К содержанию
РецензированоUZ2025

ISLOMDA ILM VA MA’RIFATNING O‘RNI

Marhaboyev Bobomurod SHuxrat o’gli · Ilmiy rahbar: Samatov Hurshid O`lmosjonovich

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Islom dini, o'zining chuqur ma’naviy va axloqiy o‘zgarishlar bilan birga, ilm va ma'rifatni inson hayotida markaziy o'rin tutadigan unsur sifatida belgilaydi. Qur'on va hadislar, Islomning dastlabki asarlaridan tortib, barcha asriy tafsirlar va fiqh ilmiga qadar ilmning o'rni va ahamiyati doimiy ravishda ta'kidlangan. Bu maqolada Islomda ilm va ma'rifatning o'rni, ularning insoniyat uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi, va ilm olishning ijtimoiy va ruhiy jihatlari haqida so'z boradi. Kalit so’zlar: Ilm, islom, ma’rifat, Qur’oni karim, hadis. Islom dini – bu nafaqat ibodat va axloqiy qadriyatlar tizimi, balki insonni komillikka yetaklovchi, ilm va tafakkurni yuksak qadrlovchi ilohiy yo‘l-yo‘riqdir. Dinning asosiy manbalari bo‘lgan Qur’oni karim va Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning hadislarida ilm olish, uni boshqalarga o‘rgatish va ilm bilan amal qilish haqida juda ko‘p oyat va rivoyatlar mavjud. Islomda ilk tushgan oyat — "Iqro’ bismi rabbikallaziy xalaq..." (O‘qi, seni yaratgan Rabbing nomi bilan) — insoniyatni bilim olish sari chorlagan buyuk da’vatdir. Bu haqiqat shundan dalolat beradiki, Islom ilmsizlikni zulmat, ilmni esa nur deb biladi.Ilm va ma’rifat Islomda faqat diniy bilimlar bilan cheklanmaydi. Dunyo ilmlarini, jumladan tabobat, fizika, matematika, falsafa, astronomiya kabi sohalarni o‘rganish ham savobli amallardan hisoblanadi. Musulmonlar tarixda o‘z davrining eng ilg‘or olimlari bo‘lgan. Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Al-Biruniy kabi buyuk siymolar ilm-fan https://scientific-jl.com/luch/ 8 8 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, Islom dini nafaqat axloqiy, balki ilmiy taraqqiyotning ham asoschisi bo‘lgan.Bugungi kunda ham zamonaviy dunyo oldida turgan ko‘plab muammolarni hal etishda Islomda targ‘ib etilgan ilm va ma’rifatga intilish, aql va tafakkur bilan yondashish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bu mavzuda Islomning ilmga bo‘lgan munosabati, bilimning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va musulmonlarning ilmiy merosini yoritib berish dolzarb vazifalardan biridir. Islomda ilm — nafaqat dunyoviy bilimlarni anglash, balki ruhiy va axloqiy tozalikni, haqiqiy baxtni topishni o'z ichiga olgan muhim qadriyatdir. Qur'on va hadisda ilm olish va o'rganishga bo'lgan alohida e'tibor bilan qaraladi. Qur'oni Karimda "ilm" va "ma'rifat" so'zlari ko'plab joylarda tilga olinadi. Ilmning ahamiyati, uning inson hayotidagi o'rni va unga bo'lgan talab, Qur'onda quyidagi oyatlarda o'z aksini topgan: "Allahtan qo'rqqanlar faqat olimlardir" (Fatr, 28)– Bu oyatda ilmli insonlarning jamiyatdagi o'rni, ularga nisbatan hurmat va e'tibor yuqoriligi ta'kidlanadi. Ilmli insonlar, Allohning buyukligiga nisbatan eng chuqur tushuncha va idrokka ega bo'lishadi, shuning uchun ular ilohiy haqiqatlarni anglashda boshqa insonlardan ustun keladilar. "Bilganlar va bilmaganlar teng bo'ladimi?" (Zumar, 9) – Bu oyat ilmning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Bilim, insonni dunyoda o'z yo'lini topishga yordam beradi va uning ma'naviy kamolotiga zamin yaratadi. Ma’lumki, har bir ishning ilmini bilish, uni oxiriga yetkazish va mukammal ado etishga asosiy omil bo’ladi. Mo’tabar manbalarda mashoyixlarimiz: «Ilmning afzali hol ilmini bilmokdir»,- deb ta’kidlaganlar. Bundan hamma ilmlarni o’rganish farz bo’lmasligini tushunish mumkin. Balki, hozir bajarilishi lozim bo’lgan amalning ilmini bilmog’i insonga buyuriladi.[8 .2- b].Hadislar ilm va ma'rifatni eng yuqori qadriyat sifatida ko'rsatadi. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ilm olishni barcha musulmonlarga buyurgan. https://scientific-jl.com/luch/ 8 9 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 Ularning bir nechtasi quyidagicha: "Ilmni olish har bir musulmon erkak va ayolning ustavidir." (Ibn Majah).Bu hadis ilm olishning ham erkak, ham ayol uchun majburiyat ekanligini bildiradi. Bu, Islomda ilmning genderga qarab ajratilmaganligi, har bir musulmonga ilm olish va ma'rifatga intilish huquqi berilganligini ko'rsatadi "Ilm uchun yo'lni izlagan inson uchun jannatga yo'l oson bo'ladi." (Muslim). Bu hadis ilmga intilishni va ilm olishdagi sa'y-harakatni rag'batlantiradi. Islomda ilm, nafaqat dunyoviy yaxshiliklarga, balki oxiratdagi yuksak mukofotlarga olib boradi. Islomda ilm faqatgina dunyoqarashni kengaytirish emas, balki insonni ma'naviy jihatdan tozalashga, axloqiy yuksalishga, jamiyatda adolat va tinchlikni ta'minlashga ham qaratilgan. Ilm olish orqali inson o'zini anglaydi, Allohga bo'lgan muhabbatini va qiyomatdagi mas'uliyatini chuqurroq tushunadi. Shuning uchun, ilm nafaqat dunyo manfaatlari uchun, balki insonning ruhiy qutulishi uchun ham zarur. Islomda ilmning eng oliy maqsadi – axloqiy yuksalishdir. Ilmli insonning vazifasi – o'z bilimlarini faqat o'z manfaatlari uchun emas, balki jamiyatning yaxshilanishi va adolatli muhitni yaratish uchun ham ishlatishdir. Payg'ambarimiz (s.a.v.) ilmning amaliy ahamiyatini ta'kidlab, uni faqat bilish bilan cheklanmasdan, amalda qo'llashni ham buyurgan. Hadislarda bilimli i

Доказательный фрагмент

«Islom dini, o'zining chuqur ma’naviy va axloqiy o‘zgarishlar bilan birga, ilm va ma'rifatni inson hayotida markaziy o'rin tutadigan unsur sifatida belgilaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Islom dini, o'zining chuqur ma’naviy va axloqiy o‘zgarishlar bilan birga, ilm va ma'rifatni inson hayotida markaziy o'rin tutadigan unsur sifatida belgilaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
islom, Kalit so’zlar: Ilm, hadis., Qur’oni karim, ma’rifat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники