К содержанию
РецензированоUZ2026

ESTETIK MADANIYAT TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Gaybullaeva Shodiyona Tashpulatovna

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada estetik madaniyat tushunchasining mohiyati, tarkibiy qismlari va rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan. Estetik madaniyat insonning go‘zallikka bo‘lgan munosabati, didi, tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Muallif estetik ehtiyoj, ideal, tafakkur, his-tuyg‘u va faoliyat kabi asosiy tarkibiy qismlarini ajratgan holda, ularning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini ochib bergan. Shuningdek, estetik madaniyatning bolalikdan to voyaga yetguncha bo‘lgan bosqichlari izchil yoritilgan. Kalit so‘zlar: Estetik madaniyat, estetik ong, estetik ehtiyoj, estetik ideal, estetik tarbiya, madaniy qadriyat, ijodkorlik, shaxs kamoloti. Kirish:Zamonaviy jamiyatda barkamol insonni tarbiyalash jarayonida estetik madaniyat alohida o‘rin egallaydi. Bu tushuncha nafaqat insonning go‘zallikka bo‘lgan munosabati, balki uning ichki dunyosining boyligi, didi, madaniy qadriyatlarni anglash va ularga amal qilish darajasini ham ifodalaydi. Estetik madaniyat — bu shaxsning go‘zallikni sezish, idrok etish, yarata olish va uni qadrlash qobiliyatining yig‘indisidir. Estetik madaniyat – insonning estetik faoliyati jarayoni, uning natijasida yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar bo‘lib, shaxsni shakllantirish va kamolotida muhim omil bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Estetik madaniyat shaxs, millat, jamiyatning o‘z-o‘zini anglashi ham demakdir. Chunki estetik madaniyatda ijtimoiy birliklarning ehtiyojlari va manfaatlari, o‘ziga xosliklari, jahon tarixida tutgan o‘rni, turli ijtimoiy tizimlarga bo‘lgan munosabati ham o‘z ifodasini topadi. U jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyoti, milliy o‘zlikni anglash, badiiy-estetik qadriyatlarni shakllantirish va avlodlar ongiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi.[1] Bugungi kunda estetik madaniyat nafaqat san’at, adabiyot va arxitektura kabi sohalar bilan cheklanmaydi, balki kundalik hayotimizda, odamlar o‘rtasidagi muloqotda, 71-son 4 –to’plam May 2025 Sahifa: 101 Ustozlar uchun pedagoglar.org kiyinish madaniyatida, muhitga bo‘lgan munosabatda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Shu boisdan, estetik madaniyatni keng qamrovli tushuncha sifatida o‘rganish, uning mohiyati, tarkibiy qismlari hamda tarixiy rivojlanish bosqichlarini tahlil etish dolzarb ilmiy-amaliy vazifa bo‘lib qolmoqda. Muhokama va natijalar: Estetik madaniyat — bu insonning borliqni estetik idrok etish darajasi, go‘zallikni his etish, tushunish va uni ifodalash orqali o‘zini va atrof-muhitni go‘zallashtirishga bo‘lgan intilishidir. Bu tushuncha shaxsning ma’naviy olami, didi, estetik ehtiyojlari, qadriyatlari va madaniy me’yorlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Estetik madaniyat shaxsning umumiy madaniyatining ajralmas qismi bo‘lib, u go‘zallikni anglash, qadrlash, estetik faoliyat bilan shug‘ullanish orqali namoyon bo‘ladi. Estetik madaniyat insonda jamiyatda qabul qilingan madaniy va axloqiy me’yorlarga asoslangan go‘zallik tushunchalarini shakllantiradi. U shaxsning ijtimoiylashuvi, san’atni anglash, mehnat va turmushdagi go‘zallikni idrok etish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Estetik madaniyat — bu faqatgina san’at asarlarini tushunish emas, balki kundalik hayotdagi estetik qadriyatlarni anglab yetish va ularga amal qilishni ham anglatadi.[2] Estetik madaniyatning tarkibiy qismlariga: Estetik ehtiyoj — shaxsning go‘zallikka bo‘lgan tabiiy ehtiyoji. Bu ehtiyoj bolaning kichik yoshidanoq paydo bo‘ladi va ta’lim- tarbiya jarayonida rivojlanadi; Estetik bilim va tafakkur — shaxsning san’at, tabiat va jamiyatdagi estetik hodisalarni tahlil qilish, solishtirish va baholash qobiliyati. Bu tafakkur orqali inson go‘zallik mezonlarini chuqurroq anglaydi; Estetik tarbiya — bu shaxsda go‘zallikni anglash, his etish, qadrlash va uni yaratish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan tarbiya jarayonidir. U insonning didini, estetik ehtiyojlarini, go‘zallikka bo‘lgan munosabatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Estetik hislar — estetik obrazlar va hodisalarga nisbatan sezgi va kechinmalar. Masalan, san’at asaridan zavqlanish, musiqadan ruhlanish, tabiat manzarasidan hayratlanish; Estetik faoliyat — insonning ijodiy faoliyati, masalan, rasm chizish, she’r yozish, kiyinish madaniyati, hayotni bezashga qaratilgan harakatlar. Bu faoliyat estetik did va madaniyatni rivojlantiradi. Estetik madaniyatning asosi bo‘lgan estetik tarbiya - aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan aloqadorlikda rivojlanib kelgan. Tarbiyaning bu yo‘nalishi jarayonida shaxsning 71-son 4 –to’plam May 2025 Sahifa: 102 Ustozlar uchun pedagoglar.org estetik rivojlanishi amalga oshiriladi va estetik tarbiya, bu atrofdagi voqelikda, tabiatda, jamoat hayotida, san’at hodisalarida, go‘zallikni maqsadga muvofiq ravishda idrok etish va to‘g‘ri anglash, baholash va yaratish qobiliyatini tarbiyalashdir. “Estetik tarbiya” atamasi birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Fridrix Shiller tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Shiller ta’kidlaydiki – “Faqat go‘zallikdangina, biz bir paytning o‘zida, ham in- divid, ham odamzod sifatida

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada estetik madaniyat tushunchasining mohiyati, tarkibiy qismlari va rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada estetik madaniyat tushunchasining mohiyati, tarkibiy qismlari va rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodkorlik, madaniy qadriyat, estetik ideal, estetik ong, Estetik madaniyat, estetik tarbiya, shaxs kamoloti., estetik ehtiyoj
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники