К содержанию
РецензированоUZ2025

ISLOMIY TA’LIMOTDA OTA-ONAGA EHTIROM KO’RSATISH MASALASI

Sharifjonova Durdona · Ilmiy rahbar: Samadov Xurshid

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

This article explores the significance of honoring parents in Islamic teachings. Based on the verses of the Holy Qur’an and the sayings of Prophet Muhammad (peace be upon him), it analyzes the role of parents in the family and society, as well as the religious and ethical aspects of showing respect to them. The https://scientific-jl.com/luch/ 9 3 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 paper also discusses changes in attitudes toward parents in the modern era and offers ways to reinforce these values based on Islamic principles. Kalit so‘zlar: Islom, ota-ona, hurmat, Qur’on, hadis, oilaviy qadriyatlar, islomiy axloq, ota-onaning huquqlari. Ota-onaga hurmat ko‘rsatish, ularni e’zozlash va xizmat qilish nafaqat ijtimoiy odob-axloqning talabi, balki ilohiy buyruq sifatida Islom dinida muhim o‘rin egallaydi. Islom insonning Alloh bilan munosabatini mustahkamlash bilan bir qatorda, uning jamiyat va oiladagi o‘rnini ham tartibga soladi. Shunday o‘rinda eng avvalo, ota-onaga bo‘lgan munosabat alohida ta’kidlanadi. Alloh taolo Qur’onda bandalarini Uning yagonaligini tan olish bilan bir qatorda, ota-onaga yaxshilik qilishga buyurgan. Bu esa Islomda ota-onaga ehtirom ko‘rsatish naqadar muqaddas ekani va bu masala e’tiqod darajasiga ko‘tarilganini anglatadi. Ushbu maqolada ota-onaga ehtiromning diniy asoslari, tarixiy va axloqiy talqini hamda bugungi kundagi dolzarbligi tahlil etiladi. Qur’oni karimda bir necha oyatda Alloh taolo ota- onaga nisbatan yuksak hurmat ko‘rsatishni buyuradi. Xususan, Isro surasining 23- oyatida shunday deyilgan:“Parvardigoring faqat O‘ziga ibodat qilishni va ota- onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar ulardan biri yoki ikkalasi qarilik chog‘ida sening yoningda bo‘lsa, ularga hatto ‘uf’ demagin va ularni koyima, balki ularga go‘zal so‘z ayt.”Bu oyat ota-onaning holatidan qat’i nazar, ularga yumshoqlik, hurmat va mehr-muhabbat bilan muomala qilish farz ekanini ko‘rsatadi. Ayniqsa, qarilik chog‘ida ularga g‘amxo‘rlik qilish, ularni ranjitmaslik eng muhim vazifalardan sanaladi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hayotlari davomida ota-onaga ehtirom ko‘rsatishning eng chiroyli namunalarini berganlar. Ul zot:“Allohning roziligi ota-onaning roziligidadir, Allohning g‘azabi esa ota-onaning g‘azabidadir,” — deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).Bu hadis insonning Alloh bilan aloqasini bevosita ota-onaga bo‘lgan munosabat bilan https://scientific-jl.com/luch/ 9 4 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 bog‘laydi. Shuningdek, ota-onaning duo va roziligi farzandning dunyo va oxiratidagi najoti uchun asosiy omillardan biri hisoblanadi.> “Allohning roziligi ota-onaning roziligidadir, Allohning g‘azabi esa ota-onaning g‘azabidadir.”(Imom Termiziy, “Birr va Sila” kitobi, 3-bob, 1899-hadis). Islom tarixida ota-onaga hurmatning yuksak darajada namoyon bo‘lgan ko‘plab misollari mavjud. Masalan, tobeinlardan biri bo‘lgan Uvays al-Qarni onasiga bo‘lgan sadoqati sababli Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tomonidan alohida e’tirof etilgan. Uvays al-Qarni onasining roziligi tufayli hatto Payg‘ambarning sahobalariga ham duo qilish sharafiga muyassar bo‘lgan.Bu kabi misollar Islom tarixida ota-onaga bo‘lgan ehtirom nafaqat amaliy, balki ruhiy poklik va ma’naviy yuksalishning garovi sifatida qaralganini ko‘rsatadi.> “Kim ota-onasiga yaxshilik qilsa, Alloh unga rizqini keng qiladi va umrini uzun qiladi.” (Imom Ahmad, Musnad, 5/147). Bugungi kunda texnologik taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlar insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga, xususan, oila muhitiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayrim hollarda, ota-onaning jamiyatdagi nufuzi pasayib, farzandlar orasida ular bilan aloqalar zaiflashmoqda. Islomiy ta’limotlar esa bu jarayonga qarshi muvozanatli yondashuvni taklif etadi.Diniy qadriyatlarni targ‘ib qilish, yosh avlodga ota-onaga hurmat, sabr, vafodorlik kabi fazilatlarni o‘rgatish orqali oilaviy rishtalarni mustahkamlash mumkin. Bu esa jamiyat barqarorligining muhim omillaridan biridir. Islom dini oilaviy hayotni jamiyatning asosi deb biladi. Oila – inson tarbiyasining birinchi va eng muhim maskani, ota-ona esa farzand uchun ilk murabbiylardir. Qur’oni karim va sunnatga asoslangan ta’limotlarda ota-onaning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati alohida o‘rinda turadi. Tarbiyaning asosiy jihatlari – e’tiqod, axloq, muomala madaniyati, halollik, mehnatsevarlik va jamiyatga foydali shaxs bo‘lish kabi fazilatlarni shakllantirishdir.Qur’oni karimda https://scientific-jl.com/luch/ 9 5 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 Alloh taolo shunday deydi:> “Ey mo‘minlar! O‘zlaringizni va oilalaringizni do‘zax o‘tidan saqlang...(Tahrim surasi, 6-oyat). Bu oyat ota-onaning asosiy burchlaridan biri – farzandlariga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish, ularni ma’naviy va axloqiy jihatdan tarbiyalash kerakligini anglatadi. Ulamolar bu oyatni sharhlab, farzandga diniy bilim berish, halol-haromni o‘rgatish, axloqiy odoblarni singdirish ota-onaning zimmasidagi muqaddas vazifa ekanini ta’kidlaydilar. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) marhamat qiladilar:> “Farzandingizga yaxshi ism qo‘ying, ung

Доказательный фрагмент

«This article explores the significance of honoring parents in Islamic teachings.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the significance of honoring parents in Islamic teachings. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hurmat, islomiy axloq, ota-onaning huquqlari., ota-ona, oilaviy qadriyatlar, hadis, Qur’on, Kalit so‘zlar: Islom
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники