К содержанию
РецензированоEN2025

YANGI O'ZBEKISTONDA MA'NAVIY JARAYONLARNING TENDENTSIYALARI

Abdurasulov Olimjon Abalboyevich · Shomurotov To`xtamurot Norjigitovich

Лучшие интеллектуальные исследования · 20 · 2025

Аннотация

In this article, the trends of spiritual processes in the new Uzbekistan and the issues of bringing this system to a higher level are studied, highlighting that the issue of attitude to democracy is extremely important in our national spirituality in the formation of an active citizenship position in the new Uzbekistan. https://scientific-jl.com/luch/ 5 2 1 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 Key words: enlightened society, democracy, spirituality, civic engagement, political culture, civil society, active citizenship. KIRISH (ВВЕДЕНИЕ / INTRODUCTION) Bugun Yangi O‘zbekistonni barpo etar ekanmiz, ko‘zlagan maqsadlarimizga erishishimiz uchun milliy g‘oya masalasi juda muhim. Bu borada mamlakatimizda keyingi yillarda qator qarorlar qabul qilinib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Prezident etib belgilanib, ma’naviyat va ma’rifat ishlariga yuksak o‘rin berildi. Mamlakatimiz siyosati O‘zbekiston xalqining go‘zal va yuksak g‘oyalari zamirida xalqimizning ming yillik hayotiy tushunchalari, qadriyatlari mujassam. Jumladan, Sharq Uyg‘onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy «Fozillar shahri» asarida oqilona davlat tuzumi va insoniyat jamiyati haqidagi fikrlarida faqat ma’naviy barkamol, ma’rifatli, bilimli va ma’naviyatli bo‘lgan kishilargina, degan edi. Betakror insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan tarbiyalanuvchilar davlat va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishi va fikrlarni tushunish mumkin.[1]. Ayni paytda buyuk bobomiz Sohibgiron Amir Temurning “Temur tuzuklari” asaridagi fikrlari ulug‘ bobomiz tafakkuri mahsuli bo‘lgan “Bir kishi qat’iyatli, tadbirkor, sergak, mard va izlanuvchan kishi ming harakatsiz va loqayd insonlardan afzaldir.” Bugungi kunda ham barchamiz uchun bu fikrlar o’ta muhimdir.[2]. Zero, sog‘lom fikrli, bilimdon, xalq manfaatini o‘ylaydigan, yurtga sadoqatli tadbirkorlargina iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shishi mumkin. O‘zbekistonda mustaqil va kuchli davlat barpo etishdan asosiy maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan, hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdan iborat. https://scientific-jl.com/luch/ 5 2 2 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 Prezident Sh. Mirziyoyev, "Kimdir ma'naviyat masalasi faqat Ma'naviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi, deb o'ylasa, adashadi. Bularning barchasi oldimizda turgan asosiy, eng muhim vazifalardan biridir". Milliy g‘oyamizning asosiy tayanchlari bo‘lgan ilm-fan va ma’rifatni yanada rivojlantirish yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlik tomonidan respublikamizga millionlab iqtidorli yoshlar, tadqiqotchilar, olimlarni keng jalb etish va qo‘llab - quvvatlash, har bir sohada innovatsiyalar yaratish bo‘yicha ilmiy markaz va bazaga aylanish borasida tizimli chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda.[3]. Yangi dunyoqarashga ega, ma’nan yetuk, bilimdon, sog‘lom fikrli yoshlarning yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi fidoyiligi va mehnati yangi taraqqiyotni yanada yuksak bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (ЛИТЕРАТУРА И МЕТОДОЛОГИЯ / METHODS) Keyingi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida ma’naviyat va ma’rifat masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining 2019-yil 3- maydagi “Maʼnaviy - maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora - tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2021-yil 26- martdagi “Maʼnaviy - maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora - tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari bu borada muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va keng ko‘lamli islohotlar natijasida Yangi O‘zbekistonni barpo etish uchun zarur siyosiy - huquqiy, ijtimoiy - iqtisodiy va ilmiy -ma’rifiy asoslar yaratildi.[4]. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 28- yanvardagi “2022 - 2026- yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingani jamiyatimiz hayotining barcha sohalarini yangi bosqichga ko‘tarishning huquqiy asosini tashkil etadi. Mazkur huquqiy hujjatda Yangi https://scientific-jl.com/luch/ 5 2 3 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 O‘zbekistonni 2022 - 2026- yillarda rivojlantirish strategiyasi 7 ta yo‘nalish va 100 ta maqsad sifatida belgilangan. Bu yo‘nalish va maqsadlarning har biri mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy, ilmiy - ma’naviy sohalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.[5]. Darhaqiqat, Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining “Ma’naviyat taraqqiyotini ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalishi 8 maqsaddan iborat bo‘lib, har bir maqsadda mamlakatimizda ma’naviyat sohasini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan islohotlar o‘rin olgan. Xususan, jamiyat taraqqiyoti, ma’naviyat, ma’naviyat taraqqiyoti, xalqimizning boy tarixiy, ilmiy va madaniy merosi, milliy - diniy qadriyatlarini o‘rgatish asosiy ustuvor masalalardan biri sifatida qaraldi. Shu bois mazkur Yangi O‘zbe

Доказательный фрагмент

«In this article, the trends of spiritual processes in the new Uzbekistan and the issues of bringing this system to a higher level are studied, highlighting that the issue of attitude to democracy is extremely importan…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the trends of spiritual processes in the new Uzbekistan and the issues of bringing this system to a higher level are studied, highlighting that the issue of attitude to democracy is extremely importan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
enlightened society, democracy, spirituality, civic engagement, гражданская активность, гражданское общество, ijtimoiy madaniyat, active citizenship., demokratiya, Kalit so‘zlar: ma’rifatli jamiyat, политическая культура, faol fuqarolik pozitsiyasi., fuqarolik jamiyati, fuqarolar faolligi, активная гражданская позиция., ma’naviyat, Ключевые слова: просвещенное общество, демократия, civil society, духовность, Key words: enlightened society, political culture
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники