К содержанию
РецензированоUZ2025

LUQMON BO‘RIXONNING “SIRLI MUALLIM” QISSASINING G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI

Tilavova Iroda Hamro qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada taniqli o‘zbek yozuvchisi Luqmon Bo‘rixonning “Sirli muallim” qissasining mazmun- mohiyati yoritilgan bo‘lib, adibning qissachilikdagi yangicha qarashlari tahlil usuli orqali bayon qilingan. Kalit so‘z: yozuvchi, qissa, obraz, g‘oyaviy- badiiy xususiyatlar, uslub, badiiyat, mazmun, tahlil. Har bir davr va jamiyatda ta’lim tarbiya bevosita ma’naviyat tamal toshi bo‘lgan. Shunga muvofiq istiqlol davrida yaratilgan ko‘plab asarlar ham ma’naviyatimiz ko‘zgusi bo‘lib kelmoqda. Ko‘zguda esa maqtagulik jihatlar ham, ko‘ngilni xira qiladigan, iztirob chekishga majbur etadigan jabhalar ham mavjud. Ana shunday mavzulardan biri – muallimlik va uning mas’uliyati haqida gap ketsa ko‘z yumib ketishga hijolat bo‘ladi kishi. Yozuvchi Luqmon Bo‘rixon ham bu jihatga e’tibor qaratgan holda ijodida “aks ettirilayotgan qatlamlarning chuqurligi unda harakat qilayotgan odamlarning jonliligi, xarakter tabiati va shaxsiy miqyoslariga bog‘liq bo‘ladi. Yozuvchi voqealarning harakatchanligiga qancha ko‘p e’tibor bersa, qahramonlarining jonli va hayotiy chiqishi uchun shuncha ko‘p jon kuydiradi. U har bir qahramonni, hatto eng kichik personajgacha ishonarli gavdalantirishga jiddiy e’tibor beradi”1 Uning “Sirli muallim” qissasi so‘zimiz isboti o‘laroq tahlil sifatida ushbu asardagi obrazlarni baholi qudrat yoritmoqchimiz. Asar chekka bir qishloqdagi maktab hayoti va undagi og‘riqli nuqtalar haqida bo‘lib, kinoya asosiga qurilgan. Muallif asar epigrafi sifatida A.Oripovning “Muallim haqida so‘zim ushbudir , Muallim kamolot ichra ko‘zgudir” jumlalarini olgan. Adib qissani yozishda noodatiy ya’ni tushuntirish xatlari bilan ketma-ketlikda voqea bayonini o‘quvchiga sirli va qiziqarli tarzda yetkazish usulidan foydalanadi. Asar boshlanmasi tugun bilan boshlanib, yakungacha voqea tushunarsiz davom etadi. Asl mohiyat esa qissa oxirida oydinlashadi. Asarda muallimlik kasbiga chuqur muhabbat qo‘ygan yosh navqiron yigit va uni xushlamagan, o‘qitishdek mas’uliyatli ishni suiiste’mol qilgan “ustoz”lar obrazlari aks etgan. Asar bosh qahramoni Najot G‘aybulla 1 G‘afurov İ. Mangu latofat. - T.: Sharq, 2008. – B. 252. 288 May, 2025-Yil geografiya o‘qituvchisi va o‘z kasbining fidoyilaridan. Uning fidoyiligi faoliyat boshlagan maktabiga darsliklar olib kelgani, geografiya kabineti uchun videokasseta, teleapparaturalar izlab topgani va shu kabi ishlari bilan bolalar mehrini qozonganida ko‘rinadi. Najot G‘aybulla dars so‘rab borgan maktab direktori Qalqonov uning familiyasidan ham shubhalib “ov” “ev” – qo‘shimchalari bo‘lishi kerak edi deb o‘ylaydi. Bunga javoban qahramonimiz : “Biz mustaqillik millatmiz”, “Milliy mustaqillik eng avval ism- sharifimizda bo‘lishi kerak”2 deb izohlaydi. Bundan tashqari qissada Ulash agranom tilidan aytilgan ayrim jumlalarga e’tibor qaratsak: “…Umuman tergovchi, maktabda nosog‘lom muhit bor. Qalqanov, Norxol, Boymurodlar o‘zaro jinoiy guruh. O‘qituvchi kadrlar yetishmaydi, degan bahona ostida dars soatlarini bo‘lib olishgan. Hali ona suti og‘zidan ketmagan, qay go‘rdagi kollej-mollejni amal-taqal bilan bitirgan qizlarni ham ishga qabul qilgan. Hammasi shu uchchovining qarindoshi, hammasi ko‘rsavod …” Bir qaraganda oddiy agranomning bu so‘zlarini vahimali emasdek ko‘rinsa-da, aslida ta’lim tizimining ahvoli uchun o‘ta ayanchli ekanligini payqash qiyin emas, nazarimizda. Yoki darsliklarning yetishmasligi, tekshirish uchun kelgan kattalarga maktab obro‘si uchun kamchiliklarning aytilmasligi, darslarning ham xo‘jako‘rsinga o‘tilishi, oliy ma’lumotli bo‘la turib o‘z fanini bilmasligi (maktab direktori Qalqonov rus tili o‘qituvchisi bo‘lishiga qaramay “privet” dan nariga o‘tolmasligi nazarda tutilmoqda) ham yuraklarni larzaga soladi. Garchand Najot G‘aybulla bular sirasiga kirmasa-da, sevimli kasbini davom ettirish uchun uning oyog‘idan chaladigan g‘alamizlar ham topildi. Bu sirli muallimning faoliyati ko‘pchilikning g‘ashiga tegib, dushman orttirishiga sabab bo‘ldi. Domla X.X.Xurramovich ana shulardan biri bo‘lib uning hujjatlari soxtaligini isbotlaydi . Asarni o‘qir ekansiz unda mazmuniy paradoksni borligini sezasiz. Oliy ma’lumotli ammo o‘z sohasini bilmaydi. Diplomi yo‘q lekin kasbining fidoyisi. Bundan holat hozirgi zamonamizda allaqachon palak otib ulgurgan desak sira mubolag‘a bo‘lmaydi. Muallifning “Sirli muallim” qissasidagi o‘zgacha mahoratlaridan yana biri asarni boshidan tugun bilan boshlab yakunni ham tugun bilan tugatishidir. Kitobxon qissa avvalidagi tugun orqali asarni ich-ichiga kirishga intilsa, oxiridagi tugun o‘zi mulohaza yurutishiga uddaydi. Luqmon Bo‘rixonning ism tanlash qobiliyatini esa aytib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Har bir ism o‘ziga xos mazmun yuklangan. Birgina misol bosh qahramon – Najot G‘aybullaning ismi “Najot” da botqoqqa botyotgan ta’limning o‘nglanib ketishiga najot beradiganday umid uyg‘otadi deyish mumkin. 2 https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/luqmon-borixon/lu-mon-burihon-sirli-muallim-issa/ 289 May, 2025-Yil Har ne bo‘lganda ham muallif dilidagini qog‘ozga aniq va ravon ko‘chira ol

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada taniqli o‘zbek yozuvchisi Luqmon Bo‘rixonning “Sirli muallim” qissasining mazmun- mohiyati yoritilgan bo‘lib, adibning qissachilikdagi yangicha qarashlari tahlil usuli orqali bayon qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada taniqli o‘zbek yozuvchisi Luqmon Bo‘rixonning “Sirli muallim” qissasining mazmun- mohiyati yoritilgan bo‘lib, adibning qissachilikdagi yangicha qarashlari tahlil usuli orqali bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mazmun, uslub, tahlil., badiiyat, qissa, yozuvchi, g‘oyaviy- badiiy xususiyatlar, obraz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники