Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ATROF-MUHIT NAMUNALARI TARKIBIDAGI MIS VA RUX IONLARINI ANIQLASHDA ALIZARIN QIZILIDAN FOYDALANISH.
Raxmonqulova Marjona Baxtiyorovna · Mamalatifova Ruxshona Zafar qizi · Kosimova Xurshida Rajabboyovna
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada atrof-muhit namunalari tarkibidagi mis(II) va rux(II) ionlarini aniqlashda alizarin qizili reagentidan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi. Alizarin qizili metall ionlari bilan rangli komplekslar hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lib, ularning mavjudligi vizual va spektrofotometrik usullar yordamida aniqlanishi mumkin. Tadqiqotda alizarin qizilining selektivligi, sezuvchanligi, pH ta’siri va immobilizatsiyalangan shakldagi qo‘llanilishi o‘rganildi. Olingan natijalar reagent asosidagi arzon, tezkor va ekologik xavfsiz aniqlash usulini taklif etadi. Ushbu usul sanoat chiqindilari va suv namunalaridagi og‘ir metall ionlarini monitoring qilishda dolzarb ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: mis ionlari, rux ionlari, alizarin qizili, spektrofotometriya, atrof-muhit monitoringi. Kirish: Bugungi kunda sanoatning jadal rivojlanishi va texnologik jarayonlarning ko‘payishi natijasida atrof-muhitga og‘ir metall ionlarining tushishi tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, mis(II) va rux(II) ionlari ekologik muvozanatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda tirik organizmlarga toksik ta’sir ko‘rsatishi mumkin.[1, 88 b.] Shu sababli, ularni tezkor, aniq va iqtisodiy jihatdan samarali usulda aniqlash dolzarb muammo hisoblanadi. Alizarin qizili kabi organik reagentlarning metall ionlari bilan kompleks hosil qilish xususiyati ulardan analitik maqsadlarda foydalanish imkonini beradi. Ushbu maqola shunday usullardan birini yoritishga qaratilgan.[2, 101 b.] Adabiyotlar tahlili: So‘nggi yillarda og‘ir metall ionlarini aniqlash bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, mis(II) va rux(II) ionlari toksikligi va biologik faoliyatga ta’siri tufayli keng o‘rganilmoqda.[3, 2977-2979 b.] An’anaviy analitik usullar – atom-absorbtsion spektroskopiya, induktiv bog‘lanishli plazma va ion xromatografiyasi yuqori aniqlikka ega bo‘lsada, ularning asbob-uskunalari murakkab va qimmatga tushadi. Shu sababli, iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay bo‘lgan rangli indikatorlar, ayniqsa, alizarin qizili kabi azo bo‘yoqlar asosidagi reagentlardan foydalanish tobora ommalashmoqda.[4, 54-56 b.] U metall ionlari bilan turli xil pH muhitida rangli komplekslar hosil qilishi bilan ajralib turadi. Adabiyotlarda alizarin qizilining turli qatlamlarga immobil qilinib, takroriy foydalanishga moslashtirilganligi qayd etilgan.[5, 83 b.] Ko‘plab tadqiqotchilar suv namunalari tarkibidagi metall ionlarini aniqlashda bu reagentning sezuvchanligi va selektivligini yuqori deb baholaganlar. Bu esa uni ekologik monitoringda samarali vosita sifatida qo‘llash imkonini beradi.[6, 78 b.] Metodologiya: Tadqiqot ishida mis(II) va rux(II) ionlarini aniqlash uchun alizarin qizili reagentidan foydalanildi. Tahlil uchun to‘rtta turdagi atrof-muhit suv namunalari tanlab olindi: oqava suv, vodoprovod (ichimlik) suvi, sanoat chiqindi suvi va ko‘lmak suvi.[7, 18-20 b.] Har bir namunadan 100 ml hajmda olinib, 0,45 mkmli filtrlar yordamida oldindan tozalandilar. So‘ngra 154 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” namunalarning pH qiymatlari o‘lchandi va tahlil uchun mos bo‘lgan pH 4,5–5 oralig‘ida asetat bufer eritmasi bilan muvozanatlashtirildi.[8, 112 b.] Alizarin qizili 0,01 M konsentratsiyada eritilib, har bir suv namunasi bilan aralashtirildi. Reaksiyaning borishi natijasida metall ionlari alizarin qizili bilan rangli kompleks hosil qildi. Hosil bo‘lgan komplekslarning yutilish darajasi spektrofotometr yordamida 530 nm to‘lqin uzunligida o‘lchandi.[9, 88 b.] Shu asosda kalibrlash grafigi tuzilib, aniqlash chegarasi, sezuvchanlik va selektivlik parametrlari baholandi. Barcha tajribalar xonadagi haroratda uch marta takrorlab bajarildi va o‘rtacha natijalar hisobga olindi.[10, 970-972 b.] Natijalar: Mis(II) ionlarining yutilish qiymati (Abs) ularning konsentratsiyasiga bog‘liq ravishda ortib borayotganini ko‘rsatadi. Grafik chiziqli bog‘liqlikni ifodalaydi, bu esa spektrofotometrik aniqlashda yuqori aniqlikni ta’minlaydi. Rux(II) ionlari uchun tuzilgan grafik ham konsentratsiya oshgani sari yutilish kuchayishini ko‘rsatadi. Alizarin qizili yordamida rux ionlari ham yuqori sezuvchanlik bilan aniqlanishi mumkin. 155 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL Suv manbalari bo‘yicha mis va rux ionlari kontsentratsiyasi taqqoslandi. Eng yuqori kontsentratsiya sanoat chiqindi suvida kuzatildi, bu esa monitoring zarurligini ko‘rsatadi. Alizarin qizili, AAS va ICP-MS usullarining aniqlash chegaralari solishtirildi. Garchi Alizarin usuli sezuvchanligi pastroq bo‘lsada, arzonligi va soddaligi bilan ajralib turadi. Mis(II) ionining alizarin qizili bilan maksimal yutilish pH=5 da kuzatiladi. Reaksiya uchun optimal pH muhitni belgilash aniqlikni oshiradi. 156 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Alizarin qizilining turli ionlarga sezuvchanligi ko‘rsatildi. Cu²⁺ va Zn²⁺ ionlariga nisbatan yuqori javob berilishi selektivlikni tasdiqlaydi. 5 kun davomida yutilish darajasi deyarli o‘zgarmagan. Immobillangan indikatorning takroriy ishlatilis
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada atrof-muhit namunalari tarkibidagi mis(II) va rux(II) ionlarini aniqlashda alizarin qizili reagentidan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada atrof-muhit namunalari tarkibidagi mis(II) va rux(II) ionlarini aniqlashda alizarin qizili reagentidan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mis ionlari, rux ionlari, atrof-muhit monitoringi., alizarin qizili, spektrofotometriya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025