Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAVZU: PROTSESSORLAR ARXITEKTURASI.
Axtamova Zarnigor Avazovna.
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Bu qurilma faqat ma’lum sohalarda, ya’ni chizmalar, sxemalar, tasvirlar, diagrammalarda qo‘llaniladi. Plotterlar dastur ishi natijalarining bir qismi sifatida konstruktor yoki texnologik hujjatlar bo‘lgan, 5.10-rasm. Yorug‘lik diodli printer. 90 avtomatik loyihalashtirish tizimlari dasturlari bilan birgalikda juda keng qo‘llaniladi. Arxitekturali loyihalarda ham plotterlarning tutgan o‘rni beqiyosdir Kalit so’zlar: pen plotter, inkjet plotter, electronic plotter. Asosiy qism. Peroli plotterlar (pen plotter). Bu – vektorli tipdagi elektromexanik qurilmalar bo‘lib, peroli qurilmalarga, odatda, grafik tasvirlarni AutoCAD kabi vektorli dasturiy tizimlar chiqaradi. Peroli plotterlar tasvirni yozuvchi elementlar, umumiy qilib aytganda perolar yordamida yaratadi, vaholangki, bunday elementlarning suyuq bo‘yoq turi bilan bir-biridan ajralib turadigan bir necha turi mavjud. Yozuvchi elementlar bir marta va ko‘p marta (qayta to‘ldirib ishlatilishi mumkin bo‘lgan) ishlatiladigan bo‘ladi. Pero yozish bog‘lamasining harakatlanish erkinligining bitta yoki ikkita darajasiga ega bo‘lgan ushlagichiga mahkamlanadi. Peroli plotterlarning ikki turi mavjud: 1) planshetli, bunda qog‘oz siljimaydi, pero esa tasvirning butun yuzasi bo‘yicha erkin harakatlanadi; 2) barabanli (yoki o‘ramli) – bularda pero koordinataning bitta o‘qi bo‘ylab harakatlanadi, qog‘oz esa transportli valning qamrovi hisobiga (odatda friksionli) boshqa o‘qi bo‘ylab harakatlanadi. Harakatlanish katta shovqin yaratuvchi qadamli (ko‘pchilik https://scientific-jl.com/luch/ 3 2 6 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 plotterlarda) yoki chiziqli elektr dvigatel yordamida amalga oshiriladi. Vaholangki barabanli plotterlarda axborotni chiqarish aniqliligi planshetli plotterlarga nisbatan pastroq, u ko‘pchilik vazifalarning talablarini qondiradi. Bu plotterlar ancha ixcham va o‘ramdan kerakli o‘lchamdagi varaqni avtomatik tarzda kesib oladi, bu esa ularning bozordagi o‘rnini anchagina ko‘tarib yubordi (A3 formatdagi plotterlar, odatda, planshetli). Peroli plotterlarning farqlanuvchi hususiyatlaridan biri ularning olinayotgan tasvir sifatining yuqoriligi va rangli yozish elementlaridan foydalanib, yaxshi rang uzatishdir. Afsuski, chizish jarayonini optimallashtirishga urinishlar va tezkor mexanikaga qaramay, ularda axborot chiqarish tezligi uncha katta emas; axborot tashuvchi – siyoh juftligini tanlash muammosi ham mavjud. Qalam – peroli plotterlar (pen/pencil). Qalam – peroli plotterlar peroli plotterlarning turlariga kiradi. Ular oddiy qalam grifillarini qo‘llash uchun ixtisoslashtirilgan maxsus mexanizmli yozuv 91 bog‘lamalarini o‘rnatish imkoniyati mavjudligi bilan farqlanadi. Bu mexanizmlar grifilni qog‘ozga doim bosib turishni va uni ma’lum vaqtida avtouzatishni ta’minlaydi. Natijada, bo‘yoqlar oqib chiqish kanalining to‘lib-tiqilib qolishi mumkin bo‘lgan peroli plotterlarini ishlatish jarayonidagi singari, axborotni kiritish jarayonini kuzatish talab etilmaydi. Flomasterli va sharikli peroli plotterlar o‘z hususiyatlariga ko‘ra ko‘rib chiqilgan plotterlar orasida oraliq o‘rinni egallaydi. Oqimli plotterlar (inkjet plotter). Tasvirlarni yaratishning oqimli texnologiyasi 70-yillardan ma’lum, biroq uning bozordagi ilk ko‘tarilishi Canon firmasi tomonidan siyohlarni bir marttalik bosmaga chiqarish moslamasining yuzlab mayda forsunkalari yordamida qog‘ozga sochishga yo‘naltirilgan reaktiv pufakchalar (Bubblejet) texnologiyasini yaratishi tufayli sodir bo‘ldi. Har bir forsunkaga o‘zining mikroskopik isituvchi elementi (elektr impuls ta’sirida juda tez 7–10 μs qizuvchi – termoqarshilik) mos keladi. Siyohlar qaynaydi va natijada bug‘lar hosil qilgan pufakchalar forsunkadan siyoh tomchilarini itarib chiqaradi. Impuls to‘xtashi bilan termoqarshilik xuddi shunday tez soviydi, pufakchalar esa g‘oyib bo‘ladi. Bosmaga chiqarish moslamalari https://scientific-jl.com/luch/ 3 2 7 Часть-41_ Том-2_ Март-2025 «rangli» bo‘lishi va bir nechta forsunkalar guruhiga ega bo‘lishi mumkin (5.11- rasm). To‘liq rangli tasvir yaratish uchun poligrafiya uchun standart bo‘lgan CMYK ranglar sxemasi qo‘llaniladi. Bu sxema to‘rtta rangdan foydalanadi: Cyan – ko‘k, Magenta – to‘q qizil, Yellow – sariq va Black – qora. Murakkab ranglarga asosiy to‘rtta rang aralashmasi natijasida erishiladi. Ranglarning boshqa turlari, rangdagi nozik farqlarga esa tasvir fragmentidagi tegishli rang nuqtalarini suyuqlashtirish yoki siyraklashtirish yo‘li bilan erishiladi (shunga o‘xshash usul monoxrom tasvirlarni chiqarishda «kulrang»ning turli xil nozik farqini olishda ham qo‘llanadi). 5.11-rasm. HP Design Jet 130nr (S7791D) oqimli plotter ko‘rinishi. 92 Oqimli texnologiya bir qator afzalliklarga ega. Bunga, uning oson amalga oshirilishi, aniqligining yuqoriligi, kam quvvat is’temol qilishi va nisbatan bosma tezligining yuqoriligini kiritsak bo‘ladi. Oqimli printerlar ma’qul narx, yuqori sifat va keng imkoniyatlari bilan peroli qurilmalarga jiddiy raqobatchidir. Stol usti nashriyot tizimlari bilan ishlovchilar va A0 formatda
Доказательный фрагмент
«Bu qurilma faqat ma’lum sohalarda, ya’ni chizmalar, sxemalar, tasvirlar, diagrammalarda qo‘llaniladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBu qurilma faqat ma’lum sohalarda, ya’ni chizmalar, sxemalar, tasvirlar, diagrammalarda qo‘llaniladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- CSEG, MP, DSEG (ingl. Data Segment), Kalit so’zlar: Process
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024