Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TUPROQ PROFILINING TUZILISHI VА MORFOLOGIK BELGILARINI O’RGANISH
BELGILARINI O’RGANISH · Qodirov Muxriddin Sayfiddin o’g’li · Qahramonova Sabrina Shuhrat qizi · Abdullayeva Madina Abduhakimovna · Bekmurodova Xulkar Uroq qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Formation of theoretical knowledge and practical skills in identifying and describing morphological features observed in a soil cross-section and assessing their impact on soil genesis, condition and fertility. Identification and description of the horizons that make up the soil profile and its study. Keywords. Morphological features in the soil, profile, cross-section, fertility, structure, junction, formation, horizons, helicase, alluvial. Kirish. Tuproq – biosferadagi eng muhim tabiiy resurslardan biri bo‘lib, unda o‘simliklar hayoti uchun zarur bo‘lgan suv, havo va oziq moddalarning zaxirasi jamlangan. Har bir tuproqning hosildorligi va ekologik barqarorligi uning morfologik tuzilishi bilan bevosita bog‘liq. Tuproq profilining tuzilishi va morfologik belgilarini o‘rganish tuproq hosil bo‘lish jarayonlarini, uning agroiqtisodiy, meliorativ va ekologik holatini baholashda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.[1.2.3] Tuproqning morfologik belgilari uning holati va rivojlanish tarixini ochib beruvchi muhim ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Ular asosida tuproq turlarini aniqlash, agrotexnik va meliorativ tadbirlarni rejalashtirish, shuningdek, ekologik monitoringni olib borish mumkin. [1.2.3] Bugungi kunda yer resurslaridan oqilona foydalanish, degradatsiyaga uchragan tuproqlarni rekultivatsiya qilish, hamda agrotexnik tadbirlarni ilmiy asoslashda tuproq profili va uning morfologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish nihoyatda dolzarb masalaga aylangan. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishlari va antropogen bosim kuchayib borayotgan bir sharoitda tuproq qatlamlarining fizikaviy va biologik holatini tushunish, ularni saqlash va yaxshilash bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqishda asosiy o‘rin egallaydi.Shu bois, ushbu mavzu bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlar nafaqat tuproqshunoslik fanining rivojlanishiga, balki qishloq xo‘jaligi, ekologiya va yer resurslaridan barqaror foydalanish sohalariga ham katta amaliy ahamiyatga ega. [1.2.3] https://scientific-jl.com/luch/ 4 5 1 Часть-43_ Том-1_ Май-2025 Tuproq tashqi belgilarni yig‘indisiga tuproq morfologiyasi deyiladi. Tuproqning tipik profili bo‘yicha morfologik belgilari bir xil bo‘lmaydi va tagida yotgan ona jins yotqiziqlaridan tubdan farq qiladi. Tuproqning barcha morfologik belgilariga qarab uning qaysi tip, tipcha va xilga kirishini taxminan aniqlash mumkin. Tuproqning asоsiy morfologik belgilari dala sharoitida 2-3 m chuqurlikda kesma qazilib, genetik qatlamlar bo‘yicha o‘rganiladi. [1.2.3] Tuproqning tik profili morfologik jixatdan bir-biridan farq qiluvchi turli qatlamlar bilan ta‘riflanadi. Tuproqlarning ko‘zga yaqqol tashlanib turgan qatlamlarining yig‘indisi va xususiyatlari ularning paydo bo‘lish va rivojlanish tarixini aks ettirganligi sababli V.V. Dokuchaev bularni tuproqning genetik qatlamlari deb atagan. [1.2.3] Tuproqning ustki qatlami chirindili akkumulyativ qatlam deyiladi. Chunki bu qatlamda organik qoldiqlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan chirindi moddalar va oziqaviy birikmalar to‘plangan bo‘ladi. [1.2.3] Agar yuqori qatlamlardan sizib o‘tuvchi suvlar shu qatlamdagi suvda eruvchan moddalarni yuvib ketsa, bunday hollarda bu qatlam chirindili elyuvial qatlam deyiladi. Bu qatlamning qalinligi turli tuproq tiplarida turlicha bo‘ladi. Agar bu qatlamning barcha qismini hossalari bir xil bo‘lsa A harfi bilan belgilanadi, o‘zgaruvchan bo‘lgan taqdirda esa uni A1, A2 va h.k. qatlamlarga ajratiladi. Haydaladigan joylarda bu qatlam xaydalma qatlam deb ataladi va «Axay» belgisi bilan belgilanadi. [1.2.3] «A» qatlamdan pastda oraliq qatlam joylashadi. Bu «B» harfi bilan belgilanadi. Agar bu qatlamda tuproq paydo bo‘lishi natijasida yuqoridagi qatlamlardan yuvilib tushgan suvda eruvchan moddalar yig‘ila borsa, buni «illyuvial» qatlam deyiladi. Bordiyu bu qatlamning qismlari ham bir-biridan farq qilsa u xolda B1, B2, B3 va h.k. qatlamchalarga ajratiladi[1.2.3]. https://scientific-jl.com/luch/ 4 5 2 Часть-43_ Том-1_ Май-2025 Botqoqlashgan tuproqlarda ko‘pincha temir (II)-oksidi birikmalari ta‘sirida ko‘kish yoki havo rang ko‘rinishdagi aloxida qatlam ham ajratiladi. Bu qatlam gleyli qatlam deyiladi va «G» harfi bilan belgilanadi. [1.2.3] «B» qatlamning tagida tuproq paydo bo‘lish jarayoniga uchramagan yoki kam o‘zgarishga uchragan tuproq tog‘ jinsi yotadi. Bu qatlam C harfi bilan belgilanadi. Tuproq profilining tuzilishiga tuproq va uning aloxida qatlamlarining qalinligi, rangi (tusi), mexanik tarkibi; strukturasi; qovushmasi, yangi yaralmasi va qo‘shilmasi kabilar kiradi. Buni o‘rganish uchun dala sharoitida tuproq kesmasi qo‘yiladi. [1.2.3] Tuproq morfologiyasini o’rganish metodlari Tuproq morfologiyasini o'rganish uchun bir qator metodlar mavjud bo'lib, ular tuproqning tashqi ko'rinishi, tuzilishi va boshqa xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi. Quyidagi asosiy metodlar keng qo'llaniladi: [1.2.3] 1.Tuproq kesmalarini o'rganish (profil tahlili): Tuproqning vertikal tuzilishini o'rganish uchun tuproq kesmalari olinadi. Bu usul orqali tuproqning qatlamlari (gori
Доказательный фрагмент
«Formation of theoretical knowledge and practical skills in identifying and describing morphological features observed in a soil cross-section and assessing their impact on soil genesis, condition and fertility.»
Образец извлечения
Демо-превьюFormation of theoretical knowledge and practical skills in identifying and describing morphological features observed in a soil cross-section and assessing their impact on soil genesis, condition and fertility. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Morphological features in the soil, profile, cross-section, fertility, yaralma, alluvial., profil, qovushma, junction, профиль, geliyli qatlam, соединение, structure, Ключевые слова. Морфологическая характеристика почвы, поперечный разрез, геликаза, helicase, ellyuvial., Keywords. Morphological features in the soil, горизонты, аллювиальный., unumdorlik, gorizontlar, kesma, horizons, Kalit so’zlar. Tuproqdagi morfologik belgilar, sturuktura, трещиноватость, структура, formation, плодородие
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024