К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANGʻICH TAʼLIM TABIIY FANLARIDA EKSKURSIYA DARSLARI

Xushboqova Shahlo (Shahrisabz davlat pedagogika instituti pedogogika fakulteti boshlangʻich) · Bozorova Nozima (Shahrisabz davlat pedagogika instituti pedogogika fakulteti boshlangʻich)

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Bu maqolada boshlanǵich sinf óquvchilarini intilishlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ekskursiyalarni toǵri tashkil etish usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit sózlar: ekskursiya, maktab, tabiat, obiekt, kórgazmali material, Boshlanǵich sinflarda tabiat qóyniga ekskursiyalarni tashkil etishning turlari nihoyatta kóp. Tabiatshunoslik fanini o‘qitishda ekskursiyaning ahamiyati katta. Ularsiz ushbu fanni o'rganishni samarali olib borish mumkin emas. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ekskursiyalar davomiyligiga ko’ra, bir soatlik, birkunlik va ko’p kunlik bo’lishi mumkin.Bir soatga mo’ljallangan ekskursiya – geografiya maydonchasida yoki o’quv tajriba yer maydonchasida o’tkaziladi.Bir kunga mo’ljallangan ekskursiyani – tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, fermer xo’jaliklariga, hayvonot yoki botanika bog’iga tashkil etish mumkin. Ekskursiya insonning dunyoqarashini kengaytirish usulidir. Ushbu tadbirda ishtirok etishdan maqsad ma'lum bir mavzu, joy yoki voqea haqida bilim olishdir. Ekskursiya faoliyati tushunchasining kengligidan kelib chiqqan holda, ekskursiyaning ko'plab turlari mavjud bo'lib hisoblanadi. Ekskursiya ózi nima degan savolga tóxtalib ótaylik. "Ekskursiya" so'zi lotin tilidan kelib chiqqan bo'lib, yurish yoki sayohat degan ma'noni ifodalaydi. Bu tushuncha individual yurish yoki sayohatni anglatadi diqqatga sazavor joylar, ilmiy, ta'lim yoki kóngilochar nuqtai nazardan qiziqish. https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 2 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 Ekskursiyada uchta element ishtirok etadi va ekskursiya ob'ekti (yoki predmeti).Ekskursiya ob'ekti tarixiy, madaniy, estetik yoki ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan ob'iekt yoki hodisadir. Diqqatga sazovor joyga tashrif gid tomonidan nazorat qilinadi. Ob'iektni ko'zdan kechirishda ekskursiya turiga qarab bir yoki bir necha ekskursionist ishtirok etadi.Ekskursiyani o'tkazish maqsadi uning yo'nalishini belgilaydi. Ko'pincha sayohat qiziqarli bo'ladi. Bunday sayohatlar ajralmas qism hisoblanadi.Aks holda ekskursiya tarbiyaviy hodisaga aylanadi.Ekskursiyaning muhim farqlovchi xususiyati ob'iekt haqida fikr yuritish va u haqida ma'lumot olish imkoniyatini yaratadilar. Tafakkursiz ekskursiya ma'ruzaga, informacion jihati bo'lmasa, ekskursiya tekshiruvga aylanadi. Ekskursiya turlari Boshlang'ich sinflarda tabiiy fanlar bo'yicha ekskursiyalarni quyidagi turlarga bo'lish mumkin: • Botanika ekskursiyalari: O'simliklar dunyosini o'rganish (bog', xiyobon, o'rmon). • Zoologiya ekskursiyalari: Hayvonot dunyosini o'rganish (hayvonot bog'i, fermer xo'jaligi). • Geografiya ekskursiyalari: Yer yuzasi shakllarini va tabiiy hodisalarni o'rganish (daryo, ko'l, tog'). • Ekologiya ekskursiyalari: Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini o'rganish (chiqindilarni qayta ishlash zavodi, suv tozalash inshooti). • O'lkashunoslik ekskursiyalari: Mahalliy tabiatni o'rganish (o'lka muzeyi, tabiat qo'riqxonasi). Ekskursiya materiallari 3 turga bo‘linadi: – ekskursiya marshrutidagi haqiqiy ekskursiya ob’yektlari; https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 3 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 – qo‘shimcha illyustrativ materiallar (gidportfelidagi ko‘rgazmali materiallar); – so‘zli-obrazli material gid mahoratiga bog‘liq bo‘lib, voqealarni yorqin tushuntirib berish evaziga erishiladi. Ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilarining vatanparvarlik ruhida tarbiyalash har doim maktabning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib kelgan, chunki bolalik va yoshlik Vatanga muhabbatning muqaddas tuyg'usini singdirish uchun eng qulay davrdir. Vatanparvarlik tarbiyasi deganda o‘quvchilarda o‘z vataniga muhabbat hissini bosqichmabosqich va barqaror shakllantirish tushuniladi. Vatanparvarlik har tomonlama rivojlangan shaxsning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Maktab o‘quvchilarida o‘z Vatani, o‘z xalqi bilan faxrlanish, uning erishgan ulkan yutuqlari, o‘tmishning munosib sahifalariga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish zarur.Ekskursiya turizmi o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiruvchi, ularni mustaqil ijodiy faoliyatga undaydigan, tashabbuskorlikni tarbiyalovchi, o‘z-o‘zini tarbiyalash ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi samarali vositadir. Tashqi dunyoga yo'naltirilganlik, atrofdagi dunyoni amaliy bilish boshlang'ich maktab yoshidagi bolalarda qiziquvchanlik kabi sifat xususiyatlarini shakllantirishga yordam beradi deya bemalol ayta olamiz. Har bir ekskursiya samaradorligi nafaqat tanlangan ob`iekt, gid bilimiga, balkim ekskursiyani olib borish texnikasiga ham bog`liq. Ekskursiya jarayonidagi tartib, materiallarni qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar aynan texnikaga bog`liq. Ekskursiyada jarayonida uni olib borish texnikasi gid professional ustaligining va uning qanchalik kóp tajribaga egaligi ,ayniqsa, bolalar bilan birga ishlashish mahorati qanchalik boy ekanligi asosiy qismi bo`lib, uning ekskursiya guruhini boshqarishdagi rahbarlik mahorati ana shu jihatlari bilan amalda sinaladi.Ekskursiyani olib borish texnikasiga quyidagilar kiradi: •gidni guruh bilan tanishishi; •sayyohlarning avtobusdan

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada boshlanǵich sinf óquvchilarini intilishlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ekskursiyalarni toǵri tashkil etish usullari haqida ma’lumotlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada boshlanǵich sinf óquvchilarini intilishlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ekskursiyalarni toǵri tashkil etish usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktab, tabiat, obiekt, Kalit sózlar: ekskursiya, kórgazmali material
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники