Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“JINOYAT VA JAZO” ROMANIDAGI JAZO SABABLARI TAHLILI
Muborak O’rozova
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
This article deeply studies Dostoevsky's masterpiece, the novel "Crime and Punishment", which is distinguished not only by its philosophical depth, psychological approach and social significance in Russian but also in world literature. It also extensively and deeply analyzes one of the central ideas of the work - the issue of punishment, its causes through the inner mental suffering revealed through the images created by the author. Keywords: Dostoevsky, novel "Crime and Punishment", charracter, psychological nature, hero, theory, optimistic feelings. Аннотация: В статье глубоко исследуется шедевр Достоевского — философской глубиной, психологизмом и социальной значимостью в русской, но и в мировой литературе. Также широко и глубоко анализируется https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 9 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 одна из центральных идей произведения — проблема наказания, его причины через внутренние душевные страдания, раскрываемые через образы, созданные автором. Ключевые слова: Достоевский, роман «Преступление и наказание», характер, психологическая натура, герой, теория, оптимистические чувства. Chuqur psixologik tasvirlar muallifi hisoblanmish Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asari – dunyo adabiyoti doirasida dolzarbligi jihatidan yuqori turuvchi hamda insonning axloqiy va falsafiy o’y-kechinmalarini va ruhiyatining eng murakkab tomonlarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan mashhur psixologik yirik romonlardan biri. 1866-yilda yuzaga kelgan ushbu asarda muallif kishi ongida bo’ladigan ruhiy kurashlar va ularning inson hayotiga qay darajada ta’sir ko’rsatishini yaqqol tasvirlab bergan desak, mubolag’a bo’lmaydi.Bunda muallif qahramonlar xarakteristikasini to’laqonli ochib bergan.Xarakter – ma’lum ijtimoiy faoliyat turi.Xarakter,L.I.Timofeev aytganidek, obrazning yadrosi.Xarakter, birinchi navbatda, konkret hayotiy sharoitda o’z individual xatt-harakatlari va ruhiy kechinmalari bilan namoyon bo’ladigan insonning aniq tasviri.1 Avvalo, asar nomiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bu nom insonning gunoh va jazo o’rtasidagi murakkab axloqiy kurashini, ichki pushaymonlik va ruhiy azoblarini aks ettirib kelganini ko’ramiz. Shuningdek, jinoyat kim tomonidan va qanday sodir etilgan, unga jazo sifatida nima hukm etildi. Aynan asarda jazo termini qanday ma’noda qo’llanilgan? Dostoyevskiy ushbu asarda shu savollarni ko’tarib, bosh qahramon Rodion Raskolnikov obrazi orqali savollarga javob berishga muyassar bo’ladi.Bu orqali asar kitobxonga voqealarni kechalari bilan o’ylab, tahlil qilib chiqishga majbur qiladigan bir yetuk asarga 1 To’xta Boboyev.Adabiyotshunoslik asoslari.Toshkent.”O’zbekiston” 2002.52b https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 0 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 aylanadi. Obraz – to’qima yordami bilan yaratilgan va estetikqiymat kasb etgan inson hayotining umumlashva ayni chog’da konkret manzarasidir.2 Rodion Raskolnikov – oltmishlarga borgan sudxo’r kampir Alyona Ivanovna va uning o’ttiz besh yoshlardagi birovga zarari tegmaydigan o’gay singlisi Lizaveta Ivanovnaning qotili. Nega u bu insonlarni o’ldirdi, bunga sabab nima? Kitobni endi mutolaa qilib boshlagan kitobxonlar bunga sabab,albatta, pul deb javob beradi, chunki o’z nomi bilan Alyona Ivanovna sudxo’r, demak, u ko’p mol-dunyoga ega shu bilan birga Raskolnikov asarda kambag’al holda tasvirlanadi va aynan shu sabab o’qishidan ham haydaladi. Shuningdek,asarda keltirilgan ushbu fikrlar ham aynan qahramonimizni kambag’allikdan chiqarishga turtki bo’lgan desak, xato bo’lmas: “Kambag’allik ayb emas, bu haq gap.Biroq yo’qchilik bu – illat,ha. Siz kambag’alchilikda hali o’zingizning tug’ma oliyjanob fazilatlaringizni saqlab qolgan bo’lasiz, yo’qchilkda esa ularni hech qachon va hech kim saqlab qola bilmaydi. Yo’qchilikda odamni odamzod to’dalari ichidan tayoq bilan emas, supurgi bilan haydab chiqaradilar, yana ham sharmandaroq bo’lsin desalar kerak- da”.3 Raskolnikovning qiynalishini xohlamagan singlisi va onasi maslahatlashib, singlisi – Dunyoni idora xizmatchisi va maslahatchisi Petr Petrovich Lujinga berishga rozi bo’lgani aytiladi Raskolnikovga yuborilgan xatda. Bundan a’yonki, Lujin boy, Dunyaning oilasi esa kambag’al. Dunya ham onasining, ham akasining muhtojligini shu bilan bartaraf etish maqsadida o’zini qurbon qiladi. Buni anglagan Raskolnikov o’ziga shunday savollarni beradi: “Ularni qachon boqmoqchisan? 10 yildan keyinmi? 10 yildan keyin onang ro’mol to’qiyverib, ko’zdan ayriladi, singling-chi? Shu 10 yil ichida singling qay ahvolga tushishini o’ylab ko’r, fahmladingmi?” Miyasida charx urgan bu fikrlar qahramonimizni jinoyatga eltgan bo’lsa ajab emas. 2 L.I.Timofeev.Основы теории литературы.М.Просвещение.1971.62-b 3 Dostoyevkiy. “Jinoyat va jazo”.Toshkent.”Ilm-ziyo-zakovat”.2021.30-b. https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 1 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 Kitob mutolaasini tugatgan kitobxonlar esa jinoyat sodir etilishiga sabab pul deb hisoblamaydi. Chunki asar boshdan oxirigacha Raskolnikovning murakkab psixologik o’y-fikrlari asosida qurilgan. Rasko
Доказательный фрагмент
«This article deeply studies Dostoevsky's masterpiece, the novel "Crime and Punishment", which is distinguished not only by its philosophical depth, psychological approach and social significance in Russian but also in…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article deeply studies Dostoevsky's masterpiece, the novel "Crime and Punishment", which is distinguished not only by its philosophical depth, psychological approach and social significance in Russian but also in… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Dostoevsky, novel "Crime and Punishment", charracter, nazariya, Ключевые слова: Достоевский, характер, xarakter, герой, nekbin tuyg’ular., psixologik tabiat, психологическая натура, роман «Преступление и наказание», Keywords: Dostoevsky, ”Jinoyat va jazo” romani, novel, Kalit so’zlar: Dostoyevskiy, obraz, оптимистические чувства., теория
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014