Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
[[36% Mg(ClO3)2 + 9% MgCl2 + 55% H2O] + 9% CO(NH2)2] – CS(NH2)2 SISTEMASINING REALOGIK XOSSASINI O‘RGANISH
S.A. To‘ychiyev · M.A. Mamirzayev · A.S. Togasharov
Современная наука и исследования · 12 · 2096-2099 · 2026
Аннотация
Dunyo aholisining kun sayin ortib borishi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosiliga bo‘lgan talabning ham oshishiga olib keladi. Mineral o‘g‘itlar, pestidsidlar hamda defoliantlarni qishloq xo‘jaligi ekinlariga qo‘llamasdan yuqori, sifatli hosil olib bo‘lmaydi. Shu boisdan bugungi kunda kompleks ta’sirga ega xlorat asosli defoliantlar olish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu vazifani yechish uchun tarkibida magniy xlorati, karbamid va tibokarbamiddan iborat sistemaning realogik xossalari o‘rganildi. Kalit so‘zlar. magniy xlorat, karbamid, tiokarbamid, viskozometr, piknometr, refraktometr, pH. Paxta defoliatsiyasini o‘tkazish yetishtirilgan hosilni sovuq tushmasdan oldin o‘z vaqtida, tez va sifatli yig‘ib terib olishni ta’minlaydi. Defoliatsiyadan keyin qator orasiga yorug‘lik tushishi, issiqlik va havo aylanishi yaxshilanadi, natijada ko‘saklarning yetilishi va ochilishi tezlashadi. Xloratlar ta’sirida barglarda ajratuvchi qatlam hosil bo‘lishi (defoliatsiya) ularning barg plastinkasini quritishi natijasidir. Bargning kuchli suvsizlanishi bilan to‘kilish qismining hujayralari nobud bo‘ladi va ajratish qatlami hosil bo‘lmaydi, buning natijasida quruq barglar o‘simlikda mahkam ushlanadi. Defoliatsiya va deksikatsiya ta’sirga olib keladigan xloratlarning dozalaridagi farqlar unchalik katta emas va defoliatsiya ta’siri deyarli har doim quritish bilan birga keladi. Bu esa g‘o‘za boshoqlarining shikastlanishiga va paxta xomashyosi hosilining pasayishiga olib keladi [1]. Magniy xlorat eng keng tarqalgan paxta defoliantidir [2]. Uning defoliatsiya ta’siri aniq quritish effekti bilan qoʻllanilgandan 2-3 kun o‘tgach namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va qishloq xo‘jaligida keng miqyosda qo‘llanilayotgan magniy xlorat defolianti tarkibida 36-38% ta’sir etuvchi modda hamda 11% fiziologik aktiv bo‘lmagan magniy va natriy xloridlari tutadi. Xlorat tutgan defoliantlar tarkibiga ozuqa moddalarni va fiziologik faol moddalarni kiritib foydalanish defoliantning xossalarini yaxshilaydi balki yuqori samara ham beradi. Tarkibida bir nechta taʼsir etuvchi modda tutgan kompleks defoliantlar yaratish muhim. Bunda bitta komponentning kam samarasi ikkinchi komponent tomonidan toʼldiriladi va natijada yaxshi defoliatsiyalovchi natijalarga erishiladi [3]. Tiokarbomid - oziqlantiruvchi hamda fungitsid xusisiyatini saqlagan moddadir [4]. Tiokarbomid saqlagan defoliantlarni go‘za dalalarga qo‘llash oʻsimliklarning zararlanishi, zamburug‘ va bakteriyalar sababli kasallik tarqalishi oldini oladi, qoʻzgʻatuvchilarning koʻpayish organlarini yoʻqotadi balki oʻsimlik kasallanganidan keyin zamburugʻ mitseliysi va qishlaydigan bosqichlariga taʼsir etib, ularni nobud qiladi. Defoliant sepilgan dalalarda preparat asosan oʻsimlik toʻqimalari ichida tarqalgan zararli mikroorganizmlar sirtdan kasallik qoʻzgʻatuvchilariga bevosita tegib yoki o‘simlik organlari (barg, poya, ildiz) ga singib ularni nobud qiladi [5]. 159 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL O‘rganilgan adabiyotlardan ma’lum bo‘lishicha [[36% Mg(ClO ) + 9% MgCl + 55% H O] 3 2 2 2 + 9% CO(NH ) ] – CS(NH ) sistemaning eritmada o‘zaro ta’siri o‘rganilmaganligi bizda qiziqish 2 2 2 2 uyg’otdi. Yangi samarali defoliantlar olish jarayonini ishlab chiqish va fizik-kimyoviy asoslash uchun [[36% Mg(ClO ) + 9% MgCl + 55% H O] + 9% CO(NH ) ] – CS(NH ) sistemaning 3 2 2 2 2 2 2 2 tarkib-xossa qiymatlari komponentlar tarkibini o‘zgarishiga bog’liq holda o‘rganildi va “tarkib- xossa diagrammasi qurildi[1-rasm]. Sistemada komponentlar turli nisbatlarda qo‘shilganda eritmaning kristallanish harorati, qovushqoqligi, zichligi, pH ko‘rsatkichi va nur sindirish ko‘rsatgichlari 25 °C haroratda o‘rganilib, natijalar quyida keltirildi [1-jadval]. O‘rganilgan realogik xossa qiymatlaridan bilishimiz mumkinki, [[36% Mg(ClO ) + 9% 3 2 MgCl + 55% H O] + 9% CO(NH ) ] – eritmasiga tiokarbamid qoʻshib borib 10.0% ga yetganda 2 2 2 2 eritmaning kristallanish xarorati -10.0 ℃ dan 39.0 ℃ gacha koʻtarilishi kuzatiladi. Sistemaning pH muhiti 6.01 dan 6.88 gacha, qovushoqlik 8.670 dan 9.492 mm2/sek gacha, zichlik 1.4342 dan 1.4192 g/sm3 gacha, nur sindirish ko‘rsatkichi 1.4322 dan 1.4605 gacha oʻzgarishi kuzatildi. 1-Rasm. [[36% Mg(ClO ) + 9% MgCl + 55% H O] + 9% CO(NH ) ] - CS(NH ) sistemaning 25 3 2 2 2 2 2 2 2 oC haroratdagi fizik – kimyoviy va reologik xossalari: 1 – pH ko‘rsatkichi, 2 – nur sindirish ko‘rsatkichi, 3 – qovushqoqlik, 4 – zichlik, 5 – kristallanish harorati. Jadval-1. [[36% Mg(ClO ) + 9% MgCl + 55% H O] + 9% CO(NH ) ] – CS(NH ) sistema eritmalarining 3 2 2 2 2 2 2 2 fizik-kimyoviy xossalari Komponentlar tarkibi, % рН Kris. 160 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” [[36% Mg(ClO ) + Zichlik Nur sindirish Qovush- harorati, 3 2 9% MgCl + 55% p, g/sm3 ko‘rsatkichi, qoqlik η, T, °С 2 CS(NH ) H O] + 9% 2 2 n mm2/s 2 D CO(NH ) ] 2 2 100 - 1.4342 1.4322 6.01 8.670 -10.0 98.99 1.01 1.4332 1.4355 6.15 8.736 -6.2 98.00 2.00 1.4322 1.4356 6.27 8.78
Доказательный фрагмент
«Dunyo aholisining kun sayin ortib borishi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosiliga bo‘lgan talabning ham oshishiga olib keladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюDunyo aholisining kun sayin ortib borishi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosiliga bo‘lgan talabning ham oshishiga olib keladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- viskozometr, magniy xlorat, pH., karbamid, piknometr, tiokarbamid, refraktometr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025