К содержанию
РецензированоUZ2025

HARBIY XIZMATCHILAR FAOLIYATIDA KASBIY DEFORMATSIYANING PSIXOLOGIK OMILLARI

DEFORMATSIYANING PSIXOLOGIK OMILLARI · Ikramov Kamronbek Dilshodbek о‘g‘li, kapitan · Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, «Biz

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada harbiy xizmatchilar kasbiy deformatsiyasining psixologik xususiyatlari batafsil o'rganilgan. Harbiy xizmat sharoitida yuzaga keladigan stress va emosional bosimlarning xizmatchilarning ruhiy holatiga ta'siri ko'rib chiqiladi. Maqola kasbiy deformatsiyaning sabablari, uning psixologik belgilari va oldini olish choralariga e'tibor qaratadi. Kalit so'zlar: Harbiy xizmatchilar, kasbiy deformatsiya, psixologik xususiyatlar, stress, ruhiy holat, kasbiy barqarorlik, travma, psixologik yordam. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, «Biz islohotlarimizning ilk kunlaridanoq inson qadrini ulug‘lashni eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etdik. Yangilangan Konstitusiyamizda ham О‘zbekiston huquqiy davlat ekanligini muhrlab qо‘ydik. Yagona maqsadimiz – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash orqali xalqimizni rozi qilish» . https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 5 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 Respublikamizda yuz berayotgan demokratik huquqiy davlatni rivojlantirishga yо‘naltirilgan global islohotlar sharoitida harbiy xizmatchilar faoliyatida qator talablar ortib bormoqda. Ularda yuksak axloqiy barqarorlik va professionalizm, kasbiy fidoyilik hamda murakkab va favqulodda sharoitlarda harakat qilishga ruhan tayyorlikning muhimligi ta’kidlanmoqda. Harbiy xizmatchilarga qо‘yiladigan mazkur talablar kelgusida harbiy xizmatchilarda delinkvent xulq muammosining namoyon bо‘lishini oldini olishga qaratilganidan dalolat beradi. «Delinkvent» atamasi lotin tilidan olingan bо‘lib, qonunga xilof, jinoiy degan ma’nolarni anglatadi. Delinkvent xulq – qonundan og‘uvchi, g‘ayriqonuniy, jinoiy xatti-harakat turi. Bu xizmatdoshlari va yaqinlariga nisbatan janjalli, tajovuzkor xatti-harakatlarda; spirtli ichimliklar, narkotik vositalar, kuchli ta’sir etuvchi tibbiy vositalarni suiiste’mol qilish, kashandalikda; tavakkalli xatti-harakat uslubi: transport vositalarini haydash, ayniqsa mast holda boshqarishda; g‘ayriijtimoiy xulq, huquqbuzarlik, hattoki jinoiy qilmishlar sodir etishda; о‘zini о‘ldirishga urinishlarda namoyon bо‘lishi mumkin. Adabiyotlarda ba’zan delinkvent xulq destruktiv hamda deviant xulq sifatida ta’riflanadi. Deviant xulq – ushbu muhitda qabul qilingan qoidalardan og‘uvchi xulq. Insonning deviant xulqini jamiyatda qabul qilingan qoidalarga zid keluvchi hamda muvozanatlashmagan ruhiy jarayonlar, noadaptivlik (moslasha olmaslik), о‘zini faollashtirish jarayonining buzilishi yoki о‘z xulqini axloqiy va estetik nazorat qilishdan og‘ish kо‘rinishidagi xatti-harakatlar tizimi yoki alohida harakat sifatida ta’riflash mumkin. Biz bu ta’riflarni qо‘llanilayotgan atamalarning ma’nosini tushunish uchun keltirdik va idrok etish qulay bо‘lishi uchun bunday xatti-harakatni deviant xulq deb ataymiz. Deviant xulqni amalga oshirishga xizmat faoliyatining о‘ziga xos sharoitlari bilan bog‘liq ijtimoiy-psixologik omillar ham katta ta’sir kо‘rsatadi. https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 6 Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025 Deviant xulq haqida sо‘z yuritganda, yuqorida aytganimizdek, avvalo ichkilikbozlik, giyohvandik va qimorbozlik kabilarni tushunamiz. Psixologiyaga oid adabiyotlarda bunday murakkab hodisalar haqida sо‘z yuritganda inson ruhiy noqulaylik holatini yengishda foydalanadigan stimulyatorni bildiruvchi «addiksiya» atamasidan foydalaniladi. Addiktiv xulq yoki tobelik – zamonaviy jamiyatining eng dolzarb muammolaridan bо‘lib, ijtimoiy, biologik va psixologik sabablarga ega bо‘lishi mumkin. Psixoterpevtlarning bu sohadagi tajribasi kо‘pincha tobe xulq manbaini shaxsdagi murakkab buzilishlar tashkil etishini kо‘rsatmoqda. Hal qilinmagan ichki muammo qanoatlantirilmagan ehtiyojlarning «о‘rinbosarlari»dan foydalanishga olib kelishi mumkin. Ana shuning uchun ham tobelikning turli shakllari – ichkilikbozlik, kashandalik, giyohvandlik, qimorbozlik kabilarda umumiy hosil bо‘lish mexanizmi mavjud. Shu bois bunday tobelik kompensator xulq yoki shaxsning noadekvat himoya shakli deb ham ataladi. Addiktiv xulq deganda о‘z ruhiy holatini о‘zgartirish orqali real voqelikdan qochish tushuniladi. Bunday о‘zgartirishga ayrim moddalarni qabul qilish yoki diqqatni muayyan narsalar yoki faoliyat turlarga doimiy ravishda qaratish orqali erishiladi. Bu esa intensiv (jadal) his-tuyg‘ularning rivojlanishi bilan kechadi. Ruhiy holatni о‘zgartiruvchi moddani iste’mol qilish jarayoni, narsaga bog‘liq bо‘lib qolish yoki faollikda ishtirok etish shunchalar katta miqyosga ega bо‘ladiki, insonning hayotini boshqara boshlaydi, uni ojiz qilib qо‘yadi, addiksiyaga qarshi kurash istagi (irodasi)dan mahrum etadi. Deyarli barcha tobeliklar asosida shaxsning ichki ziddiyatlari yoki shaxs voqelikdan qochmay turib boshqara olmaydigan ziddiyatlar yotadi. Shu bois tobelik shaxsdagi buzilishdir. Tobelik ruhiy va jismoniy

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada harbiy xizmatchilar kasbiy deformatsiyasining psixologik xususiyatlari batafsil o'rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada harbiy xizmatchilar kasbiy deformatsiyasining psixologik xususiyatlari batafsil o'rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Harbiy xizmatchilar, kasbiy deformatsiya, psixologik, psixologik xususiyatlar, stress, kasbiy barqarorlik, Kalit so'zlar: Harbiy xizmatchilar, psixologik yordam., travma, ruhiy holat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники