Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
C2H5OH - CS(NH2)2 - H2O SISTEMADA KOMPONENTLARINING POLITERMIK ERUVCHANLIGINI O‘RGANISH
ERUVCHANLIGINI O‘RGANISH · To‘ychiyev Sanjar Abdusodiqovich · Togasharov Ahat Salimovich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Kompleks ta’sirga ega bo‘lgan yangi turdagi defoliantlar olishni fizik – kimyoviy asoslash maqsadida, tarkibida etanol – tiokarbamid – suv sistemasining o‘zaro ta’sirini – 94.6 °С dan –0.6 °С gacha harorat oralig‘ida vizual-politermik usulda o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar asosida sistemadagi ikkilamchi va uchlamchi nuqtalar topildi hamda qattiq fazalar tarkibi aniqlandi. O‘rganilgan sistema oddiy evtonik tipga masubligi va yangi birikma hosil bo‘lmaganligi vizual-politermik usulda asoslandi, bu esa tarkibida fiziologik faol, oziqlantiruvchi va etilen hosil qiluvchi komponentlarni saqlagan kompleks ta’sirga ega yangi preparatni olish texnologiyasini ishlab chiqish imkonini beradi. Kalit so‘zlar: eruvchanlik diagrammasi, etanol, tiokarbomid, kristallanish xarorati. Kirish: Hozirgi kunda turli xossalarga ega boʻlgan moddalarni oʻzida jamlagan preparatlarni yaratish [1], kimyo sanoatining asosiy vazifalaridan biri boʻlib, bir vaqtning oʻzida defoliasiyalovchi, oziqlantiruvchi va zararkunandalarni yoʻqotuvchi preparatlarni ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi [2]. Tiokarbamid (tiokarbamid, tioagonal kislota diamidi) karbamidning oltingugurtli analogi hisoblanib u kuchli biologik faollikka ega. Qishloq xo‘jaligida tiomochevina qimmatbaho noorganik o‘g‘it va fungitsid sifatida faol ishlatiladi, bu esa uning foydalanish doirasini sezilarli darajada kengaytiradi. Tiokarbamid asosan bakteriya va zamburug‘larga, nisbatan kamroq darajada mog‘or qo‘ziqorinlariga qarshi fungidsid sifatida ishlatiladi [3-4]. Ma’lumki, etanol bir qator qimmatli fiziologik va kimyoviy xususiyatlarga ega [5]. U o‘sish jarayonlarini faollashtiradi, urug‘larning unib chiqishini oshiradi va paxta po‘stlog‘ining ochilishini tezlashtiradi. Etanol suvsizlantiruvchi reagentlar ta'sirida osongina etilenga aylanadi va shu bilan o‘simlik organizmida etilen darajasini oshirishga yordam beradi [6]. Yuqorida keltirilgan fikrlarni inobatga olgan holda, bir vaqtning o‘zida oziqlantiruvchi va pestitsid xossalarga ega bo‘lgan preparatlarni o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ilk bor tarkibi etanol, tiokarbomid va suv ishtirokidagi sistemaning eruvchanligini keng harorat va kontsentratsiya oralig‘ida vizual-politermik usul bilan o‘rganildi hamda olingan natijalar asosida sistemaning politermik eruvchanlik jadvali qurildi. Sistemada ikkilamchi va uchlamchi nuqtalarning kristallanish harorati, hamda qattiq fazalarining tarkibi aniqlandi. C H OH - CS(NH ) 2 5 2 2 - H O sistemasini politermik eruvchanlik jadvalini tuzishda binar sistemalar va ichki kesmalar 2 asosida -94.6 °С haroratdan -0.6 °С harorat oralig‘ida sistemaning politermik eruvchanlik diagrammasi qurildi. Ushbu sistemaning fazoviy holati muzning, etanolning hamda tiokarbamidning kristallanish maydonlari chegaralandi. Ushbu kristallanish maydonlari ikkita uchlamchi nuqtada tutashadi. Ular 58.6% etanol, 1.2% tiokarbamid va 40.2% suvga mos kelib, - 45.0 °С haroratni, ikkinchisi 78.6% etanol, 1.0% tiokarbamid va 20.4% suvga mos kelib, -65.0 °С haroratni tashkil etadi (1-jadval). 162 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Jadval 1. C H OH - CS(NH ) - H O sistemasining ikkilamchi va uchlamchi nuqtalar tasnifi 2 5 2 2 2 Suyuq faza tarkibi, % Temp-ra krist., Qattiq faza CS(NH ) C H OH H O 2 2 2 5 2 5.6 - 94.4 -0.6 Muz + CS(NH ) 2 2 4.4 11.2 84.4 -3.6 Muz + CS(NH ) 2 2 3.8 18.4 77.8 -6.0 Muz + CS(NH ) 2 2 2.2 38.2 40.4 -14.6 Muz + CS(NH ) 2 2 - 47.5 52.5 -39.0 Muz + C H OH• 2H O 2 5 2 1.2 58.6 40.2 -45.0 Muz + C H OH • 2H O + CS(NH ) 2 5 2 2 2 - 67.0 33.0 -56.0 C H OH• H O + C H OH • 2H O 2 5 2 2 5 2 C H OH• H O + C H OH • 2H O + 2 5 2 2 5 2 1.0 78.6 20.4 -65.0 CS(NH ) 2 2 1.0 81.6 17.4 -85.0 C H OH• H O + CS(NH ) 2 5 2 2 2 1.3 87.4 11.3 -89.4 -//- 1.6 89.6 8.8 -92.4 -//- 1.8 90.8 7.4 -94.6 -//- Tuzilgan jadvalda ko‘rinadiki muz CS(NH ) bilan -0.6 °С dan -14.6 °С harorat oralig‘ida, 2 2 C H OH•2H O bilan -39.0 °С haroratda, C H OH•2H O bilan C H OH• H O -56.0 °С harorat 2 5 2 2 5 2 2 5 2 oralig‘ida, C H OH•H O hamda CS(NH ) -85.0 °С dan -94.6 °С haroratda birgalikda 2 5 2 2 2 kristallanadi. Ushbu sistema oddiy evtonik tipga mansub bo‘lib, komponentlar o‘zining individualligini saqlab qoladi. Xulosa: Ikki komponentli sistemalar va proeksiyalar asosida qurulgan politermik eruvchanlik diagrammasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, muzning, etanolning va tiokarbamidning kristallanish maydonlari chegaralandi. Ushbu o‘rganilgan sistema oddiy evtonik tipga mansub bo‘lib, dastlabki komponentlar o‘zining individualligini saqlab qoladi, bu esa kompleks ta’sirga ega bo‘lgan yangi turdagi preparatlar olish texnologiyasini ishlab chiqish imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Тогашаров А.С., Шукуров Ж.С., Тўхтаев C. и др.// Новые дефолианты на основе хлоратов и техногенных отходов хлопкоочистительных заводов.// Т.: Навруз, 2019. 2. Шукуров Ж.С., Тогашаров А.С., Аскарова М.К. и др.// Комплекснодействующие дефолианты, обладающие физиологически активными и инсектицидными свойствами / Т.: Навруз, 2019.
Доказательный фрагмент
«Kompleks ta’sirga ega bo‘lgan yangi turdagi defoliantlar olishni fizik – kimyoviy asoslash maqsadida, tarkibida etanol – tiokarbamid – suv sistemasining o‘zaro ta’sirini – 94.6 °С dan –0.6 °С gacha harorat oralig‘ida…»
Образец извлечения
Демо-превьюKompleks ta’sirga ega bo‘lgan yangi turdagi defoliantlar olishni fizik – kimyoviy asoslash maqsadida, tarkibida etanol – tiokarbamid – suv sistemasining o‘zaro ta’sirini – 94.6 °С dan –0.6 °С gacha harorat oralig‘ida… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- eruvchanlik diagrammasi, etanol, tiokarbomid, kristallanish xarorati.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026