Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA YURIDIK SHAXSLAR TOMONIDAN TOMONIDAN TO‘LANADIGAN RESURS SOLIQLARI MA’MURCHILIGI
Qudratov Bahodir G‘aybullayevich · O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
This article analyzes the administration of resource taxes paid by legal entities in the Republic of Uzbekistan. It highlights the measures taken to improve tax administration, ensure efficient resource use, and increase state budget revenues. The study reviews current legislation, tax rates, calculation mechanisms, as well as existing issues and possible solutions. The author also provides recommendations for establishing effective administrative practices in resource taxation. Keywords: resource taxes, legal entities, tax administration, tax rate, budget revenues. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyotining muhim omillaridan biri bu — davlat byudjetining barqaror va izchil daromad manbalarini shakllantirishdir. Ushbu jarayonda turli xil soliq turlarining, xususan, resurs soliqlarining tutgan o‘rni beqiyosdir. Resurs soliqlari tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan davlat byudjetiga to‘lanadigan majburiy to‘lov bo‘lib, bu soliq turi nafaqat iqtisodiy manfaatdorlikni, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tabiiy boyliklardan oqilona va samarali foydalanish, ularni muhofaza qilish, shuningdek, soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, resurs soliqlari ma’murchiligini takomillashtirish, ularni hisoblash va undirish tartibini https://scientific-jl.com/luch/ 4 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 soddalashtirish, shaffoflikni ta’minlash orqali davlat moliyaviy tizimining mustahkamlanishiga erishish mumkin. Mazkur maqolada yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan resurs soliqlarining joriy holati, soliq ma’murchiligining huquqiy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi. Adabiyotlar sharhi. Resurs soliqlari va ularning ma’murchiligi bo‘yicha ilmiy-nazariy hamda amaliy adabiyotlar tahlili ushbu soliq turining iqtisodiy tizimdagi o‘rnini chuqurroq anglash imkonini beradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosatini isloh qilishga oid ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar va ilmiy ishlanmalar e’lon qilinmoqda, bu esa mavzuning ilmiy-tadqiqot uchun dolzarbligini yana-da oshiradi. Soliq ma’murchiligi bo‘yicha xalqaro tajriba asosida yozilgan ishlarda (masalan, R.A. Musgrave va P.B. Musgrave'ning “Public Finance in Theory and Practice” asarida) soliq tizimining samaradorligi, shaffofligi, va davlat moliyaviy boshqaruviga ta’siri keng yoritilgan. Ularning yondashuvlarida resurslardan foydalanish uchun olinadigan soliqlar tabiiy resurslar cheklangan bo‘lgan mamlakatlar uchun byudjet daromadlarining muhim manbai sifatida ko‘rsatiladi. O‘zbekiston olimlari tomonidan yozilgan adabiyotlarda ham resurs soliqlari masalasiga e’tibor qaratilgan. Jumladan, A.X. Xolboev, A.M. Karimov va B.X. Yo‘ldoshev kabi iqtisodchilar O‘zbekistonda soliqqa tortish tizimi, resurslardan oqilona foydalanish va soliq yuki muammolarini chuqur tahlil qilganlar. Ularning fikriga ko‘ra, resurs soliqlari daromadlar manbai sifatida samarali bo‘lishi uchun soliq stavkalari optimal darajada bo‘lishi, soliq to‘lovchilar uchun tushunarli va shaffof hisob-kitob tizimi yo‘lga qo‘yilishi lozim. https://scientific-jl.com/luch/ 5 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 Resurs soliqlari bo‘yicha qonunchilik bazasi ham muhim adabiyotlar sirasiga kiradi. “Soliq kodeksi” (2020-yil tahriri)da resurs soliqlari alohida bobda bayon qilingan bo‘lib, soliq obyekti, soliq solish bazasi, stavkalar va to‘lash tartibi aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy axborotlari, hisobotlari va metodik qo‘llanmalari bu borada amaliy ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) va boshqa xalqaro moliyaviy institutlarning resurs soliqlari bo‘yicha hisobotlari va ko‘rsatmalari, xususan, tabiiy resurslar solig‘ining ma’murchiligi, kon konlaridan olinadigan daromadlar va soliqqa tortish mexanizmlari haqidagi tahliliy hujjatlar ham o‘zbek soliq tizimini isloh qilishda muhim manba hisoblanadi. Umuman olganda, mavjud adabiyotlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda resurs soliqlari bo‘yicha soliq ma’murchiligini takomillashtirish uchun xalqaro tajribani inobatga olgan holda zamonaviy raqamli boshqaruv uslublari, shaffof monitoring tizimlari va soliq intizomini kuchaytiruvchi mexanizmlarni joriy etish zarur. Tadqiqot metadologiyasi. Mazkur mavzuni yoritishda tahlil,induksiya,deduksiya,tizimli va kompleksli yondashuv usullaridan foydalanildi. Tahlil va natijalar muhokamasi. Resurs soliqlari O‘zbekiston iqtisodiyotida, ayniqsa, tabiiy resurslarga asoslangan tarmoqlar faoliyatida byudjet tushumlarini shakllantiruvchi muhim moliyaviy manba sifatida e’tirof etiladi. Mavjud holatni tahlil qilish orqali yuridik shaxslar tomonidan ushbu soliqlarning to‘lanish tartibi, soliq ma’murchiligi mexanizmlarining afzallik va kamchiliklari aniqlanishi mumkin. https://scientific-jl.com/luch/
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the administration of resource taxes paid by legal entities in the Republic of Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the administration of resource taxes paid by legal entities in the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- resource taxes, legal entities, tax administration, tax rate, budget, Ключевые слова: ресурсные налоги, налоговое администрирование, Kalit so‘zlar: resurs soliqlari, юридические лица, Keywords: resource taxes, soliq ma’murchiligi, yuridik shaxslar, налоговая ставка, budjet tushumlari., бюджетные поступления., budget revenues., soliq stavkasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024