Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISLOM TARIXI VA UNING ILMIY TAXLILI
Po’latov Farruxbek Salimjon o’g’li
Лучшие интеллектуальные исследования · 1991
Аннотация
Mazkur maqolada Islom dinining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va tarixiy jarayonlarga ta’siri ilmiy tahlil asosida ko‘rib chiqilgan. Islom tarixining bosqichlari, muhim shaxslar, ilm-fan bilan bog‘liqligi va zamonaviy ilmiy tadqiqotlardagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqola tarixiy manbalar va hozirgi zamon olimlari qarashlariga tayangan holda tayyorlangan. Kalit so‘zlar: Islom tarixi, Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.), xalifalik, ilm-fan, musulmon olimi, tarixiy tahlil. Arablar hayotida urug’chilik, qabilachilik tartiblari yemirila boshlab, qulchilik bilan feodal tartiblari shakllanayotgan edi. Natijada arablar ijtimoiy turmushida tabaqalanish, sinfiy tengsizlik ro’y berib, bir tomondan boy badavlat xonadonlar, ikkinchi tomondan qashshoq xonadonlar mavjud bo’lib, hayotda yuqori tabaqa oilalarida dabdabali to’y-ma’rakalar, aysh-ishratbozlik, isrofgarchilik, maishiy aynish avj oladi. Ayni paytda kambag’allar, yetim-yesirlar ahvoli og’ir edi. Rahm-shafqat, adolat kamayib ketgan edi. Bu xususda Qur’onda (Niso surasi va boshqa suralarda) juda ko’p fikrlar aytilgan. «Islom - ixlos, tinchlik, omonlik, sulh, turli ofatlardan salomat bo’lish, itoat , bo’sunish kabi ma’nolarni anglatadi» (Qarang: Poklik imondandir.T., «O’zbekiston», 1991 yil, 33-bet) Islom dini VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida paydo bo‘lib, qisqa vaqt ichida keng hududlarga yoyildi. Bu din nafaqat diniy e’tiqod, balki siyosiy, madaniy va ilmiy rivojlanishda ham muhim rol o‘ynadi. Islom tarixini o‘rganish, https://scientific-jl.com/luch/ 4 5 6 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 nafaqat diniy masalalarni, balki insoniyat sivilizatsiyasining muhim jihatlarini ham anglash imkonini beradi. Islom tarixining boshlanishi.Islom dinining asoschisi bo‘lgan Muhammad (s.a.v.) 570-yilda Makka shahrida tug‘ilgan. U 610-yilda Allohdan birinchi vahiyni olganidan so‘ng, Islom dini asos solinib, uning targ‘iboti boshlandi. Makkadagi qattiq qarshiliklarga uchraganlar. Muhammadga vahiy kelgan. Ollohdan farishta Jabroil vahiy keltirgan. (Vahiy - lug’aviy ma’nosi: «Uqdirish», «diliga solish» mazmunida Ollohning payg’ambariga yuborgan amri). Muhammadning Islom dini uchun olib borgan kurashi ikki davrga: Makka va Madina davrlariga bo’linadi. Islomni Makka davridagi targ’iboti, mushrikiylikka qarshi olib borgan kurashi, melodiy 610 yilning 15 dan 16 avgustga o’tar kechasidan boshlanib to 632 yilning 8 sentyabr-igacha, ya’ni 23 yil davom etgan. Ibn Is’hoq-Ibn Xishomning «Siratu-r-Rasul-Olloh» asarida shunday rivoyat keltirilgan: Muhammad Xiro g’orida tunab qolgan bir kechada osmondan ovoz eshitgan va farishta Jabroil unga «O’qi!» deb buyurgan. U «Men o’qishni bilmayman»,-deb javob bergan. Jabroil yana «O’qi!» deb ikki bor takrorlagan va har daf’a u og’ir azob chekkan. Oxirida farishta unga ko’rsatib turgan yozuvni behos o’qigan. Keyin Jabroil uning Ollohning elchisi qilib olinganini aytgan. (Qarang: Yuqoridagi kitob, 10-bet).Rasulilloh Xiro g’oridan qaytib kelib, bo’lgan voqyeani va Qur’on surasining vahiy qilinganini xotini Xadichaga aytgan va darhol Xadicha vahiyni kalima qilib qaytarib musulmon bo’lgan.622-yilda Madinaga hijrat bilan yangi bosqich boshlandi. (Al-A‘zami, 2003: 45-bet). Bu voqea islomiy taqvimning boshlanish nuqtasi sifatida qabul qilinadi. Madina va Makka aholisi turli janglar olib bordi. Bu janglardan birinchisi 624- yil mart oyida Badr qudug’i atrofida bo’lgan. Bu jangda Muhammad boshchiligida https://scientific-jl.com/luch/ 4 5 7 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 300 dan ziyod musulmonlar va Abujahl boshchiligida 850 Makkalik qo’shin qatnashgan. Urushda musulmonlar yengib chiqadi. Natijada musulmonlar jamoasi mustahkamlanadi. Jangda musulmonlar 30 ta ot, 150 ta tuya, ko’p qurol-anjomlarni o’lja oladi. 624-yil 16 mart (Hamal) kuni Qur’onning 8-al Anfol (O’lja) surasi vahiy bo’ladi. Bu surada o’ljani qanday taqsimlash ko’rsatilgan. Unda, o’ljaning beshdan bir qismi musulmonlar jamoasining manfaatiga, piyoda askarga bir hissa, otliq asqarga ikki hissa berilishi ko’rsatilgan, adolatli taqsimlashga da’vat qilingan. Keyinchalik bu qoida xalifalar davrida ham saqlanib qolgan. Badr jangida 622 yildagi ahdnoma buzilganligi uchun Kaynuka yahudiy jamoasi jazolanadi va 624 yil 10 aprelda ko’chirib yuboriladi. Musulmonlar bilan yahudiylarning tarixiy nizolari o’sha davrdan boshlanib, hozirgi davrda arab davlatlari bilan isroil mojaralarida davom etmoqda.Madinada siyosiy va ijtimoiy jihatdan mustaqil musulmon jamoasi shakllandi. Muhammad (s.a.v.) vafotidan so‘ng xalifalik davri boshlandi. Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali kabi xalifalar boshqaruvida islomiy davlat kengayib bordi. Xalifalik davrlari va siyosiy tarix.Islom tarixi xalifaliklar davriga bo‘linadi. Ular quyidagilar: Rashidun xalifaligi (632–661).Bu davrda Islom g‘oyaviy jihatdan mustahkamlandi. Arab yarim orolidan tashqariga chiqa boshladi. Badr, Uhud va Yarmuk kabi janglar bu davrda ro‘y berdi. Umaviyyalar xalifaligi (661–750),Damashq markaziga aylangan bu davlatda siyosiy va harbiy kuch katta rol o‘ynadi. Islom Ispa
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Islom dinining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va tarixiy jarayonlarga ta’siri ilmiy tahlil asosida ko‘rib chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Islom dinining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va tarixiy jarayonlarga ta’siri ilmiy tahlil asosida ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- musulmon olimi, xalifalik, Kalit so‘zlar: Islom tarixi, Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.), ilm-fan, tarixiy tahlil.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024