К содержанию
РецензированоRU2025

Модель развития коммуникативной компетенции студентов в английском языке на основе новостных текстов

Kamola ABDUJABBOROVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 82-86 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматривается проблема развития преподавание коммуникативной компетенции студентов посредством английского языка, эффективного использования новостных текстов в обучении интерактивные методы, английскому языку. Автор уделяет особое внимание устная речь, письменная речь, активизации речевой деятельности студентов и модель обучения, совершенствованию их навыков устной и письменной речи изучение языка. посредством текстов, основанных на современных сведениях в области преподавания английского языка. В исследовании описывается дидактический потенциал новостных текстов, критерии их отбора и модель их интеграции в процесс обучения. Также анализируются результаты экспериментальных работ, проведенных на основе данной модели, и их эффективность. KIRISH QISMI Bugungi globallashuv jarayonida ingliz tilining xalqaro muloqot, fan, ta’lim, texnologiya va biznes sohalaridagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shu sababli, O‘zbekistonda ham xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish, uni amaliy kommunikativ vosita sifatida o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Til bilimini rivojlantirishda asosiy maqsad – o‘rganuvchining chet tilida erkin fikr bildira olishi, axborotni tushunishi, muloqotda faol ishtirok etishidir. Buning uchun esa o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish ta’lim jarayonining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi[1]. Zamonaviy metodik yondashuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quvchilarda til ko‘nikmalarini rivojlantirishda an’anaviy usullardan tashqari, hayotiy va dolzarb mavzular asosidagi matnlardan foydalanish samarali natijalar beradi. Ayniqsa, yangilik matnlari til o‘rganish jarayonida katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular talabalarga zamonaviy voqealardan xabardor bo‘lish, real hayotga daxldor matnlar ustida ishlash, ijtimoiy va madaniy bilimlarini kengaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, yangilik matnlari o‘zining axborotga boyligi, kontekstual mazmuni va dolzarbligi bilan talabalarni faol o‘rganishga undaydi, ularning mustaqil fikrlashi va tahliliy yondashuvini shakllantiradi. Mazkur maqolada ingliz tili darslarida yangilik matnlaridan foydalanish orqali talabalar kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan model ishlab chiqilgan. Ushbu modelda matn tanlash mezonlari, ulardan foydalanish bosqichlari, interaktiv usullar, hamda o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini kompleks rivojlantirish mexanizmlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Model asosida olib borilgan tajriba-sinov ishlari va ularning samaradorligi orqali metodikaning amaliy ahamiyati isbotlab beriladi[4]. 83 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 4 (2025) / ISSN 2181-3701 ASOSIY QISM Chet tillarni o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy metodik konsepsiyalar asosida kommunikativ kompetensiya — bu til vositasida samarali va mos muloqot qilish qobiliyatidir. Yevropa Kengashining CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) tizimida kommunikativ kompetensiya quyidagi tarkibiy qismlarga ajratilgan: Lingvistik kompetensiya – grammatik va lug‘aviy bilimlar; Sotsiolingvistik kompetensiya – muloqotda madaniy va ijtimoiy me’yorlarga amal qilish qobiliyati; Pragmatik kompetensiya – nutqni kontekst asosida to‘g‘ri tushunish va foydalanish qobiliyati[4]. Demak, samarali til o‘rgatish uchun bu kompetensiyalarni uyg‘un holda rivojlantirish zarur. Yangilik matnlari o‘zining real hayotga daxldorligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, BBC Learning English, VOA News, va Breaking News English kabi platformalarda beriladigan yangilik matnlari ingliz tilini o‘rganishdagi eng samarali autentik materiallardan biri hisoblanadi (Larsen-Freeman, 2017). Shu bois, bunday matnlar asosida mashqlar tuzish o‘quvchilarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini kompleks rivojlantiradi[6]. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan model quyidagi bosqichlardan iborat: 1-bosqich: Matn tanlash Yangiliklar mavzusi talabalar yoshi, qiziqishlari va til darajasiga mos bo‘lishi kerak; Matn hajmi, leksik va grammatik murakkabligi e’tiborga olinadi; Matn madaniy mazmuni va neytralligi baholanadi. 2-bosqich: Tayyorlov ishlari Yangi so‘zlar va iboralar bilan ishlash; Kontekstual tushunchalarni aniqlash; Matnga oid savol-javoblar va kichik munozaralar. 3-bosqich: Interaktiv faoliyat Rollar asosidagi o‘yinlar (news presenter, reporter, witness); Jamoaviy matn yozish (press release, short article); Munozara va debatlar (Should social media be limited?). 4-bosqich: Refleksiya va baholash Talabalar o‘z fikrini yozma va og‘zaki shaklda ifodalaydi; Baholash mezonlari: aniq ifoda, grammatik to‘g‘rilik, mantiqiy izchillik, faol ishtirok. 4. Tajriba-sinov ishlarining natijalari Toshkentdagi ikkita oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilgan tajriba-sinov darslari asosida quyidagi natijalar qayd etildi: Ko‘nikma turi Dastlabki baho (%) Sinovdan so‘ng (%) Tinglab tushunis

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматривается проблема развития преподавание коммуникативной компетенции студентов посредством английского языка, эффективного использования новостных текстов в обучении интерактивные методы…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматривается проблема развития преподавание коммуникативной компетенции студентов посредством английского языка, эффективного использования новостных текстов в обучении интерактивные методы… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
English language education, experimental work conducted on the basis of this model and, til o‘rganish, written speech, learning model, письменная речь, преподавание английского языка, интерактивные методы, устная речь, o‘quv modeli, language learning, Ingliz tili taʼlimi, og‘zaki nutq, interactive methods, oral speech, изучение языка, interaktiv usullar, yozma nutq, модель обучения
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники