К содержанию
РецензированоUZ2025

BUDDAVIYLIK DINI

BUDDAVIYLIK DINI · Abubakirova Namuna · Abduholiqova Nigora · Kalit so‘zlar: Siddxartxa · O‘zbekiston, buddizm · Buyuk Ipak yo‘li

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqola, buddaviylik diniga asoslangan bo‘lib unda buddizimning kelib chiqishi va uning rivojlanish tarixi haqida muhokamaviy xulosalar olib, boriladi. Hamda, maqolada 5–6 asrlarda O‘zbekiston hududida buddizmning tarqalishi, rivojlanishi va uning madaniy ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. O‘sha davrda Buyuk Ipak yo‘li orqali kelgan buddaviylikning hududdagi siyosiy va madaniy jarayonlarga ta’siri, buddaviy meros yodgorliklari va arxeologik topilmalar o‘rganiladi. Maqola davomida O‘zbekistonning Surxondaryo, Toshkent va boshqa hududlarida buddizm izlarini saqlab qolgan joylar haqida ma’lumot beriladi. Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini ta’kidlaydilar. Bu ta’limot to‘g‘risida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar ma’nolari kuyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urug‘ nomi, Shakyamuni — «Shakya kabilasidan chiqqan donishmand», Budda — «nurlangan», Tadxagata — «shunday qilib, shunday ketgan», Djina — «g‘olib», https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 5 Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025 Bxagavan — «tantana kiluvchi». Ular ichida eng mashxuri «Budda» bo‘lib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan. Kalit so‘zlar: Siddxartxa, Gautama, Djina, Budda, Tadxagata, Maxavostu, Buddxacharita, O‘zbekiston, buddizm, Buyuk Ipak yo‘li, Fayoztepa, Dalvarzintepa, Qoratepa, 5–6 asrlar, madaniyat, tarix, buddaviy yodgorliklar. Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini ta’kidlaydilar. Bu ta’limot to‘g‘risida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar ma’nolari kuyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urug‘ nomi, Shakyamuni — «Shakya kabilasidan chiqqan donishmand», Budda — «nurlangan», Tadxagata — «shunday qilib, shunday ketgan», Djina — «g‘olib», Bxagavan — «tantana kiluvchi». Ular ichida eng mashxuri «Budda» bo‘lib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan. Bizgacha, Buddaning bir necha biografiyalari yetib kelgan: «Maxavostu» milodning II asrida yozilgan, «Lalitavistara» milodning II—III asrlarida yuzaga kelgan, «Buddxacharita» buddist faylasuflardan biri Ashvagxosha tomonidan milodning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» —milodning I asrida yozilgan va «Abnixishkramansutra». Mazkur biografiyalarda Buddaning qaysi yillarda yashaganligi turlicha berilgan. Ularda mil. avv. IX — III asrlar oralig‘idagi har xil muddatlar ko‘rsatiladi. Rasmiy xisobga ko‘ra, Butama-Budda mil. avv. 623 yilda tug‘ilib, 544 yilda vafot etgan. Birok, ko‘pchilik tadkiqotchilar uning tavalludi mil.avv. 564 yilda, vafoti esa 483 yilda deb xisoblaydilar. Ba’zan 560 va 480 deb yaxlit sonlar bilan ko‘rsatadilar. Aytish joizki, yukorida zikr kilingan biografiyalarda Buddaning xaqiqiy xayoti bilan uning hakidagi afsonalar o‘zaro qorishib ketgan. Siddxartxa Shakya kabilasining podshoxdaridan biri Shuddxodananing ug‘li edi. Uning saroyi Xiimolay tog‘lari etagida Kapilavasti degan shaharda bo‘lgan (xozirgi Nepal https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 6 Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025 xududida). Onasi — malika Mayya. Podshoh ug‘lini orzu-xavaslar og‘ushida tarbiyalab, uni xech bir kamchiliksiz katta kiladi. Siddxartxa ulg‘ayib qo‘shni xukmdorlardan birining kizi Yashadxaraga uylanadi va ug‘il ko‘rib, unga Raxula deb ism qo‘yadi. Hech bir kiyinchilik va kamchilik kurmay o‘sgan bola Siddxartxa bir kuni ittifoko bir keksa chol, bir bemor xamda og‘ir mashaqqat tortayotgan rohibni uchratadi, bir kishining esa vafotiga guvoh bo‘ladi. Bundan qattiq ta’sirlangan shahzoda insoniyatni kiyinchilik va azobdan qutqarish yullarini izlash uchun saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda edi. U beshta rohib bilan kishloqma-qishloq kezib yuradi. Shu asnoda Siddxartxa bir narsaga amin bo‘ldi: bu yul uni o‘z oldiga kuygan maksad, ya’ni insoniyatni azob-uqubatdan qutkarish sari olib bormaydi va u rohiblar jamoasidan ajraladi. Birmuncha vaqt changalzor o‘rmonlarda kezib xorib charchagach, bir daraxtning tagida dam olish uchun o‘tiradi va o‘zicha, to xaqiqatni topmaguncha shu yerdan turmaslikka qaror qiladi. Bu o‘tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen xaqiqatni topding» degan sado keladi. Shu paytda uning ko‘z oldida butun borliq namoyon bo‘ladi. U xamma joyda shoshilish, qayoqqadir intilishni ko‘radi: xech bir joyda osudalik yuq edi. Xayot nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib ketayotgan edi. Inson aqli yetmas bir kuch Trishna — yashash, mavjud bo‘lish umidi barchaning tinchini buzar, xalok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligini angladi. Shu ondan u Budda- nurlangan deb ataldi. U tagida o‘tirgan daraxt esa-nurlangan daraxt (botxa) deb atala boshladi. Budda o‘zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog‘ida o‘zining besh rohib do‘stlariga kildi va ular Buddaning birinchi sh

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola, buddaviylik diniga asoslangan bo‘lib unda buddizimning kelib chiqishi va uning rivojlanish tarixi haqida muhokamaviy xulosalar olib, boriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola, buddaviylik diniga asoslangan bo‘lib unda buddizimning kelib chiqishi va uning rivojlanish tarixi haqida muhokamaviy xulosalar olib, boriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
buddizm, Buyuk Ipak yo‘li, 5–6 asrlar, Buddxacharita, Fayoztepa, Budda, O‘zbekiston, Qoratepa, tarix, Djina, Gautama, Kalit so‘zlar: Siddxartxa, buddaviy yodgorliklar., madaniyat, Dalvarzintepa, Tadxagata, Maxavostu
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники