К содержанию
РецензированоRU2025

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KITOBGA MUHABBATNI UYG‘OTISH METODLAR

UYG‘OTISH METODLAR · Xudaynazarova Gulbahor Azamatovna

Для учителей · 2025

Аннотация

В статье анализируются методы привития любви к книгам у учащихся начальной школы и привлечения их к регулярному чтению. Формирование культуры чтения с детства является прочной основой для развития личности и интереса к знаниям, подкрепленного научными и практическими примерами. Особое внимание уделяется результатам, достигнутым с помощью эффективных методов, игр, ролевых игр и интерактивных занятий, которые способствуют развитию любви к книгам в классе, во внеклассных мероприятиях и в семейной обстановке. Статья содержит полезные рекомендации для учителей начальных классов, родителей и педагогических работников. Kлючевые слова: начальная школа, любовь к книгам, чтение, культура чтения, мотивация учащихся, образовательные методы, внеклассные занятия, игровые методы, интерактивное обучение, семейное чтение Kirish. Bugungi kunda ta’lim jarayonida nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy kamolotiga hissa qo‘shish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf bosqichi bolaning dunyoqarashi, qiziqishlari va hayotiy pozitsiyasi shakllana boshlaydigan eng muhim davrdir. Shu jihatdan olganda, bolalarda kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, ularni mutolaaga jalb etish, kitobni do‘st sifatida qabul qilishga o‘rgatish muhim tarbiyaviy va pedagogik vazifadir. Kitob – inson tafakkurini boyituvchi, axloqiy qarashlarini shakllantiruvchi, bilim manbai sifatida alohida o‘rin egallaydi. Bolalikda o‘qilgan kitoblar inson ongida chuqur iz qoldiradi va uning kelajakdagi shaxs sifatida shakllanishida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitobga muhabbatni uyg‘otish bo‘yicha samarali metodlarni qo‘llash dolzarb masalalardan biridir. Ushbu maqolada aynan shu masala tahlil qilinib, kitobga qiziqishni oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlar, dars va darsdan tashqari faoliyatdagi samarali usullar yoritib beriladi. 71-son 4 –to’plam May 2025 Sahifa: 238 Ustozlar uchun pedagoglar.org Mavzuga oid adabiyotlar. Karimova N. “Badiiy adabiyot va bolalar tarbiyasi”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018. Bu asarda Badiiy adabiyot bolalarda estetik did, axloqiy fazilatlar va hayotiy qarashlarni shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Yosh bolalar uchun mo‘ljallangan asarlarning tili sodda, mazmuni qiziqarli bo‘lishi kerak, shunda ular mutolaaga qiziqadi. O‘qituvchi bolani kitob bilan tanishtiruvchi birinchi inson sifatida o‘zining kitobxonlik madaniyati bilan namuna bo‘lishi lozim. Badiiy asarlarni sinfda muhokama qilish orqali bolalarning muloqot madaniyati, fikrlash doirasi kengayadi. Rasulova M. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash metodikasi asarida esa boshlang‘ich sinfda o‘qituvchining metodik yondashuvi bolaning darsga bo‘lgan munosabatini, shu bilan birga kitobga bo‘lgan qiziqishini ham shakllantiradi. Darslarda o‘yinli usullar, ijodiy topshiriqlar, kitob asosida savol-javoblar qo‘llanilishi tavsiya etiladi. O‘quvchilarning o‘z fikrini erkin bayon qilishi uchun og‘zaki va yozma nutq bilan bog‘liq topshiriqlar, kitob asosida insholar yozdirish muhim sanaladi. O‘qituvchi va ota-ona hamkorligi o‘quvchining o‘quv motivatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. G‘ofurov D. “Pedagogik texnologiyalar va ularning dars jarayonidagi o‘rni” asarida Interaktiv pedagogik texnologiyalar (klaster, insert, aqliy hujum, rolli o‘yinlar) o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshiradi, ularni faol fikrlashga undaydi. Kitob asosida tashkil etilgan interaktiv darslar orqali o‘quvchilar faqat bilim emas, balki estetik zavq ham oladi. Innovatsion metodlardan foydalangan holda kitob matnini tahlil qilish o‘quvchining analiz qilish, sabab-oqibatni tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. “O‘quvchi markazida o‘qitish” g‘oyasi bolalarning mustaqil fikrlashiga, shu jumladan mustaqil kitob o‘qishga asos yaratadi. pedagogika asoslarida bolalarni tarbiyalash va bilim berishda o‘qituvchining metodik mahoratining ahamiyatini qayd etadi. Uning fikricha, boshlang‘ich sinfda kitob o‘qishga muhabbatni shakllantirishning samarali usuli — o‘quvchilarni ijodiy ishlarga jalb qilishdir1 Mavzuning dolzarbligi: Yosh avlodni har tomonlama barkamol, ma’naviy boy va tafakkuri yuksak insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir. Afsuski, zamonaviy axborot oqimining kuchayishi, raqamli texnologiyalar va ijtimoiy 1 Mavlonova R. “Pedagogika asoslari”. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017. 71-son 4 –to’plam May 2025 Sahifa: 239 Ustozlar uchun pedagoglar.org tarmoqlarning keng tarqalishi natijasida bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada pasaymoqda. Bu esa ularning fikrlash doirasi, tafakkuri va ijodiy salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ta’kidlaganidek, badiiy adabiyot bolalarda estetik did, axloqiy fazilatlar va hayotiy qarashlarni shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Kitoblar orqali o‘quvchilar nafaqat bilim oladi, balki ularning ruhiy rivojlanishi ham amalga oshadi.2 Ayniqsa, boshlang‘ich sinf davri bolalarni

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются методы привития любви к книгам у учащихся начальной школы и привлечения их к регулярному чтению.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются методы привития любви к книгам у учащихся начальной школы и привлечения их к регулярному чтению. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
primary school, love of books, reading, reading culture, motivating, darsdan tashqari mashg‘ulotlar, interaktiv o‘qitish, kitobga muhabbat, tarbiyaviy metodlar, oilada kitobxonlik, mutolaa madaniyati, o‘quvchilarni rag‘batlantirish, boshlang‘ich sinf, o‘yinli metodlar, kitobxonlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники