Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM TIZIMIDA UZLUKSIZLIK VA UZVIYLIK TAMOYILI HAMDA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Eshbekova Dilafro‘z To‘ychiyevna · Akmanova Sayyora Alimbayevna
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ta’lim tizimida uzluksizlik va uzviylik tamoyillari, uning o’ziga xos xususiyatlari haqida so’z boradi. Ta’lim tizimidagi bu tamoyillar, uning jihatlari, mamlakatimizdagi ta’lim tizimining xususiyatlariga solishtirilgan holda, mavjud adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi. Kalit so’zlar: ta’lim tizimi, uzluksizlik va uzviylik tamoyili, “Ta’lim to’g’risidagi” qonunlar, ta’lim tizimining ahamiyati, B.G.Ananyev, Sh.I.Ganelin, uzviylik tushunchasi, uzluksiz ta’lim tizimi. Taʼlim tizimi odatda, barcha muassasalarning tuzilishini va mamlakatda taʼlim olish imkoniyatlarini anglatadi. U oilaviy taʼlim yoki maktabgacha taʼlimdan tortib, bolalar bogʻchasi, boshlangʻich, oʻrta va soʻngra litseylar, kollejlar va Oliy taʼlim (Institut va Universitet taʼlimi) deb nomlanuvchi fakultetlargacha boʻlgan barcha maktabgacha taʼlim sohalarini oʻz ichiga oladi. Ushbu turkumga doimiy kasbiy va shaxsiy taʼlim muassasalari, shuningdek, xususiy taʼlim muassasalari ham kiradi. Taʼlim tizimi asosan mamlakatning tegishli qonunlariga muvofiq ravishda tartibga solinadi va tashkil etiladi, ammo mamlakat taʼlim tizimida tartibga solinmagan baʼzi jihatlari ham boʻlishi mumkin. Odatda, taʼlim tizimi mamlakat https://scientific-jl.com/luch/ 4 6 8 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 jamiyatining barcha qatlamlari va va asosan xalq uchun taʼlim berishga moʻljallangan. U aholini oʻqitish bilan bogʻliq barcha sohalarni oʻz ichiga oladi[2]. Ta’lim sohasi mamlakat taraqqiyotining strategik yo’nalishi hisoblanadi. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining 1992-yil va 1997-yillarda qabul “Ta’lim to’g’risidagi” qonunlari sohaga bo’lgan e’tiborning qay darajada ahamiyatli ekanligini belgilaydi Qonunda maktabgacha ta’limdan boshlab, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’limning uzviyligini, mazmun jihatdan ketma-ketligini ta‘minlashga alohida ahamiyat berilgan[5]. Shu nuqatayi nazardan bir narsaga e’tibor qaratsak, Ta’lim dasturlarini mazmunan uzluksiz va uzviylik tamoyili asosida tayyorlashga erisha olsakkina, mutaxassis kadrlar tayyorlashda ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qiladigan pedagogik tizimni joriy eta olishimiz mumkin. Mavjud adabiyotlar tahlili va ma’lumotlariga asoslanib aytish mumkinki, ta’limda uzviylik ikki xil turda qo’llaniladi. Ular quyidagilar: Birinchidan, ta’lim turlari (bo’g’inlari) orasidagi uzviylik. Bunda ta’limning keyingi turi mazmuni avvalgisini qisman takrorlab, mazmun jihatidan uzviy bog'langan holda uning keyingi ta’lim turlarida davom etadi. Ikkinchidan, o’quv fanlari orasidagi uzviylik. Bu odatda fanlararo yoki predmetlararo bog‘lanish orqali amalga oshiriladi. Uzviylik tushunchasi uzluksiz ta’lim tizimining har bir turida o’quvchilar bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablarni xarakterlaydi. Uzviylik o’quv materialining muayyan ketma-ketlikda, tizimli joylashtirilishi, bilimlarni o’zlashtirishda mavjud bilimlarga tayanish, o’quv materialining ma‘lum darajada navbatdagi bosqichlarda qo’llanilishi, o’quv-tarbiya jarayoni bosqichlarining davomiyligini anglatadi[8]. Mazkur hodisa o’quv predmeti materiallarini joylashtirish hamda ushbu predmet (fan) asoslarini o’zlashtirish faoliyati turlarining samarali tanlanishiga yordam beradi. https://scientific-jl.com/luch/ 4 6 9 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 Pedagogika sohasiga oid adabiyotlarda uzviylik tushunchasiga turlicha ta‘riflar berilgan. Masalan, B.G.Ananyev «uzviylik» tushunchasiga quyidagicha ta‘rif beradi: «Ta’limdagi uzviylik o’quvchilar fan asoslarini egallash jarayonida olgan bilimlar tizimining vaqt nuqtai nazaridan rivojlanishidir». Sh.I.Ganelin fikricha, «...uzviylik - bu o’quvchilar tomonidan o’rganilayotgan o’quv materiali uchun tayanch bo’luvchi mavjud bilim, ko’nikma va malakalarning amalda shunday qo’llanilishi va istiqbol rivojlanishidirki, ular asosida bilimlar o’rtasida turli aloqalar yuzaga keladi, kursning asosiy g’oyalari ochiladi, eski va yangi bilimlarning o’zaro aloqadorligi ta‘minlanadi, natijada o’quvchilarda puxta va chuqur bilimlar tizimi shakllanadi»[3]. Oʼtmishdagi aksariyat buyuk pedagoglar, jumladan Ya.А.Komenskiy, J.Lokk, I.G.Pestalotstsi, А.Disterveg, I.F.Gerbert, O.Vilman, K.D.Ushinskiy va boshqalar fanlararo, kurslararo va fan ichidagi oʼzaro aloqalarni oʼrnatish zarurligi masalasiga jiddiy eʼtibor berib, bu muammoni toʼgʼri hal etilishi puxta va sistemalashgan bilim asoslarinishakllantirish omili hisoblaganlar. Chunki, tarixiy bosqichlarda toʼplangan bilimlarni oʼziga xos ravishda jamlagan falsafa fanidan keyinchalik, xususan Uygʼonish davrida, insoniyat bilimlarining gurkirab rivojlanishi sharoitida mustaqil fan tarmoqlari ajralib chiqa boshlagan. Natijada, fanlarni tabaqalashtirish jarayoni boshlanib, bu oʼz navbatida maktab predmetlari orasidagi tabiiy, dialektik aloqalarni ham buza boshladi. Bu esa tabiatdagi narsa va hodisalarning oʼzaro bogʼliqligi va oʼzaro munosabatlari (butun borliq muvozanatdan, yaʼni oʼzar
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta’lim tizimida uzluksizlik va uzviylik tamoyillari, uning o’ziga xos xususiyatlari haqida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta’lim tizimida uzluksizlik va uzviylik tamoyillari, uning o’ziga xos xususiyatlari haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- B.G.Ananyev, “Ta’lim to’g’risidagi” qonunlar, uzluksizlik va uzviylik tamoyili, Kalit so’zlar: ta’lim tizimi, uzluksiz ta’lim tizimi., uzviylik tushunchasi, Sh.I.Ganelin, ta’lim tizimining ahamiyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026