Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OTA-ONA VA BOLA O’RTASIDAGI PSIXOLOGIK YONDASHUV.
Qulmurodova Ruxshona.
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
This article discusses the psychological relationship between parents and children, the impact of communication between them on the development of the child, the importance of parenting styles and trusting relationships. The negative consequences of incorrect approaches are also analyzed. The article provides useful recommendations for parents, based on modern psychological theories. Keywords: Family, child psychology, upbringing, parents, trust, communication, emotional attachment, psychological development. Аннотация: В статье рассматриваются психологические отношения между родителями и детьми, влияние общения между ними на развитие ребенка, стили воспитания и важность доверительных отношений. Также анализируются негативные последствия неправильных подходов. В статье даны полезные рекомендации для родителей, основанные на современных психологических теориях. https://scientific-jl.com/luch/ 4 9 0 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 Ключевые слова: Семья, детская психология, воспитание, родители, доверие, общение, эмоциональная связь, психологическое развитие. Oila — insonning birinchi va asosiy ijtimoiy muhitidir. Aynan oilada shaxs sifatida shakllanish, xarakter va axloqning poydevori yaratiladi. Bu jarayonda ota- ona va bola o‘rtasidagi psixologik munosabat muhim rol o‘ynaydi. Bola o‘zini qanday tutishi, jamiyatga moslasha olishi, o‘zini qadrlashi ota-onasining unga bo‘lgan munosabatiga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ota-onalarning farzandlariga nisbatan psixologik yondashuvi ularning shaxsiy va ruhiy rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Ota-ona va bola o‘rtasidagi yaqin, ishonchli va mehrli munosabat bolada o‘ziga bo‘lgan ishonch, xavfsizlik hissi va ijtimoiy qobiliyatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Mashhur psixolog J. Bowlby nazariyasiga ko‘ra, chaqaloqning dastlabki yillarda onaga nisbatan shakllantiradigan emotsional bog‘liqligi uning butun hayoti davomida o‘zgarishsiz qoladigan psixologik tamoyillarni belgilaydi. Ko‘pgina psixologlar, jumladan K. Rogers, samarali muloqot — bu bolaning fikrini qadrlash, uni diqqat bilan tinglash, his-tuyg‘ularini e’tiborga olish deb ta’kidlaydi. Ota-onaning bolani tinglashi, u bilan ochiq suhbatlar olib borishi — ishonchli munosabatlarning garovidir. Aks holda, bola ichki dunyosini yopib, yolg‘izlikni his eta boshlaydi. Tarbiya uslublari psixologik jihatdan to‘rtta asosiy turga bo‘linadi: avtoritar, demokratik, beparvo va ruxsat beruvchi. Eng maqbul uslub — demokratik yondashuv bo‘lib, unda ota-ona bolaga sevgi bilan qaraydi, bir vaqtning o‘zida unga chegaralar va mas’uliyatni o‘rgatadi. Avtoritar tarbiya esa bolaning mustaqil fikrlashini cheklab, qo‘rquv asosida rivojlanishga olib keladi. Bugungi kunda ota-onalarning bandligi, telefon va internetga qaramlik kabi omillar ota-ona va bola o‘rtasidagi muloqotni kamaytirmoqda. Bu esa hissiy uzoqlik, tushunmovchilik va hatto psixologik travmalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ota-onalar bolalariga sifatli vaqt ajratishlari, ularning ichki dunyosini tushunishga harakat qilishlari zarur. Ota-ona va bola o‘rtasidagi emotsional aloqa bolaning ruhiy holati, ijtimoiy moslashuvi va https://scientific-jl.com/luch/ 4 9 1 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 shaxsiy rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Bu munosabatlar bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, boshqalar bilan bo‘lgan aloqasi va qaror qabul qilishdagi mustaqilligini belgilab beradi. Psixologlar fikricha, hayotning ilk bosqichlarida shakllangan ishonchli munosabatlar bolaning keyingi hayotidagi barcha munosabatlariga zamin yaratadi. J. Bowlby tomonidan ishlab chiqilgan bog‘lanish nazariyasiga ko‘ra, agar bola o‘zini xavfsiz his qiladigan, mehrli va barqaror munosabatda bo‘lsa, u ijtimoiy va emotsional jihatdan sog‘lom rivojlanadi. Aksincha, e’tiborsiz yoki sovuq muomala bola ruhiyatida xavotir, yolg‘izlik, ishonchsizlik va agressiya kabi salbiy holatlarni yuzaga keltiradi. Ota-onalar va bolalar o‘rtasida sog‘lom psixologik munosabatni rivojlantirishda asosiy vosita bu – samarali muloqotdir. Samarali muloqot nafaqat so‘zlashish, balki tinglay olish, bolaning hissiyotlarini qabul qilish va unga chin dildan e’tibor berishni o‘z ichiga oladi. K. Rogersning inson markazidagi yondashuvi bo‘yicha, bola tushunilganini va qadrlanganini his qilsa, ichki dunyosini ochishga va o‘zini erkin ifoda etishga tayyor bo‘ladi. Afsuski, ba’zida ota-onalar bolaning fikriga yetarlicha e’tibor bermaydi yoki faqat buyruq berish bilan cheklanadi. Bu esa bolaning o‘z fikrini aytishdan cho‘chishi, ichki dunyosini yashirishga olib keladi. Bolaning aytganlarini qayta so‘zlab berish, uni diqqat bilan tinglash, his-tuyg‘ularini tushunishga harakat qilish – bu ishonchli muloqotning eng muhim jihatlaridandir. Masalan: “Men seni tushunyapman” yoki “Sening o‘zingni shunaqa his qilayotganingni tushunaman” kabi iboralar bolaning ichki dunyosiga yo‘l ochadi. Ota-onalarning farzand tarbiyasidagi yondashuvlari bolaning xulq-atvori, emotsional barqarorligi va mustaqilligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy psixolo
Доказательный фрагмент
«This article discusses the psychological relationship between parents and children, the impact of communication between them on the development of the child, the importance of parenting styles and trusting relationships.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the psychological relationship between parents and children, the impact of communication between them on the development of the child, the importance of parenting styles and trusting relationships. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Family, child psychology, upbringing, parents, trust, emotional attachment, Kalit so’zlar: Oila, psixologik rivojlanish., ishonch, общение, воспитание, ota-ona, psychological development., доверие, детская психология, communication, эмоциональная связь, emotsional bog‘liqlik, tarbiya, психологическое развитие., bola psixologiyasi, Keywords: Family, Ключевые слова: Семья, родители, muloqot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025