К содержанию
РецензированоUZ2025

ISLOMDA INSON HUQUQLARI HIMOYASI, IJTIMOIY TENGLIK, ADOLAT VA TOLERANTLIK.

Ixvoldinov Muhammadsoliq · Abdumannopov Shohijahonmirzo

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Erkinlik, tenglik, adolat, mafkuralar va fikrlarning xilma- xilligi, hokimiyatning saylov asosida vujudga kelishi, hokimiyatlar bo‘linishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud qarorisiz mahrum etib bo‘lmasligi, aybsizlik prezumpsiyasi bularning barcha-barchasi demokratiyaning eng muhim belgilari bo‘lib, demokratik davlatlar konstitutsiyalarining muhim prinsiplarini tashkil etadi. Shu ma’noda aytish joizki, yuqorida keltirib o‘tilgan demokratik prinsiplarni o‘zida mujassam etgan mo‘tabar Qomus — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun - mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida beqiyos siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga molik tarixiy kun bo‘lib qoldi. Kalit so‘zlar: Qomus, demokratiya, Konstitutsiya, modda, adolat, erkinlik, huquq, burch, jamiyat Mana, qariyb yigirma besh yildan beri, hayotimizning Asosiy qomusi bo‘lmish, davlatimiz va jamiyatimizning nafaqat buguni, ezgu maqsadlarimizning https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 2 Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025 huquqiy poydevorini muhrlab beruvchi Konstitutsiyamiz qoidalari asosida yashab kelmoqdamiz. Shu davr mobaynida barchamiz vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalq farovonligining huquqiy kafolatini o‘zida mujassam etgan Konstitutsiyamizda zikr etilgan maqsad va muddaolarga erishish yo‘lida mehnat qilmoqdamiz. Mana shu yigirma besh yil mobaynida jamiyatimizda, har qaysi oila va vatandoshlarimiz hayotida qanday ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bo‘lsa, bularning barchasi Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklarga oid qoidalarning hayotimizdagi amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizning asosiy mohiyati ham insonga munosib hayot sharoitlaridan iboratdir. Konstitutsiyaning asosiy mohiyatlaridan yana biri bo‘lib, jamiyat va uning a’zolari oldiga maqsad qo‘yishi va ana shu ezgu maqsadga erishishning yo‘llarini o‘zida mujassam etishida ifodalanadi. Asosiy qomusimiz o‘zida inson – oila – jamiyat – davlat manfaatlarini uyg‘unlashtirgani sababli, mazkur hujjat hayotimizning barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning samarali, muvaffaqiyatli bo‘lishini huquqiy jihatdan kafolatlamoqda. Jahonda bo‘lib o‘tayotgan voqealar ham shuni yaqqol tasdiqlamoqdaki, agar inson va davlat manfaatlari o‘zaro uyg‘unligi buzilsa, davlatda olg‘a siljish bo‘lmaydi. Mamlakatimizda esa, bu masala davlatimiz rahbarining oqilona va dono siyosati tufayli, Konstitutsiyamizda jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i - inson degan fikrni ilgari surildi va shu asosda, “fuqaro - jamiyat – davlat” o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimini topadi. Konstitutsiya har qanday davlatning o‘ziga xos pasporti desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, u yoki bu mamlakatda davlatni tavsiflash zarur bo‘lganda Konstitutsiya davlat bilan shaxs o‘rtasidagi o‘zaro huquqlar va burchlar belgilab olingan o‘ziga xos ahdnoma desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, Konstitutsiyamizning 19-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 3 Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025 va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar, deb mustahkamlab qo‘yilgan. Shu ma’noda Asosiy qomusimizda davlat o‘ziga bir qator o‘ta muhim majburiyatlarni olganki, unga ko‘ra davlat, uning manfaatlariga xizmat qiladi, davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Fuqarolar esa Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajarish, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga, O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga, harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar. Har bir mamlakatda u yoki bu joriy qonunlar bo‘lishi va u muayyan vaqtdan so‘ng nomi o‘zgarishi yohud bekor bo‘lishi mumkin. Biroq, Konstitutsiya inson, jamiyat, davlat manfaatlarini va irodasini o‘zida ifodalovchi, davlat tuzilishi va boshqaruvi shakli asoslarini belgilovchi, hokimiyat idoralari faoliyatining tashkil etilishi tartibi va prinsiplarini mustahkamlovchi oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat bo‘lib, u o‘zining yagonaligi va barqarorligi bilan ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi “Konstitutsiya va qonunning ustunligi” deb nomlanadi, undagi qoidalarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. Birorta ham qonun

Доказательный фрагмент

«Erkinlik, tenglik, adolat, mafkuralar va fikrlarning xilma- xilligi, hokimiyatning saylov asosida vujudga kelishi, hokimiyatlar bo‘linishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud qarorisiz mahrum etib bo‘lmasligi,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Erkinlik, tenglik, adolat, mafkuralar va fikrlarning xilma- xilligi, hokimiyatning saylov asosida vujudga kelishi, hokimiyatlar bo‘linishi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud qarorisiz mahrum etib bo‘lmasligi,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquq, modda, Konstitutsiya, burch, jamiyat, Kalit so‘zlar: Qomus, demokratiya, erkinlik, adolat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники