob berishi, insholar yozishi, ilmiy tushunchalarni soddalashtirishi mumkin. Tibbiyotda simptomlar bo‘yicha umumiy ma’lumot berish qobiliyatiga ega.Dasturlash tizimlarida kod yozish, xatoliklarni topish, algoritmlarni tushuntirish ishlarini amalga oshiradi. Ijodkorlikda she’r, hikoya, ssenariy yozish, 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 378 Ustozlar uchun pedagoglar.org suhbatlar yaratishi mumkin. Matnlarni bir tildsn boshqasiga tarjima qila oladi. Shaxsiy yordamchi sifatida reja tuzish, maslahat berish, muammolarni yechishga qodir. Uning foydali tomonlariga keladigan boʻlsak, tez va oson javoblar beradi. Talim va o‘qishga katta ko‘mak beradi, ko‘p tilda ishlay oladi. Doimiy charchamaydi, 24/7 ishlaydi. Ijodiy fikrlashni rivojlantiradi. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor! ChatGPT ayrim hollarda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, uydirma yoki noto‘liq ma’lumotlarni ham aniq ishonch bilan taqdim etishi mumkin. Bu ayniqsa, tibbiyot, huquq, tarix yoki ilmiy izlanish kabi aniqlik talab qilinadigan sohalarda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Inson fikriga o‘xshab ko‘rinsa-da, u his qilmaydi va mas’uliyat olmaydi. Koʻpgina insonlar kasallikni boshlangʻich simptomlarida shifokorga murojaat qilishdan koʻra ChatGPT dan yordam soʻrashni maʼqulroq koʻrmoqdalar. Lekin ushbu sunʼiy intellekt har doim ham toʻgʻri javob bermasligini inobatga olish zarur. Mutaxassislar tomonidan u shunday programmalashtirilganki, u bilmagan narsasini taxminiy javoblar orqali taqdim etadi, kasallik simptomlariga qarab notoʻgʻri dori vositalarini qatʼiy ravishda ishonch bilan tavsiya qilishi mumkin. Agar bu haqida bir necha bor takroran soʻralsa , u yana bir necha xilda turlicha javoblar berishi 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 379 Ustozlar uchun pedagoglar.org mumkin. Shunday qilib noto’gri qoʻllanilgan dori vositalari, nooʻrin tashxislar , va kechiktirilgan muolajalar inson hayotiga jiddiy xavf solishi turgan gap. Ayniqsa, ongologik kasalliklarda bu yanada yaqqol namoyon boʻladi. Afsuski bu hali hammasi emas. Qalampir.uz saytining xabar berishicha Amerikalik Sharlotta ismli ayol, chatGPT ni yoqtirib qolib, eri bilan ajrashishga qaror qildi. Ha, ha toʻgʻri eshitdingiz, ChatGPT ni yoqtirib qolib! Buning asosiy sababi ChatGPT ga insonning fikri, xohishiga qarab javoblarni taqdim etish qobiliyatidir. Vaholanki bu xato fikr boʻlsa ham u oʻz foydalanuvchilarini saqlab qolish uchun ularning xohishiga ko’ra maslahat va ma’lumotlar beradi. ...Bundan tashqari koʻplab maktab oʻquvchilari, talabalar har bir jabha, har bir savol va topshiriqlarda undan yordam soʻrayotgani, va vazifalarni u orqali bajarayotgani uchun ularning mustaqil fikrlash qobiliyati pasayishi yuz bermoqda . Hattoki juda oddiy vaziyatlarda ham fikrlashni istashmayapti. Chunki ularning oʻrnida tezroq fikrlaydigan sunʼiy intellekt mavjud… Xulosa. Xulosa qilib aytganda, OpenAI kompaniyasi tomonidan yaratilgan uchbu sun'iy intellekt cheklanmagan miqdordagi imkoniyatlarga ega, u biz uchun ustoz, 71-son 3 –to’plam May 2025 Sahifa: 380 Ustozlar uchun pedagoglar.org koʻmakchi, motivator, bilim manbayi payti kelganda yaxshi maslahatchi bola olishi mumkin, shunchaki undan toʻgʻri va oqilona foydalanish zarur. Turmushda ishlatiladigan pichoq orqali meva sabzavotlarni toʻgʻrab shirin ovqatlar, shirinliklar tayyorlash mumkin. Lekin shu bilan birga undan notoʻgʻri foydalanish qotilliklar, va turli jinoyatlar yoʻlida qurbon boʻlishga sabab boʻlishi mumkin. Shunday ekan har bir narsadan toʻgʻri foydalanaylik! Foyda

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada hozirgi kunda barchamiz uchun eng yaxshi "ustoz" ga aylangan sunʼiy intellekt dasturi - ChatGPTning imkoniyatlari, va jiddiy xavflari haqida gap boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada hozirgi kunda barchamiz uchun eng yaxshi "ustoz" ga aylangan sunʼiy intellekt dasturi - ChatGPTning imkoniyatlari, va jiddiy xavflari haqida gap boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sun'iy intellekt (AI), ijodiy fikrlash, OpenAI, noto‘g‘ri tashxislar, sun'iy intellektning salbiy ta'sirlari, xohishga qarab javoblar, ChatGPT
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники