Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SANCHO PANSA – XALQ DONOLIGI VA HAQIQIY SODIQLIK TIMSOLI. (SERVANTESNING “ DON KIXOT” ASARI ASOSIDA)
Muborak O’rozova · Ilmiy rahbar:Xurriyat Xudoymurodova
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
In this article, the role and significance of Sancho Panza—a symbol of folk wisdom and practical thinking—in Cervantes' novel Don Quixote, which had a great influence on the formation of modern Western literature, are analyzed. The novel reflects Cervantes' realistic approach to reality and his promotion of humanistic ideals. Keywords:Cervantes, “Don Quixote” novel, folklore, chivalry, renaissance, adventurism and idealistic worldview. Ispaniyaga uyg’onish davri Servantesning “Don Kixot” dohiyona romani bilan kirib keldi. ”Don Kixot” romanining yaratilishi ispan madaniy hayotida juda katta voqea bo’ldi. Asarning muqaddimasida Servantes “ritsar romanlarini sidirg’asiga fosh https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 3 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 etish” va ularning “qulay deb turgan istehkomini ag’darish”ni asosiy g’oyaviy maqsad qilib oladi.1 Buning uchun muallif yashashni bilmaydigan, mavjud shart-sharoitni tan olishni istamaydigan telba qiyofadagi don Kixot obrazidan foydalanadi. Servantes romanida telba xayolparast bilan birga hushyor va ishchan Sancho Panso ham harakat qiladi. Ammo ikkalasi bir-birining qiyofasidir, ya’ni Don Kixot ritsarlikka aloqador bo’lmagan hamma narsalar haqida anchagina aqllilik va donishmandlik ko’rsatganidek, Sancho ham moddiylikdan tashqaridagi narsalarga nisbatan hushyorligi va farosatliligi bilan ajralib turadi. Idealistik dunyoqarash egasi hisoblangan Don Kixot ritsarlik romanlarining xayoliy dovdirashlariga qarshi turolmaganidek, mehnatkash dehqon Sancho ham osongina boylik orttirish kasaliga , ya’ni avantyurizmga duchor bo’ladi. Asarda ikkalasini birlashtirib turgan yagona narsa ham faqat shudir. Asar voqealaridan bilib boramizki, shon-shuhrat va ritsarlik jasoratlariga haddan ziyod berilib ketish Don Kixotning ko’zini ko’r, qulog’ini kar qilib qo’yadi. Biz buni dalaning o’rtasida qaqqayib turgan shamol tegirmonlarini Don Kixot devlar deb o’ylashi, yo’ldagi rohiblarni qirolichani o’g’irlab ketayotgan yovuz niyatli sehrgar deb, ularga hujum qilishi, karvonsaroyni sehrlangan qal’aga o’xshatishi, qo’ylar galasini lashkar deb, ularga nayza sanchishi, yarim tunda murda olib ketayotganlarni arvohga o’xshatishi, qamoqxonaga olib ketilayotgan jinoyatchilarni zo’rlanganlar deb hisoblab, ularni qo’yib yuborishi kabi jarayonlarda ko’rishimiz mumkin. Bularning hammasi ko’z qo’yaman deb, qosh chiqarishga o’xshaydi. Bular bilan Servantes real hayotdan orqada qolish nimalarga olib kelishini qattiq kinoya bilan ifodalaydi. Don Kixot aslida o’ta oliyjanob, haqiqat va adolatga jon-dilidan berilgan ajoyib kishi bo’lsa-da, qahramonliklari o’zi uchun ham, boshqalar uchun ham faqat ko’ngilsizlik olib keladi. E’tibor beradigan bo’lsak, Sancho obrazi ham asarda alohida ahamiyat kasb etgan. Sancho obrazisiz Don Kixot obrazi orqali ifodalanmoqchi bo’lgan g’oya 1 U.Hamdamov , A.Qosimov. Jahon adabiyoti.Toshkent – 2017.118b. https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 4 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 o’quvchilarga mukammal holda yetkazilishi mushkil bo’lib qoladi. Sancho har safar Don Kixotga yo’li noto’g’ri ekanligini uqtirmoqchi bo’ladi, ammo baribir Don Kixot o’z fikridan qaytmaydi. Natijada har ikkisi nafaqat odamlar oldida kalaka bo’ladi, balki jismoniy zarar ham ko’radi. Sancho obrazida odamgarchilik yuksak darajada aks ettirilgan. Negaki u Don Kixot bilan birga qilgan safari g’irt bema’nilik ekanini va oxiri yaxshilikka olib kelmasligini bilsa-da, lekin uni yolg’iz tashlab ketmaydi. Bunga sabab Sanchoning sadoqati , u o’z xo’jayiniga nisbatan chuqur sadoqat va do’stlik hissini saqlaydi. Uni yolg’iz qoldirishni istamay, hamisha yonida bo’ladi garchi xo’jayinining xatti-harakati unga zarar keltirsa-da. “...Agarda men dono, farosatli odam bo’lganimda o’z xo’jayinimni allaqachonlar tashlab ketgan bo’lardim. Ammo mening achchiq qismatim shunda: har qancha urinmayin uni tashlab ketolmayman, biz u bilan bir qishloqdanmiz, uning tuzini totdim, uni yaxshi ko’raman, xo’jayinim buni biladi, u menga o’z xo’tiklarini taqdim qildi, eng muhimi men sodiq odamman, shuning uchun bizni go’rgina ajrata oladi...” 2Sancho tilidan aytilgan ushbu gaplar fikrimizning naqadar to’g’ri ekanligini asoslab beradi.Ammo boshqa tomondan yana bir sabab bor. Bu - Sanchoning pulga, mol-dunyoga o’chligi. Xo’jayinining o’y-fikrlari ahmoqona ekanligini bilsa-da, xo’jayini va’da bergan orolga erishish tuyg’usi Don Kixotning mashhur bo’lib ketishishiga ishonishga Sanchoni majbur qiladi. Shu sababli ham Sancho xo’jayinidan uzoqlasholmaydi. Shuningdek, Sanchoda asar voqealari davomida yuksak salohiyat , donolik va hayotiy tajriba borligi ham ko’zga tashlanadi va Sancho o’sha davr xalq donishmandligining buyuk timsoli sifatida gavdalangan. Asarda u oddiy xalq vakili bo’lishiga qaramay xalq og’zaki ijodi hisoblanmish maqollardan atroflicha foydalanadi va hayotiy tajribaga asoslangan fikrlar bildiradi.Aslida maqol nima? “Maqol so’zi arab tilidan olingan bo’lib, “so’z” degan ma’noni bildiradi. Maqol ota-bobolarimizning uzoq yillar davomida ko’rgan-kechirgan
Доказательный фрагмент
«In this article, the role and significance of Sancho Panza—a symbol of folk wisdom and practical thinking—in Cervantes' novel Don Quixote, which had a great influence on the formation of modern Western literature, are…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the role and significance of Sancho Panza—a symbol of folk wisdom and practical thinking—in Cervantes' novel Don Quixote, which had a great influence on the formation of modern Western literature, are… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Cervantes, “Don Quixote” novel, folklore, chivalry, renaissance, avantyurizm va idealistik dunyoqarash., xalq og’zaki ijodi, Kalit so’zlar: Servantes, “Don Kixot” romani, adventurism and idealistic worldview., Keywords:Cervantes, ritsarlik, uyg’onish davri
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024