К содержанию
РецензированоUZ2025

ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARINING ZAMONAVIY BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA TA’SIRI

Buriyeva Shaxnoza Inat qizi · ABDULLA AVLONIY

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast namoyondalaridan biri, taniqli pedagog va alloma, o‘zbek jadidchilik harakatining yetuk vakili Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi, asarlarining mohiyati, yozuvchining pedagogik qarashlari va u ilgari surgan fikrlarning yosh avlod va jamiyat hayotida tutgan o‘rni uning asarlari boshlang‘ich ta’lim jarayoni boshqaruvi va zamonaviy pedagog kadrlar tayyorlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Ushbu bebaho asarlarning bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi sabablari haqida ham to‘xtalib o‘tiladi Kalit so‘zlar: ta’lim, zamonaviy pedagog, ta’lim boshqaruvi, kadrlar tayyorlash. tarbiya, yaxshi xulq, ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish, uyg‘onish davri Tug‘ib tashlash bilan bo‘lmas bola, bo‘lg‘ay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa bo‘lur ul rahnamo sizga Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo‘lur olim, Buzilsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa, bo‘lg‘usi zolim. ABDULLA AVLONIY O‘zbek pedagogikasining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar olim, shoir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy o‘zining ilmiy-ijodiy merosi bilan zamonaviy ta’lim tizimiga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. U ta’limni inson kamoloti, jamiyat taraqqiyoti va millat kelajagi garovi deb bilgan. Avloniy asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar bugungi https://scientific-jl.com/luch/ 3 6 8 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 kunda boshlang‘ich ta’lim mazmunini boyitishda, tarbiyaviy ishlarda, o‘quv dasturlarini yangilashda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Abdulla Avloniy u o‘qish va o‘qitish usuliga yangilik kiritib, yangi maktablar tashkil etgan va maktab o‘quvchilarini savodini chiqarishning yangicha usullarini, o‘zi ochgan maktablarda joriy etgan. U Sharq va G‘arb tillarini o‘rgatish kabi muhim ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni bajarib, o‘zbek millati tarixida o‘chmas iz qoldirgan yetuk pedagogdir. O‘zbek pedagogikasining “otasi” va yurtimizda birinchilardan bo‘lib professor unvoniga sazovor bo‘lgan. Abdulla Avloniy ve u kabi millat fidoyilari merosini o‘rganish bugungi kundagi eng dolzarb va muhim masalalardan biridir. Zotan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020- yil 8-oktabrdagi “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoyishida qayd etilganidek, “Dunyoda global xavfxatarlar kuchayib borayotgan hamda milliy o‘zlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda mustabid tuzum tomonidan shafqatsiz qatag‘on qilingan davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalarining, oddiy kasb egasi bo‘lgan minglab yurtdoshlarimizning nomlari va xotiralarini abadiylashtirish, ularning jasorati va matonati misolida yosh avlodimizni Vatanimiz va xalqimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda”.[1;2-3] Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola axloqiga, tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofdagi kishilar katta ahamiyatga ega. Haqiqiy insoniy axloqni o‘zida barqaror qilgan yaxshi kishilar yoshlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi va ularning mehr- shafqqatli, sofdil va maqbul bo‘lib tarbiyalanishi uchun zamin hozirlaydi. Prezidentimiz Yangi O‘zbekiston barpo etish bo‘yicha 2026-yilgacha mo‘ljallagan ustivor vazifalarning dastlabki sifatida aynan ta’lim sohasini belgilab berdi. Maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan https://scientific-jl.com/luch/ 3 6 9 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 qayta ko‘rib chiqilishi, yangilangan tizim, avvalo xorijiy ilg‘or mutaxassislar ekspertizasidan o‘tkazilib, keyin hayotga tatbiq etishi zarurligi ta’kidlandi. Anglashimiz kerakki, mamlakatimiz ta’lim tizimi yangi bosqichga, butunlay yangi davrga qadam qo‘ymoqda.[8;102-104] Jahon ta’lim tizimini milliy ta’lim tarbiya bilan bog‘lab ta’lim tizimimizni rivojlantirmoqdamiz Bu yo‘lda Avloniyning pedagogik mahorati shuningdek, milliy tarbiya va ta’lim tizimidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida tarbiya va ta’limni bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan tushunchalar deb ta’riflagan. Uning fikricha, ilm berish bilan birga insonni axloqan komil etib tarbiyalash zarur. Avloniy quyidagi tamoyillarni ilgari surgan: 1. Ilm va tarbiyaning uyg‘unligi – faqat bilim emas, balki tarbiyaviy jihatdan yetuk shaxs tarbiyalash zarur. 2. Milliy g‘urur va Vatanga muhabbat – yosh avlod qalbida milliy qadriyatlar, Vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalari mustahkam o‘rnatilishi kerak. 3. Shaxs kamoloti – har bir inson o‘z ustida ishlashi, jismoniy, ma’naviy va aqliy jihatdan rivojlanib borishi kerak. 4. Zamonaviylik va taraqqiyotga ochiqlik – ilm-fanni egallash, texnologiyalarni o‘rganish, dunyoqarashni kengaytirish ta’limning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi lozim. Hozirgi boshlang‘ich ta’limda Avloniy qarashlari o‘z ifodasini topmoqda: Darslik va metodikalarda axlo

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast namoyondalaridan biri, taniqli pedagog va alloma, o‘zbek jadidchilik harakatining yetuk vakili Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi, asarlarining mohiyati, yozuvchining pe…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast namoyondalaridan biri, taniqli pedagog va alloma, o‘zbek jadidchilik harakatining yetuk vakili Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi, asarlarining mohiyati, yozuvchining pe… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma’rifatparvarlik, Kalit so‘zlar: ta’lim, zamonaviy pedagog, ta’lim boshqaruvi, uyg‘onish davri, yaxshi xulq, milliy uyg‘onish, kadrlar tayyorlash. tarbiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники