К содержанию
РецензированоUZ2025

MUSIQA VA TIBBIYOT SOHASINING UYG‘UNLASHUVI – MUSIQA TERAPIYA HAMDA PSIXOLOGIYASI

HAMDA PSIXOLOGIYASI · Azatov Sardor Elbrusovich

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article discusses music therapy, an invaluable type of therapy closely related to the fields of medicine and psychology. The direct connection of music therapy to a person's psyche, consciousness, lifestyle, and health, its benefits, as well as the valuable thoughts of the great scholar Abu Ali Ibn Sina about music therapy, treating a person with music, and the effect of music on the human body and soul, are summarized and information is provided. Keywords: Music therapy, psychology, medicine, spirit, consciousness, nerves, rhythm, eurythmy. “Musiqa yurakka so‘zsiz yetadigan shifodir – U dardni aritadi, qalbni yupatadi va ruhga umid baxsh etadi.” Musiqa inson dunyoga kelishi bilanoq hamroh boʻladigan san‘at, desak adashmagan bo‘lamiz. E‘tibor bergan boʻlsangiz, yangi tugʻilgan chaqaloq ma‘lum davriga qadar ona allasining kuyga solingan xonishi bilan tinchlanib, uyquga ketadi. Musiqa — bu nafaqat san‘atning bir shakli, balki inson ruhini oziqlantiruvchi, tanasini va qalbini shifo beruvchi kuchli bir vositadir. U insonga nafaqat estetik zavq, balki chuqur hissiy tajribalar ham taqdim etadi. San‘atning har qanday turi davolash uchun ishlatilishi mumkin. Rasm chizish, musiqa, kino, raqs, loydan narsa yasash, origami va applikatsiya yasash va hokazolar. 9 00 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Lekin shuni ta‘kidlashimiz kerakki, musiqa sohasining inson ongiga, ruhiyatiga, qalbiga ta‘siri beqiyosdir.[2, B.8;] Musiqa terapiyasi atamasi yunon tilidan olingan bo‘lib “musiqa bilan davolayman” degan ma‘noni anglatadi. Musiqa terapiyasi psixologiyaning yordamchi turiga kirib bemorlarni ruhiy holatlarini musiqa yordamida davolashda foydalaniladi. Musiqa va tibbiyotning birlashuvi insonlar hayotida muhim rol o‘ynaydi. Musiqa nafaqat san‘atning bir shakli, balki hayotga shifo beruvchi bir kuchdir. Musiqa terapiyasi — bu ruhni tinchlantirish, tanani tiklash va hissiy holatni yaxshilashning ajoyib vositasidir. Insonning jismoniy va ruhiy salomatligi bir-biriga chambarchas bog‘langan va musiqa orqali biz bu bog‘liqlikni yanada mustahkamlashimiz mumkin. Bu insoniyatning eng qadimiy va eng samarali davolash usullaridan biridir. Musiqa terapiyasi insonning ichki dunyosiga chuqur ta‘sir ko‘rsatadigan, hissiyotlar, fikrlar va ruhiy holatni ifodalashda samarali vosita sifatida o‘zini ko‘rsatadi. Musiqa, faqat vaqtincha qiziqish yoki zavq olish uchun emas, balki odamning ruhiy va jismoniy farovonligini tiklash, sog‘liqni saqlash va emotsional yuksalish uchun ham muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat badiiy ifoda, balki insonni yaxshilashga, uni chuqurroq tushunishga imkon beradigan ilmiy asoslangan bir terapiya shaklidir. Musiqa terapiyasining ta‘siri keng qamrovli va ko‘p jihatdan insonning hayotini yaxshilashga qaratilgan. Uning nafaqat ruhiy muammolarni bartaraf etishda, balki jismoniy va kognitiv salomatlikni tiklashda ham beqiyos ahamiyati bor. Musiqa, ruhiyatdagi xiralikni yo‘qotib, ichki muvozanatni qayta tiklashga yordam beradi. Uni tinglash yoki yaratish orqali inson o‘zini ifodalash, boshqarish va hatto davolash jarayonida yangi imkoniyatlar yaratadi. Musiqa terapiyasi har bir odamning o‘ziga xos bo‘lgan hissiyot va xotiralariga ta‘sir qilib, ularga ruhiy bo‘shliq, tinchlik va barqarorlik keltiradi. Musiqa orqali ko‘plab insonlar o‘zlarining eng chuqur va eng nozik his-tuyg‘ularini anglaydilar, shu bilan birga o‘z ichki dunyosiga nisbatan tushunchalarni yangilaydilar. Bu, ayniqsa, stress, depressiya, travmalar yoki psixologik muammolar bilan kurashayotganlar uchun ayniqsa muhimdir. Shu bilan birga, musiqa terapiyasining kuchi nafaqat uning ijodiy va tasavvurlarni o‘zgartiruvchi ta‘sirida, balki uning insoniyatni birlashtiruvchi va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlovchi xususiyatidadir. Musiqa dunyoning barcha madaniyatlarida mavjud bo‘lib, odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, yanada chuqurroq hissiy aloqalarni o‘rnatadi. Musiqa psixologiyasi hamda terapiyasi juda qadim davrlardan buyon o‘rganib kelinmoqda. Musiqa psixologiyasi va terapiyasi bo‘yicha ilk izlanishlar kurtaklarini antik davr faylasuflari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Darhaqiqat, Pifagor (er. avv. VI asr) asarlarida, uning evritmiya ta‘limotida shu haqda gap boradi. Evritmiya deganda olim insonning barcha hayotiy hodisalardan munosib ritm, usul topa olish qobiliyatini tushungan. Ijtimoiy hayotni ladga, orkestrga qiyoslash Pifagordan qolgan. Bu orkestrda har bir ijrochi ma‘lum bir cholg‘uni chalganidek, hayotda har bir insonning o‘z vazifasi bor. Pifagor kuy va ritm inson qalbiga muayyan ta‘sir ko‘rsatishini ham aniqlagan. Umidsizlik, ruhiy iztiroblar, asabiylashish, g‘azab va boshqa noxushliklarga qarshi musiqa farq qilingan.[3, B.6;] Barchamizga ma‘lumki, jismoniy va ruhiy salomatlikka musiqaning ijobiy ta‘sirini ilmiy tomonlama oʻrgangan ilk mutaxassislardan biri faylasuf Pifagor boʻlsa, Sharqda esa 9 01 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENC

Доказательный фрагмент

«This article discusses music therapy, an invaluable type of therapy closely related to the fields of medicine and psychology.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses music therapy, an invaluable type of therapy closely related to the fields of medicine and psychology. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Music therapy, psychology, medicine, spirit, consciousness, nerves, rhythm, nerv, ong, ritm, ruh, psixologiya, tibbiyot, evritmiya., Musiqa terapiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники