Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HARBIY XIZMATЧИЛАРНИНГ АХЛОҚИЙ-РУҲИЙ ТАЙЁРГАРЛИГИНИ RIVOJLANTIRISHNING AMALIY YO‘LLARI VA SHAKLLARI
HARBIY XIZMATЧИЛАРНИНГ АХЛОҚИЙ-РУҲИЙ · Saburov Alisher Ikramovich
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
This article analyzes mechanisms aimed at enhancing the ethical and psychological readiness of military personnel, focusing on methods to strengthen their moral grounding and resilience. Kalit So‘zlar: Ethical readiness, psychological resilience, military personnel, moral development, stress management, ethical training. Kirish Harbiy xizmatning murakkabligi va xavf-xatarli sharoitlari harbiy xizmatchilardan yuqori axloqiy va ruhiy tayyorgarlikni talab qiladi. Shu sababli, harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish zarurati tug‘iladi. Ushbu tezisda harbiy xizmatchilarni professional va shaxsiy sifatlari bo‘yicha tayyorlashga qaratilgan amaliy yo‘llari va shakllari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy asosan, harbiy sohada rivojlanishi yetuk ofitser shakllantirish bilan ro‘yobga chiqariladi. Barkamol, yetuk ofitser o‘qimishli, yangicha fikrlaydigan, madaniyatli, axloqli, mehnatsevar, jismonan va ruhan sog‘lom, o‘z haq-huquqini bilgan, vatanini sevadigan, faol, fidoiylik va ma’naviy boy singari insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirmog‘i lozim. Harbiy an’analarning o‘rni va ahamiyatini anglash uchun eng avvalo an’analarning mohiyati, mazmuni haqida fikr yuritaylik. Harbiy jamoada yashovchi harbiy xizmatchi o‘z bo‘linmasining milliy harbiy an’analari tarixini, https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 8 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 turmush tarzini, madaniyatini, ruhiyatini va ma’naviyatini chuqur bilgandagina, u shu xalqning barkamol, etuk ofitseri bo‘la oladi. Barkamol yetuk ofitser o‘z navbatida o‘zining xizmat faoliyati davomida o‘rgangan g‘oya va tajribalarini o‘zidan keyingi avlodga o‘rgatishga harakat qiladi. Ana shu o‘rgatish harbiy va ijtimoiy hayotni davom ettirishga asos, negiz bo‘ladi. Shuning uchun o‘z qadr-qimmatini bilgan harbiylar o‘z harbiy san’atining, ma’naviyatining ya’ni harbiy vatanparvarligining, qadriyatlarining asosi bo‘lgan an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlarni avloddan avlodga etkazadi, asraydi hamda ularni davom ettiradi. Ana shundagina harbiylarning, xalqning, davlatning, hayotning davomiyligi ta ‘minlanadi. Bu haqda buyuk sharq mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy “Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir-birining o‘rnini egallab boradigan avlodlar zinadan zinagagina ko‘tariladilar, xolos. Jamlangan tajribani har bir harbiy xizmatchi o‘zidan keyin kelayotgan, o‘zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi harbiy xizmatchiga etkazib beradi”,-deb o‘rinli ta’kidlagan. O‘zbek harbiylari o‘z harbiy an’analari bilan jahon hamjamiyatida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan eng qadimgi xalqlardan biri sifatida mana shunday bebaho, boy xazinaga ega. Buning uchun o‘zbek xalqining harbiy an’analarini bilishimiz, boyitishimiz, takomillashtirishimiz, saqlashimiz hamda keyingi avlodlarga etkazish har birimizning, muqaddas vazifamiz bo‘lmog‘i darkor. Eng asosiysi harbiy an’analaridan yosh ofitserlarni tarbiyalashda foydalanishni hozirgi talabning o‘zi talab qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturida “Yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi”-deb alohida ta’kidlangan. An’ana-bu jamiyatda ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilarning ongida, hayotida barcha sohalarni qamrab olgan, o‘z o‘rnini topgan, ajdodlardan-avlodga o‘tib https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 9 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 turadigan, takrorlanadigan harbiy hayotda qo‘llanadigan umumiy tartib, qoidalar va tajribalar yig‘indisi deb ta’riflash mumkin. Harbiy an’analar esa harbiy, ijtimoiy hodisa bo‘lib, harbiylar hayotining barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan ya’ni turmush tarzi, mehnat, odob-ahloq, madaniyat, ma’naviyatlarida o‘z o‘rnini olgan, avloddan avlodga o‘tib turadigan, takrorlanadigan, qo‘llanadigan harbiy tartib-qoidalar yig‘indisi deb tushunish zarur. Harbiy an’analarning hayotda tadbiq qilinish hajmi, ko‘lami, doirasi ijtimoiy an’analarga qaraganda nisbatan torroq yo‘nalishga ega. Shu nuqtai nazardan yondoshganda harbiy an’analar davlat miqiyosidagi harbiy ta’lim- tarbiya muassasalari, mehnat jamoalari an’analaridan shakli, mohiyati, mazmuni hamda o‘ziga xos harbiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘zbek harbiy xizmatchilarining harbiy an’analari o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ega. An’analar harbiy jamoaning turmush tarzini bezab, ifodalab uning qadr-qimmatini yuksaltiradi. Har bir harbiy an’ana o‘z shakli, mazmuni, maqsadi va vazifalarni nazarda tutadi. Harbiy an’analar o‘z milliy mazmuni, shakli, mohiyati hamda xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Yosh ofitserlarning muntazam tizimli uzluksiz, shakllanishida to‘g‘ridan to‘g‘ri kuchli tarbiyaviy ta’sir etuvchi milliy tarbiya vositasidir. Harbiy an’analar harbiylarning boy axloq-odobi, madaniyati, ma’naviyati ijtimoiy, harbiy tajri
Доказательный фрагмент
«This article analyzes mechanisms aimed at enhancing the ethical and psychological readiness of military personnel, focusing on methods to strengthen their moral grounding and resilience.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes mechanisms aimed at enhancing the ethical and psychological readiness of military personnel, focusing on methods to strengthen their moral grounding and resilience. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ethical training., psychological resilience, military personnel, stress management, moral development, Kalit So‘zlar: Ethical readiness
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025