К содержанию
РецензированоUZ2025

ISLOMDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI.

O‘ZIGA XOS JIHATLARI. · G'ulomjonov Muhammadzohid · Murodov Javlon

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqola, islomda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risidagi qonunlar, farmonlar, chora- tadbirlarning muhokamaviy qismiga asoslangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining Muqaddimasida O‘zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatini anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlashga intilib, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasi qo'yilganligi aytib o'tilgan. Hozirgi dunyoda inson huquqlari yetakchi o‘rinni egallashi umume’tirof etilgan haqiqatdir. Inson huquqlari masalasining har qanday sivilizasiyalashgan, adolatli fuqarolik jamiyatini qurishdagi rolini kamaytirib bo‘lmaydi. Demokratik, huquqiy davlat qurishning bosh sharti asosiy https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 3 4 Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025 huquq va erkinliklarni rag‘batlantirish va himoya qilish hamda jamiyatda har bir insonning huquqlarini kafolatlashning haqiqiy tizimini yaratish hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, huquq, erkinlik, kafolat, rag‘bat, demokratiya, davlat, jamiyat, inson qadri, Mamlakat Prezidenti I.A. Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” yuzasidan qilgan ma’ruzasida shunday degan edi: “Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo'nalishlaridan biri bu — qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda. Inson huquqlari yer yuzida hayotning to‘laqonliligini belgilaydi hamda millatlar madaniyatlarining ajralmas qismi, insoniyat ma’naviy-huquqiy ideallarining eng yuqori darajada ko‘rinishi bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham, hozirgi zamon dunyosining ma’naviy qadriyatlari orasida umume’tirof etilgan inson huquqlari eng muhim o‘rinlardan birini egallaydi. BMT Nizomi va xalqaro konvensiyalarda hamda dunyoning turli mamlakatlari konstitusiyalarida mustahkamlangan inson huquqlari fundamental va ajralmas huquqlar sifatida ongimizga singib bormoqda. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov mamlakatimizda inson huquqlarini ta'minlash sohasidagi ustuvor yo'nalishlarni ko'rsatib o'tmoqda. Xususan, Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu dastur eng avvalo huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda inson huquqlari bo'yicha https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 3 5 Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025 madaniyatni shakllantirish va shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borishga qaratilgan chora- tadbirlarni o‘zida mujassam etishi kerak. Insonning asosiy huquq va erkinliklarining ro‘yxati va mazmuni Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, mazkur hujjat odatda dunyoning vijdoni, insoniyat ma'naviyatining etaloni deb nomlanadi. BMT Nizomi kabi, mazkur tarixiy hujjatda haqiqat o'z tasdig‘ini topgan: barcha insonlar erkin va insoniy qadr-qimmat va asosiy, tabiiy huquqlarda teng tug‘iladilar. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodlaridan, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat’i nazar har bir insonning ehtiyojlarsiz va o‘z shaxsiy daxlsizligi uchun hadiksiramay yashash huquqi, so‘z va e’tiqod erkinligi, adolatli va butun dunyoda tinchlikga bo‘lgan huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilingandan keyingi o‘n yilliklarda BMT, XST, XMT, YuNESKO, Yevropa Kengashi, YeXHT va boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘plab muhim fundamental hujjatlarni qabul qildiki, ularda inson huquqlari sohasidagi ta’limni insonparvarlik g‘oyalari asosida qurish to‘g‘risidagi qoidalar rivojlantirildi. Xususan, 1974 yil 19 noyabr kuni YuNESKOning Bosh konferensiyasi tomonidan Xalqaro tushunish, hamkorlik va tinchlik ruhida tarbiyalash hamda inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmat ruhida tarbiyalash to‘g‘risidagi tavsiyanoma qabul qilindi. Bosh konferensiya YuNESKOning barcha a’zo-davlatlariga mazkur tavsiyanomani maktab ta’limi, oliy va maktabdan tashqari ta’lim uchun mas’ul bo‘lgan organlar, idoralar yoki muassasalar bilan bir qatorda, yoshlar va katta yoshdagilar orasida tarbiyaviy

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola, islomda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risidagi qonunlar, farmonlar, chora- tadbirlarning muhokamaviy qismiga asoslangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola, islomda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risidagi qonunlar, farmonlar, chora- tadbirlarning muhokamaviy qismiga asoslangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquq, kafolat, rag‘bat, davlat, jamiyat, Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, demokratiya, erkinlik, inson qadri
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники