К содержанию
РецензированоUZ2025

FONETIK USLUBIYATNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI

ФОНЕТИЧЕСКОГО СТИЛИСТИКИ · Farhod Usmonov Faxriddinovich (Andijon davlat pedagogika instituti o’qituvchisi) · Boʻronova Munisa Ikromjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti talabasi,) · Mamatova Oygul Oybekjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti talabasi,)

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

This article examines the subject matter of phonetic stylistics, its research directions, and the stylistic function of phonetic devices in literary speech. It highlights the use of sound patterns across different functional styles and explores the practical value of phonetic stylistics. . It analyzes the views of I.R. Galperin, D. Crystal, S. Karimovа, and others. Kalit so’zlar: fonetik uslubiyat, tovush vositalari, badiiy nutq, uslubiy funksiyalar, fonostilistika. Клочевы слова: фонетическая стилистика, звуковые средства, художественная речь, стилистические функции, фоностилистика. Keywords: phonetic stylistics, sound devices, literary speech, stylistic functions, phonostylistics. Fonetik uslubiyat tilshunoslikning muhim va nisbatan yangi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. U tilning fonetik vositalarining estetik va ekspressiv imkoniyatlarini o‘rganadi. Adabiy tilning turli funksional uslublarida tovush vositalarining qanday ishlatilishi va ularning uslubiy yuklamasi fonetik uslubiyat doirasida tadqiq qilinadi. D. Crystal va D. Davy (1969) esa fonetik vositalarning funksional uslublarda qanday ishlatilishini akustik tahlil asosida ko‘rsatadi. O‘zbek tilshunosligida bu yo‘nalishda S. Karimov (2020) va D.To‘xtayeva (2022) kabi olimlarning ishlari muhim o‘ringa ega. Bu soha bir necha tillarda, ayniqsa rus va ingliz tilshunosligida chuqur o‘rganilgan bo‘lsa-da, o‘zbek tilshunosligida ham ushbu yo‘nalish bo‘yicha so‘nggi yillarda sezilarli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda (Karimov, 2020; To‘xtayeva, 2022). Fonetik uslubiyat poetik tahlil, reklamalar, publitsistik matnlar va teatr san’ati kabi ko‘plab amaliy sohalarda ahamiyatli. Fonetik uslubiyat fonetikaning stilistika bilan kesishadigan sohasidir. U tilning tovush tizimi vositalarining estetik, ekspressiv va kommunikativ imkoniyatlarini o‘rganadi. https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 7 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 Fonetik vositalarning nutqdagi qo‘llanilish shakllari nafaqat grammatik me’yorlarga, balki nutq vaziyatiga, uslubiy niyatga, emotsional bo‘yoqqa ham bog‘liq. Fonetik uslubiyatga asos solgan olimlar orasida G.V. Yegorov, I.R. Galperin, D. Crystal, D. Davy, shuningdek, o‘zbek tilshunosligida S. Karimov, D. To‘xtayeva, N. Mahmudov va boshqalar alohida o‘rin tutadi. Bu yo‘nalish XX asrning ikkinchi yarmida mustaqil soha shakllandi. O‘zbek tilshunosligida fonetik uslubiyat asosan adabiy tilni stilistik tahlil qilishda qo‘llanilib, poetik nutq, teatr, publitsistika, hatto siyosiy nutqlarning ta’sirchanligini baholashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fonetik uslubiyat – nutq tovushlarining turli uslublarda qanday qo‘llanishini va bu qo‘llanmalarning stilistik yukini o‘rganadi. Fan quyidagilarga urg‘u beradi: Fonemalarning ekspressiv xususiyatlari: Masalan, portlovchi undoshlar (p, t, k) kuch va harakatni ifodalasa, sirg‘aluvchi undoshlar (s, sh, z) tinchlik, tovushli muhitni yaratishda ishlatiladi. Alliteratsiya va assonans: nazmda tovushlarning takrorlanishi estetik ta’sir yaratadi. Intonatsiya: Jumla ma’nosini savol, hayrat, buyruq va hokazolarga o‘zgartirishga xizmat qiladi:. Tembr, urg‘u, ritm: Nutqning musiqiyligini ta’minlovchi jihatlar bo‘lib, ayniqsa teatrda ahamiyatlidir. Nazariy manbalarda Galperin (1981) fonetik uslubiyatni stilistikaning eng qadimgi, ammo eng kam o‘rganilgan bo‘limi deb ta’kidlaydi. D. Crystal fonetik vositalarni “muloqotning estetikasini belgilovchi o‘ta muhim elementlar” deb ataydi1. Бадиий матнда муаллифнинг ўқувчи ёки китобхонга эстетик таъсир қилиш мақсади биринчи планда турса, нобадиий матнда муаллифнинг асосий 1 . Galperin, I.R. (1981). Stylistics. Moscow: Higher School Publishing. https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 8 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 мақсади ўқувчи ёки китобхонга коммуникатив таъсир қилишдан иборат бўлади. Бошқача қилиб айтганда, нобадиий матнда муайян ахборотнинг мазмуни ва унинг ифодаси бирламчи бўлса, бадиий матнда бундай ахборот бирламчи эмас, балки шу ахборот воситасида айтилмоқчи бўлган фикр – ғоянинг эстетик таъсирли ифодаси мутлақо ҳал қилувчидир. Тилшунос олим М.Йўлдошев бу хусусдаги Н.Маҳмудов, Р.Будагов, Ю.Рождественский ва бошқаларнинг фикрларини умумлаштириб шундай ёзади: «Тилнинг эстетик вазифаси …тингловчида ҳис – туйғуларни қўзғатишга хизмат қиладиган вазифадир». Бадиий матнларда тилнинг эстетик вазифаси биринчи планда турса – да, ифодаланаётган фикр, яъни коммуникатив вазифа ҳам эътибордан бутунлай соқит қилинмайди. Шуларни назарда тутган олим фикрини давом эттиради: «Тилнинг эстетик вазифаси бадиий матнда коммуникатив вазифанинг устида «ўтиради», шунинг учун эстетик вазифа яққол кўриниб туради, коммуникатив вазифа эса унинг остида кўзга ташланмасдан иштирок этади».2 Badiiy nutqda fonetik vositalar obrazli ifoda vositasi sifatida ishlatiladi. Jumladan: Alliteratsiya. “Sening sochlaring soyadek serser” gapida “s” tovushi uyg‘unlik va yengillik ifodasini beradi3. Assonans: “Ko‘zlarimda yolg‘iz yo‘l — sokin, so‘qmoq.” (o tovushining takrori ohangdorlik keltiradi). Onomatopea (tovushga taqlid): "Q

Доказательный фрагмент

«This article examines the subject matter of phonetic stylistics, its research directions, and the stylistic function of phonetic devices in literary speech.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the subject matter of phonetic stylistics, its research directions, and the stylistic function of phonetic devices in literary speech. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
phonetic stylistics, sound devices, literary speech, stylistic, художественная речь, фоностилистика., fonostilistika., uslubiy funksiyalar, badiiy nutq, Клочевы слова: фонетическая стилистика, tovush vositalari, Keywords: phonetic stylistics, phonostylistics., звуковые средства, стилистические функции, stylistic functions, Kalit so’zlar: fonetik uslubiyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники