К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY RIVOJLANISHI VA JISMONIY TAYYORGARLIGINING AYRIM KO‘RSATKICHLARI VA XUSUSIYATLARI

Qashkinbaev Arislanbek Polatovich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This thesis analyzes the key indicators that determine the level of physical development and physical fitness of primary school students, highlighting the influence of specific regional and social factors based on observations conducted in the Republic of Karakalpakstan. Keywords: Primary school, physical development, physical fitness, Karakalpakstan, healthy lifestyle. Bugungi kunda ta’lim tizimida sog‘lom avlodni tarbiyalash muhim strategik maqsadlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va ularning jismoniy tayyorgarligi darajasi bolalik davrida asos solinadigan sog‘lom turmush tarzining muhim ko‘rsatkichlaridandir. Maktab yoshidagi bolalarda harakat faoliyatining yetarli bo‘lmasligi turli jismoniy nuqsonlar va salomatlik muammolariga olib kelishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqlimiy va ijtimoiy xususiyatlari, hududiy sport infratuzilmasining yetarli emasligi ayrim holatlarda maktab o‘quvchilarining jismoniy faolligini 291 May, 2025-Yil pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli ushbu hududda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish holatini chuqur tahlil qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Hozirgi davrda sog‘lom avlodni tarbiyalash masalasi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Xususan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi va tayyorgarlik holati ularning salomatligi, psixofiziologik o‘sishi hamda kelajakdagi jismoniy faoliyatga munosabati shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Bolalik davrida jismoniy faollik darajasi past bo‘lishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, shu sababli bu davrdagi rivojlanish jarayonlari chuqur o‘rganilishga loyiqdir Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 7-10 yosh oralig‘ini tashkil etadi. Bu yoshda ularning skelet, mushak, yurak-qon tomir tizimi va nerv tizimi faol rivojlanadi. Shu bois bu yoshdagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari nafaqat sog‘liqni mustahkamlash, balki psixomotor rivojlanish, diqqat, tezkorlik, muvozanatni shakllantirish kabi jihatlar uchun ham muhimdir Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri, Beruniy va To‘rtko‘l tumanlaridagi 5 ta maktabda olib borilgan kuzatuvlar natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarlik holatida farqlar mavjudligi aniqlangan. Tadqiqotda ishtirok etgan 200 nafar o‘quvchining (erkak va ayol jinsli) quyidagi ko‘rsatkichlari o‘lchab baholandi:  Bo‘y uzunligi (sm)  Tana og‘irligi (kg)  30 metrga yugurish natijasi (sekund)  Uzoqqa sakrash (sm)  30 soniyada o‘tirib-turish soni O‘rtacha ko‘rsatkichlar quyidagicha bo‘ldi (8 yoshli guruh uchun): bo‘y – 127,4 sm; og‘irlik – 26,1 kg; yugurish – 6,8 sek; uzoqqa sakrash – 115 sm; o‘tirib-turish – 16 marta. Qishloq joylarda bu ko‘rsatkichlar shahar maktablariga nisbatan biroz past bo‘lib, bu infratuzilma va o‘quv dasturlaridagi farqlar bilan bog‘liq [3]. Shuningdek, ota-onalarning farzandlarining jismoniy faolligiga bo‘lgan e’tibori, sport to‘garaklarining mavjudligi, o‘qituvchilarning malakasi va maktabdagi sharoitlar asosiy ta’sir omillari sifatida belgilandi. Ayrim maktablarda sport zallarining yo‘qligi yoki ularning eskirganligi mashg‘ulotlarning sifatini pasaytiradi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari har bir bolaning yosh va jins xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, boshlang‘ich sinfda harakatli o‘yinlar, estafeta, koordinatsion mashqlar va sport elementlariga asoslangan o‘quv dasturlari eng samaralidir. Yuqoridagi tahlillarga asoslanib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 292 May, 2025-Yil 1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi ularning umumiy salomatlik holatini aniqlovchi asosiy omildir. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu borada hududlararo farqlar mavjud bo‘lib, infratuzilma va tarbiyaviy muhit asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. 3. Maktablarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini takomillashtirish, sport zallarini yangilash va ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish dolzarb masala hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abduvaliyev, A. (2018). Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Toshkent: “Fan va texnologiya”. 2. G‘aybullayev, B. (2021). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi va sog‘lig‘i. Ta’lim va fan jurnali, №3. 3. Jumaniyozova, G. (2020). Qoraqalpog‘istonda maktab o‘quvchilari salomatligi holati. Pediatriya va sport tibbiyoti, №2, 69-70. 4. Karimov, D. (2019). Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tayyorgarlikni oshirish yo‘llari. Ilm- fan va ta’lim, №6, 39–48. 5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2022). Maktab sport infratuzilmasi holati bo‘yicha hisobot. 293

Доказательный фрагмент

«This thesis analyzes the key indicators that determine the level of physical development and physical fitness of primary school students, highlighting the influence of specific regional and social factors based on obs…»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis analyzes the key indicators that determine the level of physical development and physical fitness of primary school students, highlighting the influence of specific regional and social factors based on obs… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Primary school, physical development, physical fitness, Karakalpakstan, Qoraqalpog‘iston, jismoniy rivojlanish, Boshlang‘ich sinf, sog‘lom turmush tarzi., jismoniy tayyorgarlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники