К содержанию
РецензированоUZ2026

TURLI YOʻNALISHLARDA ILMIY TADQIQOTLARDA INKLYUZIV TAʼLIM MUAMMOLARINI OʻRGANISH

Avazova Marg’iyona

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitish (co-teaching) tushunchalari va ularning ta'lim tizimlaridagi o'rni tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitish, o'zaro bog'liq bo'lsa-da, turli pedagogik yondashuvlarga asoslanadi. Inklyuziv ta'lim — bu alohida yordamga muhtoj bo'lgan bolalarni umumiy ta'lim tizimiga integratsiyalashga qaratilgan tizim bo'lib, barcha o'quvchilarga teng imkoniyatlar yaratish uchun o'qitish metodlari va resurslarini moslashtirishni talab qiladi. Birgalikda o'qitish esa ikki yoki undan ortiq o'qituvchining birgalikda ta'lim berish usulini bildiradi va maxsus ehtiyojlarga ega bo'lgan bolalarga ko'proq individual yondashuvni ta'minlashni maqsad qiladi. Tezishda inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitishning farqlari, samaradorligi, joriy etilishidagi qiyinchiliklar va ta'lim jarayonida ular qanday ishlatilishi haqida chuqur tahlil qilingan. Kalit so'zlar: Inklyuziv ta'lim, birgalikda o'qitish, maxsus ehtiyojli bolalar, pedagogik yondashuvlar, ta'lim tizimi, integratsiya, o'qitish metodlari, individual yondashuv, ta'lim resurslari, o'qituvchilar hamkorligi, ta'limdagi tenglik, jamiyatda adolat. Kirish. Bugungi ta'lim tizimlari ta'lim oluvchilarni teng imkoniyatlar bilan ta'minlashga intilmoqda. Inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitish bu jarayonni amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. Inklyuziv ta'limning asosiy maqsadi barcha o'quvchilarga, shu jumladan, alohida yordamga muhtoj bolalarga ham teng imkoniyatlar yaratishdir. Biroq, inklyuziv ta'lim tizimi faqatgina alohida yordamga muhtoj bolalar uchun emas, balki umumiy ta'limga ham moslashtirilgan tizimni tashkil etadi. Birgalikda o'qitish (co-teaching) esa ikkita o'qituvchining birgalikda ishlashini ta'minlaydigan metodologiya bo'lib, u o'zida o'qituvchining pedagogik usullarini bir-biriga integratsiyalashni va o'quvchilarning ehtiyojlariga moslashuvchan yondashuvni o'z ichiga oladi. Bu yondashuv inklyuziv ta'limning o'ziga xos ko'rinishlaridan biridir, ammo u o'zining individual xususiyatlariga ega. Ushbu tezisda inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitishning o'zaro farqlari, ularning samaradorligi, metodik yondashuvlari, o'qituvchilarga bo'lgan talablar va umumiy ta'lim tizimida ular qanday integratsiyalashganligi haqida tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'lim — bu barcha o'quvchilarni, shu jumladan, maxsus ehtiyojlari bo'lgan bolalarni ham birlashtirgan ta'lim yondashuvidir. Bu tizim o'quvchilarning individual ehtiyojlariga qarab moslashtirilgan o'qitish metodlari, o'quv resurslari va yordamchi xizmatlarni o'z ichiga oladi. Inklyuziv ta'lim nafaqat ta'lim jarayonida teng imkoniyatlar yaratishni, balki jamiyatda ijtimoiy adolatni ta'minlashni ham ko'zda tutadi. Inklyuziv ta'limning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:  Har bir bola uchun teng imkoniyatlar yaratish;  O'quvchilarni ularning ehtiyojlariga qarab moslashtirilgan o'qitish metodlari orqali ta'lim berish;  Jamiyatda ijtimoiy adolat va hurmatni rivojlantirish;  Ta'lim jarayonini moslashtirish orqali barcha o'quvchilarni birlashtirish. 51 2. Birgalikda o'qitish (Co-teaching): Birgalikda o'qitish – ikki yoki undan ortiq o'qituvchining o'zaro hamkorlikda ta'lim berish metodologiyasidir. Bu yondashuvda o'qituvchilar o'zlarining pedagogik metodlarini bir-biriga qo‘shib, o'quvchilarning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda birgalikda ishlaydi. Birgalikda o'qitish maxsus ehtiyojli bolalarga yordam berishda juda samarali bo'lishi mumkin, chunki ularning ta'lim jarayonida ko'proq individual e'tibor va yordam olish imkoniyatlari bo'ladi. Birgalikda o'qitishning asosiy afzalliklari:  Maxsus ehtiyojli bolalar uchun yaxshilangan yondashuvlar;  O'qituvchilarning o'zaro tajriba almashinuvi va samarali pedagogik usullarni birlashtirish;  Ta'limning sifatini oshirish va o'quvchilarga individual yordam ko'rsatish. 3. Inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitishning farqlari: Inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitishning o'rtasidagi asosiy farq shundaki, inklyuziv ta'lim ko'proq o'quvchilarning ehtiyojlariga moslashtirilgan o'quv rejalarini yaratishga yo'naltirilgan bo'lsa, birgalikda o'qitish metodologiyasi ikki yoki undan ortiq o'qituvchining ta'lim jarayonida birgalikda ishlashiga asoslanadi. Inklyuziv ta'limda asosiy e'tibor jamiyatda ijtimoiy adolat va tenglikni ta'minlashga qaratilgan bo'lsa, birgalikda o'qitish metodologiyasi ko'proq pedagogik resurslarni birlashtirish va o'quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olishga yo'naltirilgan. Xulosa. Ushbu tezisda inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitish yondashuvlari o'rtasidagi asosiy farqlar tahlil qilindi. Inklyuziv ta'lim barcha o'quvchilarga, shu jumladan, maxsus ehtiyojli bolalarga teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan tizim bo'lib, ta'lim jarayonini moslashtirish va individual ehtiyojlarni hisobga olishni taqozo etadi. Birgalikda o'qitish esa ikkita yoki undan ortiq o'qituvchining o'zaro hamkorlikda pedagogik usullarni birlashtirib, o'quvchilarning o'ziga xos ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi. Inkl

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitish (co-teaching) tushunchalari va ularning ta'lim tizimlaridagi o'rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitish (co-teaching) tushunchalari va ularning ta'lim tizimlaridagi o'rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Inklyuziv ta'lim, birgalikda o'qitish, maxsus ehtiyojli bolalar, pedagogik, pedagogik metodlar, ta'limda adolat., innovatsion ta'lim metodlari, resurslar va imkoniyatlar, nogironligi bo‘lgan talabalar, ijtimoiy tenglik, ilmiy tadqiqotlar, pedagogik Malaka, ta'lim tizimi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники