К содержанию
РецензированоUZ2013

FUQAROLAR MUROJATLARINING KAFOLATLARI

FUQAROLAR MUROJATLARINING KAFOLATLARI · TURAKULOV BOYBURI KUZIMURATOVICH

Лучшие интеллектуальные исследования · 2013

Аннотация

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga murojaat qilish huquqi, murojaatlarning ko'rib chiqilish tartibi va ularning qonun bilan himoya qilinishi masalalari tahlil qilinadi. Maqolada murojaatlarning ko'rib chiqilishi jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashda murojaatlarning ahamiyati ko'rsatiladi. Kalit so'zlar : Murojaatlar, qonun himoyasi, jismoniy shaxslar,yuridik shaxslar,davlat organlari,huquqlar,erkinliklar,qonun hujjatlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonun Prezidentimizning 2013 yil 14 fevraldagi Qarori bilan tasdiqlangan «Obod turmush yili» Davlat dasturini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan hamda Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 29 oktyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2014 yil 13 noyabrda ma'qullangan edi. Yangi qonun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishning tashkiliy- huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklari, yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlari himoya qilinishining qo'shimcha kafolatlarini ta'minlab berishga qaratilgan. Yangi qonun qabul qilinguniga qadar fuqarolarning murojaatlari 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunning yangi tahriri asosida tartibga solinar edi. Lekin bu qonunda yuridik shaxslarning https://scientific-jl.com/luch/ 5 0 7 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 murojaati borasida qoidalar belgilanmagan edi. Shuningdek, elektron murojaatlar ham nazarda tutilmagandi. Yangi qonunni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad esa, fuqarolarning davlat organlariga murojaat etishi tartibini yanada takomillashtirishdan, shuningdek, yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi huquqiy bo'shliqni to'ldirishdan iboratdir. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonun 5 bob, 31 moddadan iborat. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va texnologiyalaridan foydalanib, murojaatlarni kiritish imkoniyatining huquqiy jihatdan mustahkamlanishi ushbu qonunning muhim jihatidir. Unda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, shuningdek, yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qo'shimcha kafolatlari mavjud. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunning qabul qilinishi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ushbu sohadagi ishini sifat jihatidan yuqori darajaga ko'tarish imkonini berdi. Shu o'rinda alohida ta'kidlash kerakki, qonun moddama-modda, puxta muhokama etilganidan keyin Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi. Deputatlar qonun loyihasini tayyorlash jarayonida murojaatlar sohasidagi chet el qonunchiligi va huquqni qo'llash amaliyotini o'rganishgan. Jumladan, Yevropa mamlakatlarining, Germaniyaning, Osiyo mamlakatlarining, Koreya Respublikasining qonunchiligi va amaliyoti chuqur o'rganildi. Bu esa, qonunning demokratik talablarga mos ravishda ishlab chiqilganidan dalolat beradi. Qonunda belgilangan tartiblarga ko'ra, jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlariga murojaat etish huquqiga ega. Murojaatlar og'zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo'lishi mumkin. Yuqorida aytilganidek, endilikda elektron murojaatlar ham rasmiy maqomga ega bo'ldi. Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron https://scientific-jl.com/luch/ 5 0 8 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo'lgan elektron hujjat shaklida bo'lishi kerak. Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, har qanday elektron murojaatlar rasmiy maqomga ega emas, faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – My.gov.uz portali orqali yuborilgan murojaatlar og'zaki va yozma murojaatlarga tenglashtirildi. Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida bo'lishi mumkin.Murojaatlar davlat organlari tomonidan qabul qilinishi va ko'rib chiqilishi shart. Davlat organiga kelib tushgan murojaatlar shu organ tomonidan yoki uning murojaatlarni ko'rib chiqish bo'yicha majburiyatlar zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxsi tomonidan ko'rib chiqiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar o'z murojaatlarini ular ko'rib chiqilguniga qadar va ko'rib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoxud elektron shaklda ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ega. Qo'yilgan masalalarni hal etish o'zining vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga kelib tushgan murojaatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi. Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur ma'lumotlar mavjud bo'lmasa, bu murojaatlar murojaat etuvchiga besh kunlik muddatdan kechiktirmay aso

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga murojaat qilish huquqi, murojaatlarning ko'rib chiqilish tartibi va ularning qonun bi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga murojaat qilish huquqi, murojaatlarning ko'rib chiqilish tartibi va ularning qonun bi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Murojaatlar, qonun himoyasi, jismoniy shaxslar, yuridik, erkinliklar, qonun hujjatlari, davlat organlari, huquqlar, yuridik shaxslar, Kalit so'zlar : Murojaatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники