К содержанию
РецензированоUZ2025

OʻQUVCHI-YOSHLAR TARBIYASIDA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNING AHAMIYATI

Oʻrinova Gulsevar Lochinbek qizi · O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi · Abdulla Avloniy

Для учителей · 2025

Аннотация

Ushbu maqola oʻquvchi-yoshlar faoliyatida psixologik tayyorgarlikning ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, yuqori sinf oʻquvchilarining kasbiy, hayotiy, ilmiy, psixologik tayyorgarligini o‘rganishni nazarda tutadi. Shuningdek, maqola mazmunida asosli manbalar orqali oʻquvchilarning individual xususiyatlari, ularning psixologik qiyofasi va funktsiyalari ilmiy asoslar orqali yoritilgan. Kalit so'zlar: maktab, oʻqituvchi, psixolog, oʻquvchi, sinf, intizom, psixologik qiyofa, fidoiylik. “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” Abdulla Avloniy Yoshlarni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlar berishning sifatini oshirish hamda jamiyatimiz uchun barkamol shaxsni shakllantirish ta‟lim tizimining eng asosiy maqsadlardan hisoblanadi. Yosh avlodning jumladan, maktab oʻquvchilarining psixologik tayyorgarligi juda muhim masalalardan biri boʻlib, bugungi kundagi dunyoning ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik oʻzgarishlari bilan bogʻliq ravishda turli xil stress va nobarqaror ruhiy holatlar vujudga kelmoqda. Bu borada, Yangi Oʻzbekistonimizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy dunyoqarashimizni ildizlarini inobatga olib “Zamonaviy oʻquvchi” qiyofasida tarbiyani mazmunini shakllantirib borish imkoniyatlari yaratilmoqda. Yuqori sinf oʻquvchilarini kelgusi hayoti uni inson qilib koʻrsatuvchi ruhiy va ma’naviy timsolini belgilovchi psixologik tayyorgarlikning ahamiyati beqiyosdir. Jamiyatimizda yoshlar psixik taraqqiyotida hal etish zarur bo‘lgan milliy psixologik muammolar mavjudki, mazmunan ularni bartaraf etishga e’tibor berilsada, yoshlar 71-son 4 –to’plam May 2025 Sahifa: 46 Ustozlar uchun pedagoglar.org tarbiyasiga oid salbiy holatlar, kamchiliklar, ijtimoiy munosabatlar tizimida nizoli vaziyatlar uchrab turibdi. Ta’kidlash joizki, barcha mamlakatlarda bo‘lgani kabi bizning yurtimizda yoshlarimiz orasida ham tarbiyasi og‘ir va noqobil yoshlar mavjud bo‘lib, jamiyatimizda ularning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, ular bilan ishlash azaldan dolzarb muammolardan biri hisoblanib keladi. Ma’lumki, yoshlarning psixologik jihatdan o‘sishi va rivojlanishi, hayotning hamma bosqichlarida turlicha bo‘lib, ularning yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab o‘zgarib boradi[1, 103]. Demak, har bir ota-ona va o‘qituvchilar yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ularning psixologik xususiyatlarini yaxshi bilgan holda amaliy hayotda bu ishga to‘g‘ri yondashishlari maqsadga muvofiqdir. Darhaqiqat, mutafakkirlarimizning fikricha, yoshlar xulqining mo‘tadillikda saqlanishiga alohida e’tibor berish kerak. Bundan ikki manfaat borligi e’tirof etiladi. Birinchisi – yoshlarning psixologik holati uchun bo‘lib, u yoshlikdan boshlab yaxshi xulqli bo‘lib o‘sadi va keyinchalik bu unga ajralmas malaka bo‘lib qoladi. Ikkinchisi – uning tanasi uchundir, chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlaridan bo‘ladi. Shuningdek, agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, g‘azab kuchli qizdiradi, qayg‘u kuchli quritadi, hafsalasizlik nafsoniy quvvatni bo‘shashtirib, mijozni buzadi[2, 100]. Demak, tarbiyaviy ishdagi e’tiborsizlik, salbiy muhit, ziddiyatlar, tarbiya qoida va usullariga to‘g‘ri amal qilmaslik, yohud yaxshi bilmaslik, ota-onalarning o‘z farzandlariga doimiy ravishda qo‘rslik bilan munosabatda bo‘lishlari yoshlar orasida tarbiyasi “qiyin” bolalarning ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Psixologiyada shaxs bilan bog‘liq tushunchalar ichida “Men – konsepsiya” tushunchasi alohida o‘rin tutadi[3, 169]. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchi-yoshlarning atrofidagi tengdoshlari bilan munosabatini belgilab beradigan o‘zi haqidagi tasavvurlar to‘plamidan iboratdir. Tarbiya jarayonida esa “Men – konsepsiya” yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi, chunki o‘qituvchi yoshlarga o‘zi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqib baho beradi, ularga o‘zi o‘zlashtirgan tajribani yetkazadi. Agar o‘qituvchi ijobiy “Men – konsepsiya”ga ega bo‘lsa, ya’ni unda shaxsiy to‘laqonlik hissi mavjud va yetarlicha emotsional barqaror bo‘lsa, bunday o‘qituvchining o‘quvchilar bilan munosabati faqat ijobiy timsollar asosida quriladi. O‘z-o‘zidan mahlumki o‘qituvchining ijobiy “Men – 71-son 4 –to’plam May 2025 Sahifa: 47 Ustozlar uchun pedagoglar.org konsepsiya”si o‘quvchilarning shakllanishiga ijobiy tahsir ko‘rsatadi, chunki inson yoshidan qat’iy nazar o‘z faoliyatiga nisbatan ijobiy baholashga ehtiyoj sezadi, bunday munosabat va ibrat esa o‘quvchilarda ijobiy xarakter xislatlarini shakllantirishi ehtimoldan holi emas. Yosh avlodni dunyo qarashini shakllantirishda milliy qadriyatlarimizdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu borada, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha izlanishlarning tahlili quyidagi ayrim jihatlarga e’tibor qaratish kerakligini ko‘rsatmoqda: yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni jadallashtirish; mil

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola oʻquvchi-yoshlar faoliyatida psixologik tayyorgarlikning ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, yuqori sinf oʻquvchilarining kasbiy, hayotiy, ilmiy, psixologik tayyorgarligini o‘rganishni nazarda tutadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola oʻquvchi-yoshlar faoliyatida psixologik tayyorgarlikning ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, yuqori sinf oʻquvchilarining kasbiy, hayotiy, ilmiy, psixologik tayyorgarligini o‘rganishni nazarda tutadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktab, oʻqituvchi, psixolog, oʻquvchi, sinf, intizom, psixologik, psixologik qiyofa, fidoiylik.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники