Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISHQALANISH VA YEYILISH FANININING TEXNIKA SOHASIDA QO’LLANISH ISTIQBOLLARI
QO’LLANISH ISTIQBOLLARI · Eliyor Oblakulovich Norkulov
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Bu ilmiy maqolada tribologiyaning aviatsiya sohasida mexanizmlar samaradorligini oshirish, aviatsiya dvigatel qismlarining uzoq mudattli ishlashini ta’minlash va energiya sarfini kamaytirishda amaliy ahamiyatga egaligi haqida tribologiya va tribonika bir-biriga uzviy bog‘liqligi va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari, hamda jismlarning harakatdagi ishqalanish haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: tribonika, tribokimyo, tribofizika, tribologiya, tribotexnika, ishqalanish, yeyilish, yuza, dvigatel, moy, yuklama, tabiat, o‘zaro, adgezion, detal. Tribologiyada asosan ishqalanish va yeyilishning turlari, yeyilish qonuniyatlari, ishqalanuvchi juftlik matriallari, moylarni tanlash; matriallarning yeyilishga moylarning ta’siri; detallarning har hil sharoitlarda ishqalanish va yeyilishi; ishqalanish va moylash jarayonlari; ishqalanish va yeyilishiga har hil omillarning ta’siri; detallarning yeyilishga chidamiyligini oshirish usullari o’rganiladi. Tribonika tribologiyani amaliy jihatlarini o‘z ichiga oladi. Tribotexnika esa amaliy fan bo’lib, qattiq jismlarning bir-biriga nisbatan harakatlanganida ularning ta’sir ko‘rsatuvi, mashina va mexanizmlardagi ishqalanish, yeyilish va moylashga oid butun masalalar majmuini o‘z ichiga oladi.. Umuman olganda, tribotexnika o‘zaro tutashuvchi sirtlarning o‘zaro ta’sirlashish mexanikasini o‘rganadi.U energiyaning, impulsning tarqalishini, ishqalanishdagi mexanik o‘xshashlikni, revers ishqalanishni, gidrodinamika https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 8 Часть-43_ Том-1_ Май-2025 tenglamalari va boshqalarni ishqalanish, yeyilish hamda moylash masalalariga bog‘lab o‘rganadi. Keyingi yillarda tribotexnika tribokimyo, tribofizika sohalari ham rivojlanmoqda [1-6]. Tribokimyo-o‘zaro tutashuvchi sirtlarning kimyoviy aktiv muhit bilan tasirlashuvini o‘rganadi. U ishqalanishdagi yemirilish muommolarini, tanlama ko‘chirish (o‘tish) ning kimyoviy asoslarini va ishqalanishda metal va polimerlarning yoki moylash matriallarning parchalanishi tufayli ajralib chiqadigan kimyoviy aktiv moddalarining dettalar sirtiga tasirini tekshiradi. Tribofizika-o‘zaro tutashuvi sirtlarning harakatlangan vaqtdagi o‘zaro ta’sirlashuvi jihatlarini o‘rganadi. Ishqalanish tabiatini Aristotel tomonidan o‘rganilgan, har bir real jismning (bir tekisda) siljitishda u tashqi qarshilikka duchor bo‘ladi-ki, bu qarshilikning miqdori uning vazniga (og‘irligiga) bog‘ligi o’rnatildi. Keyinroq Leonarda da Vinchi ishqalanish sabablarini chuqurroq o‘rganib, o‘zining bu sohadagi ulkan hissasini qo‘shgan.U davrda olimlar va ixtirochilar o‘rtasida beto‘xtov dvigatel yasash to‘g‘risidagi tortishuvlar eng avjiga chiqqan vaqt edi. Shunda Leonarda da Vinchi beto‘xtov dvigatelni yasash mumkin emasligini ishqalanish (jarayoni) yo‘l qo‘ymasligini isbotlab berdi, va ishqalanish kuchi esa ishqalanish yuzalarining matrealiga; ishqalanish yuzalariga ishlov berishning sifatiga; ishqalanish koeffsienti yuk (nagruzka) ning qiymatiga to‘g‘ri prororsional ekanligini isbotlab bergan. Ishqalanish kuchi miqdorini kamaytirish uchun ishqalanish yuzalari orolig‘iga rolik yoki sharik qo‘yish kerakligini aniqlab keyinchalik rolikli va sharikli podshipniklarni ixtiro qildi, bu borada hozir kunda qo‘llanib kelinayotgan zamonoviy aviatsiya dvigatellarini oporalariga podshipniklarini misol keltirish mumkin. XVI asrning oxirilarida Galiley inersiya qonunini va massa tushunchasini mexanika faniga kiritdi, bu bilan mexanika fanining rivojlanishida katta hissasini qo’shadi. Galiley erkin jism (bo‘shliqda, ya’ni tashqi qarshiliksiz) o‘zgarmas kuch https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 9 Часть-43_ Том-1_ Май-2025 ta’sirida bir tekis harakat qilishini isbotlab berdi. Galiley harakatga qarshilikdan (inersiya tug‘diradigan harakatga qarshilikdan) tashqi muhit ta’siridan hosil bo‘ladigan qarshilikning (tashqi ishqalanish kuchi ta’sirida poyda bo‘ladigan qarshilikning) farqini aniqlab bergan edi. Franzus olimi Amonton 1699 yilga kelib birinchi bo‘lib ishqalanish kuchining yuklanishga chiziqli (lineynaya) bog‘likligini, ya’ni ishqalanish kuchi yuklamaga (yukka) to‘g‘ri proporsional ekanligini sharhladi: 𝐹 = 𝑓 ∗ 𝑁 (1) bu yerda 𝑓 − ishqalanish koeffitsient𝑖, 𝑁-yuza tekisligiga tushadigan yuklama (yuk). L.Eyler 1750 yilda ishqalanish jarayonida harakatsizlikdan nisbiy harakatga o‘tish davrida qarshilik sirpanishdagi qarshilikdan har vaqt ko‘p bo‘lishini isbotlagan bergan edi. Fransuz olimi Sharl Kulon sirpanishga qarshilik, dumalanib ishqalanishga qarshilik, siljishga qarshilik kabi ishqalanish turlarining asosiy tushinchalariga ta’rif berdi. Kulon har hil metallarning, minerallarning va har xil yog‘ochlarlarning sirpanib ishqalanishini o‘rganib, Amonton qonunini umulashtirdi. Bunda Kulon ishqalanish kuchining bir qismi yukga (nagruzkaga) bog‘lik emasligini yoki juda ham kam bog‘likligini ko‘rsatib berdi, ya’ni: 𝐹 = 𝑓 ∗ 𝑁 + 𝐴 (2) bunda 𝐴-ishqalanish va urinish yuzalarining ishqalanish kuchiga xos bir qismi. Shunday qilib, Kulon 1781 yilda birinchi bo‘lib ishqalanishning ko‘p om
Доказательный фрагмент
«Bu ilmiy maqolada tribologiyaning aviatsiya sohasida mexanizmlar samaradorligini oshirish, aviatsiya dvigatel qismlarining uzoq mudattli ishlashini ta’minlash va energiya sarfini kamaytirishda amaliy ahamiyatga egalig…»
Образец извлечения
Демо-превьюBu ilmiy maqolada tribologiyaning aviatsiya sohasida mexanizmlar samaradorligini oshirish, aviatsiya dvigatel qismlarining uzoq mudattli ishlashini ta’minlash va energiya sarfini kamaytirishda amaliy ahamiyatga egalig… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dvigatel, tribofizika, Kalit so‘zlar: tribonika, tribokimyo, tabiat, adgezion, moy, yeyilish, tribotexnika, yuklama, detal., tribologiya, yuza, o‘zaro, ishqalanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026