Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TELEFON O’YNASH BOLALARNING JISMONIY VA RUHIY DUNYOSIGA SALBIY TA’SIR KO’RSATADIMI?
Po’latova Saxovat Akbar qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 1983
Аннотация
Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar, xususan, mobil telefonlar bolalar hayotida o’zining sezilarli ta’sirini o’tkazayotganligi, telefon o’yinlariga berilish, ijtimoiy tarmoqlardan uzluksiz foydalanish bolalarning jismoniy salomatligiga, ruxiy holatiga, ijtimoiy munosabatlariga va o’quv faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatayotganligi, shu sababli ota-onalar, pedagoglar va psixologlardan bolalarga telefondan to’g’ri va me’yorida foydalanishni o’rgatish talab etilishi haqidagi ma’lumotlar yoritilgan. Kalit so’zlar: mobil telefon, ijtimoiy tarmoq, nomofobiya, elektromagnit, gadjetlar, psixologik, smartfon. Mobil telefon asosan ovozli aloqa vositasi b’lib, hozirgi vaqtda radioaloqa o’rnatishdagi eng keng tarqalgan vosita turidir. Mobil telefonlar 1983-yildan boshlab chiqarilmoqda. Olimlar uzoq vaqt olib borilgan tadqiqotlari orqali mobil telefonlarning elektromagnit nurlanishi bizga ayniqsa bolalarga qanday ta’sir qilishini aniqlashga harakat qilmoqdalar. Tadqiqot natijalari telefon nurlanishi butun tanamizga ta’sir qilishini ayniqsa, elektromagnit nurlanish ba’zi sabablarga ko’ra, immuniteti zaif bo’lgan odamlarga va bolalarga zararli ekanligini ko’rsatmoqda. Bugungi globallashuv jarayonida mobil telefonlardan keng miqyosda foydalanuvchilarning asosiy qismini yoshlar va bolalar tashkil qiladi. Aslida, mobil https://scientific-jl.com/luch/ 1 3 4 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 telefonlar bolalarimiz hayotida nechog’lik ahamiyat kasb etmoqda? Kun davomida undan qancha vaqt foydalanish kerak? Mutaxassislarning fikricha, uyali telefondan foydalanish me’yori bir martalik suhbat uchun uch daqiqa atrofida bo’lishi, o’n olti yoshga kirmaganlarning bir martalik suhbati ikki daqiqadan oshmasligi zarur. Suhbatlar orasidagi oraliq vaqt 20-25 daqiqa bo’lganda uyali telefonning salbiy ta’siri kamayadi. Ayniqsa bolalar bir sutkada 30 daqiqadan ortiq gaplashmasligi lozim. Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, bolalarning smartfon va planshetlardan foydalanishi ularda ruhiy hamda psixologik muammolarni keltirib chiqaradi. AQSHlik olimlarning ta’kidlashicha, mamlakatdagi 4 yoshgacha bo’lgan bolalarning 97 foizi, oilaviy daromadidan qat’i nazar, mobil telefonlardan foydalanadi. Uyqusizlik, semizlik, yakkalanib qolish, bosh miya shishi, ko’z saratoni, barmoqlarning shikastlanishi, muloqot qobilyatining pasayishi va o’rganishning cheklanishi telefon ona suti og’zidan ketmagan ikki yashar bolaga yetkazadigan zararning bir qismi, xolos. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi vaqtda 5-16 yoshdagi bolalar kuniga 3 soatdan 8 soatgacha vaqtini telefon qarshisida o’tqazishmoqda. Buning natijasida ularda telefonga qaramlik, undan ayrilib qolishdan qo’rquv hissi paydo bo’ladi. Respublika ko’z kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori Otabek Ikromovning so’zlariga ko’ra, XXI asr epidemiyasi deya ta’riflanuvchi bu kassallik ‘’nomofobiya’’ deyiladi. Mutaxassis SSV matbuot xizmatiga bu xususida batafsil ma’lumot berdi. Nomofobiya bolalar orasida eng ko’p tarqalgan psixologik kasalliklardan biriga aylanishga ulgurdi, - deydi O. Ikromov. – Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, mobil telefonlarga bo’lgan tobelik darajasi, ayniqsa, u kichik yoshdan shakllanib kelgan bo’lsa, hatto, narkoqaramlikdan ham kuchliroq bo’lishi mumkin ekan. Ayrim bolalar va o’smirlar uyqudan oldin, ba’zida esa uxlamasdan qorong’u xonada telefonga termulib, chiqadi. Bu – mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydigan holat! https://scientific-jl.com/luch/ 1 3 5 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 Mobil telefonlarning zarari bilan bir qatorda, ular taqdim qila oladigan imkoniyatlar bolalarga yangi bilim olishga yordam beradi, ularga o’qish jarayonida as qotadi. Muhimi, ularning salomatligiga putur yetishi va yot g’oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish uchun bolalar telefonlardan qancha vaqt va nima maqsadda foydalanayotganini nazorat qilish zarur, - deydi shifokor Otabek Ikromov. Ma’lumki mobil telefonlardan uzluksiz foydalanganda ko’zlar yoshlanib og’rishi, ko’rish tizimining pasayishi hattoki ko’z qorachig’ining kattarishi kabi jiddiy muammolarga olib keladi. Telefondan chiqib kelayotgan elektromagnit nurlarni qabul qilish orqali bolalarda ishtahasizlik, uyqusizlik, charchash hissi yuqori bo’ladi. Gadjetlardan chiqayotgan nur inson asab tizimi bilan bog’liq bo’lgan turli xil xastaliklarni keltirib chiqaradi. Kuniga 15 daqiqa mobil telefonda gaplashishning o’zi miyada saraton o’smasi hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Elektromagnit to’lqinlar ichki to’qimalarning ishlashiga sababchi bo’ladi. Mobil qurilma orqali miyya, eshitish, ko’rish emotsional barqarorlikni kamaytiradi, xotira pasayishi va boshqa yomon oqibatlarga olib keladi. Doimiy ravishda ekranga qarash ko’z shox pardasining qurib qolishiga olib keladi. Umirtqa pog’onasining https://scientific-jl.com/luch/ 1 3 6 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 noqulay o’sishi va bolalarning qisqa videolarni uzluksiz ko’rish orqali sabrsiz, jaxldor bo’lib qolishlarini ham ko’rishimiz mumkin. O’smirlar orasida tunda mobil telefondan uyq
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar, xususan, mobil telefonlar bolalar hayotida o’zining sezilarli ta’sirini o’tkazayotganligi, telefon o’yinlariga berilish, ijtimoiy tarmoqlardan uzluksiz foydalanis…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar, xususan, mobil telefonlar bolalar hayotida o’zining sezilarli ta’sirini o’tkazayotganligi, telefon o’yinlariga berilish, ijtimoiy tarmoqlardan uzluksiz foydalanis… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy tarmoq, psixologik, elektromagnit, Kalit so’zlar: mobil telefon, smartfon., nomofobiya, gadjetlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014