К содержанию
РецензированоUZ2007

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISH TARIXI.

ETILISH TARIXI. · Ermatova Shaxzoda Toir qizi · O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining -moddasida davlat

Лучшие интеллектуальные исследования · 2007

Аннотация

ushbu maqolada hokimiyatlar bo’linishi tizimida sud hokimiyati, mustaqil O’zbekistonda sud hokimiyatining shakillanishi, O’zbekistonda sud hokimiyatining shakllanish jarayonidagi bosqichlarni, qozi- kalon, okrug, uchastka, viloyat sudlarini hamda Sud palatasini tashkil etilishini ko’rib chiqamiz. Kalit so’zlar: sud, hokimiyatlar bo’linish prinsipi, sud tizimi, qozi-kalon, shariat qonunlari, qozi-askari, uchastka qozi sudi, qozilar qurultoyi, chor sudlari, harbiy-sud komissiyalari, kelishtiruvchi sud, okrug sudlari, Sud palatasi, xalq sudi, Oliy sud. Bugungi kunga kelib, sud hokimiyati davlat hokimiyatining mustaqil hokimiyat tarmog’i ekanligi to‘g‘risidagi nuqtayi nazarni batamom shakllangan deb aytsa bo’ladi. Sho’rolar davrida, ayniqsa, uning dastlabki davrlarida bu g’oya rad etilgan. Sudning huquqni muhofaza etuvchi funksiyasi haqida deyarli gapirilmas edi, sudning qatag’onchilik funksiyasi asosiy o’rinni egallab, amalda sudlar davlat hokimiyatining bostirishga qaratilgan majburlov apparatlari sifatida namoyon bo’lgan.1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida davlat hokimiyatining mustaqil uch tarmoqqa - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 1 “Sud va huquqni muhofaza qilish organlar” darslik M. Rustamboyev, Ye. Nikiforova. Toshkent TDYU nashriyoti- 2007. https://scientific-jl.com/luch/ 4 7 4 Часть-43_ Том-1_ Май-2025 hokimiyatiga bo’linishi va ularning bir-biridan mustaqil ravishda faoliyat yuritishi mustahkamlab qo’yilgan. Ushbu moddada hokimiyatning har bir tarmog‘i (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud) mustaqil va o‘z vakolatlarini amalga oshirishda erkin hisoblanadi, hokimiyatning hech qaysi tarmog‘i hokimiyatning boshqa tarmog‘i vazifalarini o‘z zimmasiga yuklatishga haqli emasligi nazarda tutiladi.2 O‘zbekistonda sud hokimiyatining shakllanishi jarayonini shartli ravishda 5 bosqichga bo’lish mumkin: • 1-bosqich: Rossiyaga qo‘shib olinishidan oldin O‘zbekistonda (Turkistonda) sud hokimiyati; • 2-bosqich: Chor Rossiyasi davrida O‘zbekistonda sud hokimiyati; • 3-boqich: Oktabr revolyutsiyasidan so‘ng, ammo O‘zbekiston SSR tashkil etilishidan oldin O‘zbekistonning (Turkistonning) sud hokimiyati; • 4-bosqich: O‘zbekiston Respublikasi SSSR tarkibiga kirgan davridagi sud hokimiyati; • 5-bosqich: O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng sud hokimiyati. Birinchi bosqich – Rossiyaga qo‘shib olinishidan oldin O‘zbekistonda (Turkistonda) sud hokimiyati. Rossiyaga qo‘shib olinishdan oldin O‘rta Osiyo uchta feodal davlatlar o‘rtasida bo‘lingan edi: Qo‘qon va Xiva xonliklari hamda Buxoro amirligi. Xon va amir ularning hokimiyatlariga xavf tug‘diradigan xatti- harakatlar bo‘yicha jinoyat ishlarini ko‘rib, sud hokimiyatini amalga oshirishgan. Qozi-kalon (qozi-kuzzat), ya’ni oliy sudya “odil sudlovni” amalga oshirishda xon va amirning o‘ng qo‘li bo‘lgan. U bir vaqtning o‘zida ham diniy, ham sud hokimiyatini amalga oshirgan. Rasmiy hujjatlarda u “odil sudlov tayanchi (ustuni)” deb nomlangan. Shariat qonunlariga rioya etgan qozi sudlari hamda xalq urf-odat normalari bo‘yicha o‘z qarorlarini qabul qiladigan biy sudlari O‘zbekiston hududida deyarli 13 asr davomida o‘z faoliyatini amalga oshirgan. Qozi-kalon 2 30.04.2023-yildagi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi https://scientific-jl.com/luch/ 4 7 5 Часть-43_ Том-1_ Май-2025 xonlik, amirlikning barcha qozilariga rahbarlik qilgan. U yangi tayinlanayotgan qozilarning nomzodlarini xon, amirga tasdiqlash uchun taqdim etish, shuningdek, ularni attestatsiyadan o‘tkazish huquqiga ham ega bo‘lgan. Qozi-kalon murakkab jinoyat va fuqarolik ishlarini, shuningdek, xonlik, amirlikning poytaxti doirasida vujudga kelgan barcha ishlarni ko‘rgan. Joylarda sud hokimiyatini qozilar amalga oshirgan. Qozilar tomonidan ishlar og‘zaki va oshkora ko‘rilib, shariat yozma normalariga asosan hal qilingan, shariat bo‘yicha qozining qarori ustidan bek, xon yoki amirga shikoyat qilish mumkin bo‘lgan. tergov va prokuratura organlari yo‘q bo‘lganligi sababli, qozi jinoyat ishlarini o‘zi hech qanday dastlabki tergovsiz ko‘rib chiqardi. sud vazifalarini qozi-askari (harbiy sudya)harbiy xizmatchilar va bek huzuridagi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rgan. Ikkinchi bosqich – chor Rossiyasi davridagi O‘zbekistonda sud hokimiyati. 1865-yil 6-avgustdagi Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi vaqtincha nizom mahalliy sudning tuzilishiga daxldor bo‘lgan chor hukumatining birinchi hujjatidir. Mazkur nizomga muvofiq, qozi sudlari harbiy gubernatorlarga bo‘ysundirilgan. Qozi-kalon, qozi-askari mansablari yo‘q qilingan va ularning o‘rniga aholi tomonidan uch yilga saylanadigan yagona qozilar sudi joriy etilib, har bir qozi uchastkasining chegaralari belgilangan. Da’voning bahosi 100 rublgacha bo‘lgan fuqarolik ishlari uchastka qozi sudiga tegishli bo‘lgan, qolgan jinoyat va fuqarolik ishlari esa vaqti-vaqti bilan yig‘iladigan qozilar qurultoylarida ko‘rilgan. Qozilar qurultoyining hukmlari kollegial tartibda chiqarilganligi t

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada hokimiyatlar bo’linishi tizimida sud hokimiyati, mustaqil O’zbekistonda sud hokimiyatining shakillanishi, O’zbekistonda sud hokimiyatining shakllanish jarayonidagi bosqichlarni, qozi- kalon, okrug, ucha…»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada hokimiyatlar bo’linishi tizimida sud hokimiyati, mustaqil O’zbekistonda sud hokimiyatining shakillanishi, O’zbekistonda sud hokimiyatining shakllanish jarayonidagi bosqichlarni, qozi- kalon, okrug, ucha… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
qozi-askari, harbiy-sud komissiyalari, Oliy sud., Kalit so’zlar: sud, uchastka qozi sudi, sud tizimi, chor sudlari, qozilar qurultoyi, shariat qonunlari, qozi-kalon, okrug sudlari, kelishtiruvchi sud, Sud palatasi, hokimiyatlar bo’linish prinsipi, xalq sudi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники