Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA IJTIMOIY-MA’NAVIY, AXLOQIY MUAMMOLARNING AKS ETTISHI
Jo‘rayeva Nargiza
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi Abdulla Qodiriyning asarlarida ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy muammolarning qanday ifoda topgani tahlil etiladi. Xususan, yozuvchining “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” kabi romanlarida o‘z davrining ijtimoiy ziddiyatlari, ma’naviy inqirozlar, urf-odatlar va eskilik qoldiqlari bilan bog‘liq muammolar yoritilgan. Qodiriyning badiiy tasvir uslubi, obrazlar orqali berilgan tanqidiy qarashlari, ayollar taqdiri, jamiyatdagi adolatsizliklar va insoniy fazilatlar qadri ushbu maqolada o‘rganiladi. Shuningdek, adib asarlarida axloqiy tarbiya, mehr-oqibat, fidoyilik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari qanday ifodalanganiga ham alohida e’tibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy, ijtimoiy muammolar, axloqiy tarbiya, “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, ma’naviyat, adabiyot, badiiy obraz, tarixiy roman, ijtimoiy tanqid. O‘zbek adabiyoti — milliy ruhda yozilgan, ayniqsa o‘zbek romanlarini qamrab olgan boy ijodiy meros hisoblanadi. O‘zbek romanchiligi o‘zida eng yaxshi adabiy an’analarni mujassam etgan bo‘lib, zamon bilan hamnafas tarzda takomillashib bormoqda. Ulug‘ adib Abdulla Qodiriyning ikki mashhur romanini qiyosiy tahlil qilish orqali ham o‘zbek romanchiligiga xos o‘ziga xosliklar yaqqol namoyon bo‘ladi. Ishonch bilan aytish mumkinki, “Mehrobdan chayon” asari “O‘tkan kunlar” romanining tarixiy va mantiqiy jihatdan davomi sifatida ko‘riladi. Bu asarda xonlik davri hayoti, urf-odatlar, ijtimoiy-madaniy muhit tasvirlanadi. https://scientific-jl.com/luch/ 7 7 Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025 Badiiy adabiyotda o‘z davrining madaniy va adabiy-estetik qarashlari, g‘oyaviy-siyosiy holati kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Aynan mana shu omillar “Mehrobdan chayon” romanining badiiy va g‘oyaviy tuzilishida, ayniqsa sinfiy yondashuvda seziladi. Muallif ma’lum darajada o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy qarashlariga yaqin tursa-da, bu tasvirlar sun’iy emas, balki tarixiy voqelik sifatida berilgan. Shu bilan birga, asarda umuminsoniy qadriyatlar va tarbiyaviy mezonlar asosiy o‘rinni egallaydi. Jamiyatdagi sinfiy tabaqalanishga bunday yondashuv dunyo adabiyotining mashhur vakillari — Balzak, Zola, Tolstoy va Dostoyevskiy romanlarida ham kuzatiladi. “O‘tkan kunlar”dan keyin yozilgan “Mehrobdan chayon” asari o‘zbek roman maktabining yangi bosqichini boshlab berdi. Bu roman orqali o‘zbek xalqiga xos badiiy ifoda vositalari shakllandi. Abdulla Qodiriy ijobiy va salbiy obrazlar yaratishda Sharq adabiy merosidan foydalangan holda, ulardan ilhomlanib, o‘z asarlarining epik qahramonlarini yuksak mahorat bilan tasvirlagan. Uning “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari qahramonlarini (Anvar, Ra’no, Otabek, Kumush) solishtirganda ularning tashqi va ichki xususiyatlari o‘zaro juda o‘xshash ekanini ko‘rish mumkin. Ular har jihatdan yetuk, komil inson sifatida tasvirlangan. Yozuvchi erkak qahramonlarni ifodalashda “salobatli”, “mag‘rur”, “qora ko‘zli”, “barvasta” kabi ifodalar orqali ularning jismoniy va ruhiy qiyofasini mujassamlashtirgan. O‘zbek adabiyotining ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan Abdulla Qodiriy nafaqat roman janrining asoschisi, balki ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy muammolarni chuqur tahlil qilgan atoqli yozuvchilardan biridir. Uning asarlari orqali o‘zbek xalqining XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi ijtimoiy hayoti, axloqiy inqirozlar va ma’naviy qarashlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Qodiriy ijodi jamiyatdagi adolatsizlik, ayollar huquqsizligi, eskicha dunyoqarash va axloqiy inqirozlar muammolarini ko‘taradi va o‘quvchini fikrlashga undaydi. https://scientific-jl.com/luch/ 7 8 Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025 Abdulla Qodiriyning publitsistik faoliyatidagi ilk qadami 1914-yil 1-aprelda “Sadoyi Turkiston” gazetasida chop etilgan “Yangi masjid va maktab” nomli maqolasi bilan boshlanadi. Tez orada u “To‘y”, “Ahvolimiz”, “Fikr aylag‘il” kabi jamiyat muammolarini yoritgan mazmundor she’rlar yozadi. Qodiriyning she’riyatini ikki yo‘nalishga bo‘lish mumkin: birinchisiga — “To‘y”, “Ahvolimiz”, “Millatimga bir qaror”, “Fikr aylag‘il”, “Pildir-pis...” kabi mustaqil she’riy asarlar kiradi; ikkinchisi esa — “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Obid ketmon” kabi nasriy asarlari ichidagi she’riy parchalar hisoblanadi. Qodiriyning “To‘y” she’ri hajviy uslubda yozilgan bo‘lsa-da, unda muhim va dolzarb ijtimoiy masala ko‘tarilgan. Azaldan odamlar orasida quvonch va diydor sababi bo‘lgan, qarindosh-urug‘, mahalla-ko‘yni birlashtirgan to‘y marosimlari, o‘z holicha davom etaversa, nihoyat xalqqa zarar yetkazishi, ularni baxtdan emas, baxtsizlikka olib borishi tasvirlanadi. She’rda adolatsiz mustamlaka tuzumi ta’sirida ezilgan, ilmsizlik, loqaydlik va xurofot girdobiga tushgan xalq tanqid qilinadi. Muallif “kori ma’jus” va “kori shayton” kabi obrazlar orqali bu illatlarga qarshi chiqadi. U to‘ylarning ortidan mulk emas, jon yo‘qolishi mumkinligidan ogohlantiradi. Bu mavzu, shaxs va jamiyat muammosi sifatida, keyinchalik uning “Baxtsiz kuyov” nomli dramasida keng yoritiladi. “O‘tkan kunlar” romanida asosiy
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi Abdulla Qodiriyning asarlarida ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy muammolarning qanday ifoda topgani tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi Abdulla Qodiriyning asarlarida ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy muammolarning qanday ifoda topgani tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axloqiy tarbiya, badiiy obraz, ijtimoiy muammolar, “O‘tkan kunlar”, adabiyot, ijtimoiy tanqid., ma’naviyat, tarixiy roman, “Mehrobdan chayon”, Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026