К содержанию
РецензированоUZ2026

BETA SIKLODEKSTRIN VA MELAMIN ASOSIDAGI SUPRAMOLEKULYAR KOMPLEKSNING SINTEZI

KOMPLEKSNING SINTEZI · PhD., dotsent v.v.b. Eliboyev I.A.

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Organik molekulalarning korroziyaga qarshi ingibirlash rivojlanishi kislotali ishlov berish jarayonida neft-gaz konlari korroziyasini ingibir qilishni o‘rganish yangi izlanishlarga olib keladi. Beta siklodekstrin va melamin asosidagi supramolekulyar kompleksning ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi [1]. Uning keng qo‘llanilishi sababi kerakli tabiiy xususiyatlari bilan bog‘liq. Kalit so‘zlar: betta siklodekstrin (β–SD), Melamin (ME), supramolekulyar kompleks, elektrokimyo, potensiodinamik qutblanish. β-SD gigroskopik bo‘lmagan, bir xil, kristalli molekulyar tuzilishga ega va 7 ta D-glyukoza qoldig‘ini o‘z ichiga oladi, ular a-(1→4) glikozid bog‘lanishlari bilan birikkan. Glikozid kislorod ko‘priklarining bog‘lanmagan elektron juftlari bo‘shliqning ichki qismiga yo‘nalgan, bu esa yuqori elektron zichligi va Lyuis asosining xarakteriga egaligini bildiradi. 1-rasm. Siklodekstrin molekulasining strukturaviy tuzilishi. Bu xususiyatlar β-SD ning ichki yuzasi, gidrofil bo‘lgan tashqi yuzaga nisbatan solishtirganda gidrofobik ekanligini ko‘rsatadi. β-SD ning tashqi tomonidagi birlamchi gidroksil guruhlari (glyukoza qoldig‘i –CH orqali bog‘langan) va ikkilamchi gidroksil guruhlari (glyukoza 2 qoldiqlariga bevosita bog‘langan) suvda eruvchanlikni yaxshilaydi. Gidroksil guruhlar ham ichki, ham tashqi yuzalarda mavjud bo‘lishidan qatiy nazar β-SD ichki bo‘shlig‘i gidrofobik, tashqi bo‘shliq gidrofil xossaga ega. β-SD ning tashqi gidroksil guruhlari va substratlarning karboksil guruhlari o‘rtasidagi reaksiyalar orqali β-SD nanomateriallar va polimerlar modifikatsiyalari shakllanadi. β-SD ning ingibirlash xususiyatlarini tashqi xalqalardagi -OH guruhlarini kimyoviy modifikatsiya qilish orqali yaxshilash mumkin [2,3]. Supramolekulyar kompleksning sintezi. Bundan tashqari, mehmon birikmasi, ME xloroformda qayta kristallangan. Barcha suspenziya eritma Erlenmeyer kolbalariga o‘tkazildi va 72 °C da 900 r/min tezlikda kuchli aralashtirildi. Melamin (ME) va β-SD asosidagi supramolekulyar (mezbon-mehmon) sistemalarni sintez qilinishi 2-rasmda ko‘rsatilgan. Melamin (1,3,5-triazin-2,4,6- triamin) (МЕ) – rangsiz kristall modda (GOST 7579-76, M=126,12 gr/mol, ρ=1,574 gr/ml, r LD =3248 mg/kg, T = 345 °C). 50 s 117 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL 2-rasm. β-siklodekstrin va melamin asosidagi supramolekulyar kompleksning sintezi β-SDME neft va gaz sanoatida metall yuzalarni qoplash korroziyasidan himoya qilish foydali bo‘ladi. Korroziyadan himoya qilish uchun β-SD asosidagi birikmalarning tez rivojlanishi va ularning ko‘plab afzalliklari korroziyani oldini olish dasturlariga katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu turdagi materiallar juda muhim, chunki ular metall materiallarni kimyo, neft-kimyo, neft-gaz, avtomobil va metallurgiya kabi yirik sanoat tarmoqlarida zararli korroziyadan himoya qiladi. Ushbu sharh korroziyadan himoya qilishda qo‘llaniladigan β-SD -asosidagi birikmalarning ishlab chiqarish usullari, korroziyaga qarshi qo‘llanilishi va β-SD-ga asoslangan korroziyaga qarshi materiallarning dolzarb muammolariga e’tibor qaratildi. Tabiiy va sintetik polimerlar bilan β-SD modifikatsiyalarining asosiy nazariyasi, ahamiyati, ishlanmalari va yangiliklari, organik birikmalar bilan payvandlangan β-SD, organik molekulalar bilan β-SD asosidagi supramolekulyar (mezbon- mehmon) sistemalar, β-SD asosidagi polimer. Ingibitor o’zining yolg‘iz elektron juftlarini metallning bo’sh bo’lgan d-orbitallariga (Fe, Al, Cu, Zn va boshqalar) beradi. U metallni oksidlashi mumkin va shu bilan metall yuzasida passiv/himoya qatlami hosil qiladi Xulosa: Beta siklodekstrin asosida kompleks tipidagi yangi β-SDME supramolekulyar ingibitor sintez qilindi. Bu birikmalar barqaror, arzon, ekologik toza, suvda yaxshi eriydi va yuqori ingibirlash samaradorligiga ega. β-SD bilan mezbon-mehmon komplekslarini shakllantirishda sezilarli darajada o’zgaradi. Birikmalarning korroziyani ingibirlash ko’rsatkichlari ham β-SD bilan yaxshilanadi.

Доказательный фрагмент

«Organik molekulalarning korroziyaga qarshi ingibirlash rivojlanishi kislotali ishlov berish jarayonida neft-gaz konlari korroziyasini ingibir qilishni o‘rganish yangi izlanishlarga olib keladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Organik molekulalarning korroziyaga qarshi ingibirlash rivojlanishi kislotali ishlov berish jarayonida neft-gaz konlari korroziyasini ingibir qilishni o‘rganish yangi izlanishlarga olib keladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
potensiodinamik qutblanish., betta siklodekstrin (β–SD), elektrokimyo, Melamin (ME), supramolekulyar kompleks
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники