American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Роль пословично-паремиологических единиц в формировании метафорической картины мира
Abror JURAKULOV · April -/© in Science LLC. (Samarkand State Institute of Foreign Languages)
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 157-161 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль пословично- пословично- паремиологических единиц в немецком и узбекском языках в паремиологические формировании метафорической картины мира. Сравнивались единицы, и анализировались паремиологические единицы, зооморфизмы, фитоморфизмы, содержащие названия животных и растений в обоих языках, а зоонимы, также на примерах демонстрировалось явление фитонимы, метафоризации. метафорическая картина мира. Jahon tilshunosligida paremiologik birlik(PB)larga lingvokulturologik yondashuv koʻplab tilshunos olimlarning diqqat markazida boʻlib turibdi. Chunki har bir millat oʻz madaniyati, dunyoqarashi, oʻziga xosligini aks ettiruvchi maqol va matallariga egadir. Shu bois tarkibida hayvonlar va oʻsimliklar nomlari ishtirok etgan paremiologik birliklarni turli rakurslardan ilmiy tadqiq etish dolzarb masala bo‘lib qoladi [Bausinger, 187; Grigas, 366; Mieder, 300]. Paremiologik birliklarning lingvomadaniy jihatdan ilmiy tadqiq etilishi tilshunoslikda muhim boʻlishiga qaramasdan, mazkur masala qardosh boʻlmagan tillar, ya’ni nemis va oʻzbek tillari materiallari asosida qiyoslab juda kam oʻrganilgan. Paremiologik birliklar tarkibida ishtirok etadigan hayvon nomlari - yovvoyi hayvonlar, uy hayvonlari, yirtqichlar, o‘txo‘rlar, quruqlikda, suvda yashaydigan hayvonlar kabi sinflarga tasniflash ularning anatomik va fiziologik xususiyatlariga qarab amalga oshiriladi. Hayvonlar va o‘simliklar, umuman tirik mavjudotlar nomlarini dunyoning barcha tillarida ifodalash inson hayotiy tajribasi asosida sodir boʻlgan. Kundalik hayotda hayvonlar odatda yovvoyi va uy hayvonlariga bo‘linadi. Hayvonlarning bunday universal tasnifi uy hayvonlari odamlar uchun oziq-ovqat, foydali materiallar va uy-ro‘zg‘or ishlarida yordamchilar, shuningdek, qoʻriqlovchi, yuk tashuvchi, transport vositalari va boshqalar sifatida alohida ahamiyatga ega bo‘lganligi bilan bog‘liq. A.I. Molotkovning fikricha, “inson tafakkuri dunyoni antropomorf yoki zoomorfik tarzda aks ettirishga harakat qiladi. Ushbu harakat natijalari ko‘plab tarkibida hayvon va o‘simliklar nomlari mavjud bo‘lgan paremiologik birliklarda qayd etilgan, ular orasida fitonimlar va zoonimlar alohida o‘rin tutadi. Zoomorfizmlar va fitomorfizmlar hayvonlar va o‘simliklarning xayoliy (obyektiv) yoki hayotiy (subyektiv) sifatlariga asoslanadi, ularga odamlarning tasavvuri va ijodiy tafakkuri xosdir. Zoomorfizmlar va fitomorfizmlar jonli va ifodali motivlanib (asoslanib), ularni tilning ekspressiv fondiga kiritish imkonini beradi” [Молотков 1977, 12; Назарова 2003, 64 ]. Atrof- muhitni oʻrganish jarayonida insonning aqliy faoliyati natijasini tilda aks ettiruvchi antropotsentrik tamoyilga kognitiv tilshunoslik ham rioya qiladi. Sh.S. Safarov oʻzining “Kognitiv tilshunoslik” kitobida har bir tushuncha moddiy va kognitiv 158 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701 tajriba, shuningdek, atrofdagi voqelikni idrok etish tajribasi natijasida paydo bo‘lishiga o‘quvchilarning e’tiborini qaratadi [Сафаров 2006, 44]. V.P. Anikinning fikriga koʻra, “Soʻzning ma’nosi ma’lum bir filologik an’ananing bir qismi sifatida ushbu soʻzning butun semantikasi nimani anglatishini ifodalash uchun koʻplab asarlar kontekstlarida qoʻllanilishi asosida oʻrganiladi va aniqlanadi” [Аникин 1988, 11]. V.M. Alpatov tilni samarali oʻrganish uchun “pragmatik (diskursiv) omillarga murojaat qilish”, antropotsentrik yoʻnalish bilan tavsiflanadigan kognitiv-diskursiv yondashuv zarurligi haqidagi xuddi shu fikrni zarurligini ta’kidlaydi [Алпатов 1993, 23]. Tadqiqotda antropotsentrik yondashuv inson va hayvonot dunyosi oʻrtasidagi munosabatlarga asoslanadi, ular haqidagi bilimlar olamning umumiy va lingvistik, milliy va metaforik manzaralarida aks etadi. Yangi antropotsentrik paradigma nuqtai nazaridan, metafora tafakkurning muhim qismi va madaniy jihatdan inson hayotining boshqa koʻplab sohalari bilan bogʻliq hisoblanadi. Har bir jonli tilda metaforizatsiya jarayonlari sodir boʻladi, bu tabiiy tilning aloqa usuli sifatidagi oʻziga xos xususiyatidir. Masalan: “Not lehrt den Bären tanzen” (SPWL, 61) - ‘Ilojsizlik ayiqni raqsga oʻrgatadi’ yoki “Not treibt den Hund an die Kette” (SPWL, 279) - ‘Majburlik itni zanjirga bogʻlaydi’. – “Tayoq ayiqni ham mulla qilar” (OʻXM, 195). Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdiki, har ikkala tildagi maqol-paremiologik birliklarda bir xil zoomorfizmlar, ya’ni nemis tilida ham, oʻbek tilida Bär – ‘ayiq’ zoonimi qoʻllanilib, metaforizatsiya jarayoni sodir boʻlgan. Nemis tilidagi maqol-PB orqali kishilarning nazdida uddalab boʻlmas ishni agar kishi majbur boʻlsa, uddalay olishi, qila olishi ifodalab berilgan, ya’ni ayiq hayvon va ongsiz jonzot boʻlishiga qaramasdan, majbur boʻlsa, raqsga tushishni ham oʻrganishi mumkinligi qayd etilgan. Oʻzbek tilida esa bu maqol-PBning muqobili stilistik jihatdan sal boshqacharoq ifodalangan. Oʻzbek tilida hat
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль пословично- пословично- паремиологических единиц в немецком и узбекском языках в паремиологические формировании метафорической картины мира.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматривается роль пословично- пословично- паремиологических единиц в немецком и узбекском языках в паремиологические формировании метафорической картины мира. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open-access article under the Attribution 4.0 International, фитоморфизмы, фитонимы, olamning metaforik manzarasi, zoomorfizmlar, зооморфизмы, zoomorphisms, maqol-paremiologik birliklar, zoonimlar, fitonimlar, metaphorical picture of the world, phytonyms, зоонимы, proverbial-paremiological units, phytomorphisms, пословично-паремиологические единицы, fitomorfizmlar, метафорическая картина мира, zoonyms
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025