К содержанию
РецензированоUZ1978

EVFEMIZM TUSHUNCHASI, TA’RIFLARI VA ULARDAN FOYDALANISH TAMOYILLARI

FOYDALANISH TAMOYILLARI · Asqarova Surayyo Baxrom qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 1978

Аннотация

Ushbu maqolada evfemizm tushunchasi, uning ta’riflari va ulardan foydalanish tamoyillari chuqur tahlil qilinadi. Matnda evfemizm – bu muloqotda qo‘pol, noqulay yoki ijtimoiy-axloqiy jihatdan nomaqbul bo‘lgan so‘z yoki iboralarning o‘rnini bosuvchi, yumshoq va neytral hissiy ma’noga ega ifoda sifatida tushuntiriladi. Maqolada S.I. Ojegov, LÉS, CIDE, NOTE kabi lug‘at va ilmiy manbalarga murojaat qilib, evfemizmlarning ta’rifiy, stilistik va madaniy jihatlarini o‘rganildi. Shuningdek, maqolada evfemizmlarning lingvistik kontekstdagi o‘rnini, ularning tarixiy rivojlanishi va ijtimoiy munosabatlardagi ahamiyatini ochib beradi. Kalit so‘zlar: evfemizm, disfemizm, tabu, evfemizatsiya, stilistik trop, ijtimoiy axloqiy norma, tilshunoslik. Evfemizmning ta'rifi va qo‘llanilishi. “Evfemizm” atamasi (yunoncha ‘eu’ – ‘yaxshi’, ‘phemi’ – ‘gapiraman’) ko‘p asrlar davomida yoqimsiz yoki qo‘pol ifodani yumshatish vazifasini bajaruvchi stilistik tropni belgilash uchun ishlatilgan. S.I. Ojegovning “Rus tili lug‘ati”da evfemizm quyidagicha ta’riflangan: “Muayyan vaziyat uchun noqulay yoki qo‘pol, odobsiz so‘z yoki iboraning o‘rnini bosuvchi so‘z yoki ifoda, masalan, “aqlsiz” o‘rniga “ahmoq””[Ojegov 1978:831]. “Lug‘aviy-ensiklopedik lug‘at” mualliflari evfemizmlarni “...gapiruvchiga odobsiz, qo‘pol yoki nojo‘ya tuyuladigan so‘z yoki iboralarning o‘rniga ishlatiladigan neytral hissiy ma’noga ega so‘z yoki iboralar” deb ta’riflashadi. Ushbu lug‘atda, shuningdek, “disfemizm” atamasiga ham ta’rif berilgan bo‘lib, u “hissiy va stilistik jihatdan neytral so‘zning yanada qo‘pol, mensimagan yoki salbiy ohangdagi so‘z bilan almashtirilishi” deb tushuntiriladi [LÉS 1990:590]. Shunga https://scientific-jl.com/luch/ 4 7 7 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 o‘xshash ta’riflar ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda tuzilgan zamonaviy lug‘atlarda ham uchraydi. Masalan, “Cambridge International Dictionary of English” da evfemizm quyidagicha izohlangan: “(the use of) a word or phrase used to avoid saying another word or phrase that is more forceful and honest but also more unpleasant or offensive” (So‘z yoki iboraning boshqa yanada kuchliroq, to‘g‘riroq, ammo ayni paytda yoqimsizroq yoki haqoratliroq so‘z yoki ibora o‘rniga ishlatilishi – bizning tarjimamiz) [CIDE 2001:471]. “New Oxford Thesaurus of English” da esa evfemizm quyidagicha ta’riflangan: “Polite term, substitute, mild alternative, indirect term, understatement, underplaying, softening, politeness, genteelism, coy term” (Vazmin so‘z, almashtiruvchi ibora, yumshoqroq muqobil, bilvosita ifoda, kamaytirib ko‘rsatish, yumshatish, xushmuomalalik, nazokatlilik, tortinchoq ibora – bizning tarjimamiz) [NOTE 2000:322]. Shunday qilib, evfemizm umumiy ma’noda qo‘pol yoki ma’lum sababga ko‘ra nomaqbul so‘z yoki iboraning o‘rnini bosuvchi yumshoq yoki niqoblangan konnotatsiyaga ega so‘z yoki ibora sifatida tushuniladi. Evfemizatsiya jarayoni va tabu. Diakronik nuqtayi nazardan, ba’zi tilshunoslar evfemizatsiya hodisasini tabu tushunchasi bilan bog‘lashadi. Ilk odamlar uchun tabu g‘ayritabiiy kuchlardan himoya shakli sifatida mavjud bo‘lgan. A.M. Katsev ta’kidlaganidek: “Qadimgi davrlarda so‘zlarga qo‘yilgan turli tabular predmetlar va harakatlarga qo‘yilgan taqiqlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, umumiy diniy cheklovlar tizimiga kirgan. Olimlar tabuning paydo bo‘lishini insoniyat jamiyatining ilk bosqichlariga, monoteistik dinlarning vujudga kelishidan avvalgi davrlarga oid deb hisoblaydilar”[Katsev 1988:10]. A.A.Reformatskiy fikricha, o‘lim, kasallik nomlari, xudolar va ruhlarning ismlari, shuningdek, ayrim hayvonlarning nomlari tabu qilingan. Buning sababi, o‘sha davr kishilarining ushbu «narsalar» bilan ularni belgilovchi so‘zlarni tenglashtirishidir [Reformatskiy 1998]. Biroq, madaniyati rivojlangan jamiyatlarda https://scientific-jl.com/luch/ 4 7 8 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 evfemizm tabuga aloqador emas, balki ijtimoiy me’yorlar, axloqiy odob va etikaga asoslanadi. Har bir til jamoasi odobsiz deb hisoblanadigan tushunchalarga ega, masalan, o‘lim, jinsiy munosabatlar, fiziologik jarayonlar va hokazo. Shu bilan birga, muloqot ehtiyojlari tufayli ushbu tushunchalardan foydalanish zarurati paydo bo‘ladi. Bunday hollarda, qo‘pol yoki haqoratli so‘zlar ularga muqobil, yumshoqroq ifodalar bilan almashtiriladi. Agar bunday foydalanish odatiy holga aylansa, evfemizm yuzaga keladi. Senzura va evfemizm. Senzura taqiqlari (masalan, harbiy yoki diplomatik sir saqlash) ham evfemizatsiyaning sabablaridan biri bo‘lishi mumkin [Reformatskiy 1998]. Vaqt o‘tishi bilan, o‘rnini bosuvchi so‘zning o‘zi ham “nojo‘ya” tushuncha ta’sirida tabu tusiga kirib, yangi, “yaxshiroq” til birliklari bilan almashtirilishi mumkin. Bunga professor A. Yuckerning “History of English and English Historical Linguistics” (Ingliz tilining tarixi va tarixiy lingvistika) monografiyasida keltirilgan quyidagi misolni ko‘rsatish mumkin: “Lavatory” so‘zi dastlab yuvinish idishini anglatar edi. XX asrga kelib, bu atama rakovina bilan jihozlangan, bi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada evfemizm tushunchasi, uning ta’riflari va ulardan foydalanish tamoyillari chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada evfemizm tushunchasi, uning ta’riflari va ulardan foydalanish tamoyillari chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
evfemizatsiya, Kalit so‘zlar: evfemizm, ijtimoiy axloqiy norma, tilshunoslik., disfemizm, stilistik trop, tabu
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники