К содержанию
РецензированоUZ1938

QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH MUSTAQILLIK YILLARIDA.

MUSTAQILLIK YILLARIDA. · Murtazayeva Fotima · Kalit so’zlar: qatag’on siyosati · Islom Karimov · Shavkat Mirziyoyev · Abduqodir Shakuriy · Munavvarqori Abdurashidxonov

Лучшие интеллектуальные исследования · 1938

Аннотация

Ushbu maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakatining qatag’onga uchrashi hamda mustaqillik yillarida jadidlar xotirasi va jadid adabiyotining qayta tiklanishi haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlar: qatag’on siyosati, Islom Karimov, Shavkat Mirziyoyev, qatag’on qurbonlari muzeyi, oqlash siyosati. O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan uning ma’naviy hayotida yangi – uyg‘onish, o‘zlikni anglash davri boshlandi. Avvalgi ma’muriy buyruqbozlik tizimi manfaatlariga bo‘ysundirilgan tarixni soxtalashtirish, noto‘g‘ri talqin etishga barham berildi. Milliy mafkuramizning asosi bo‘lmish milliy tarixni qayta tiklash imkoniyati tug‘ildi. Tabiiyki, bu jarayon oson kechmadi…1 XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan jadidchilik madaniy-ma’rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U mustamlakachilarga qarshi ko’tarilgan milliy- ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi. Turkiston jadidlariga Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa o’nlab ziyolilar rahnamolik qildilar. Jadidlar guruhiy, ijtimoiy va hududiy birlik to’g’risidagi masalalarni ko’tarib, xalqni milliy va diniy birlikka, jipslashishga, hududiy birlikka chaqirdi, ijtimoiy ongni XX asr darajasiga ko’tarishga intildilar.2 4-oktabr Turrkiston milliy-ozodlik harakati va faollari ommaviy qatag’on qilingan kun. 1938-yilning shu kunida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, yana faoliyati aksariyat jamoatchilikka noma’lum qolayotgan https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 9 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 yuzdan oshiq o’zbek ziyolilari o’z vatanining poytaxti Toshkentda kommunistlar rejimi rahbari Stalin tasdiqlagan hujjatga muvofiq otib tashlangan. Qatl etilganlarning barchasi milliy uyg’onish harakati faollari, jadidchilar edi. Turkistonni bosqindan, qoloqlik botqo’g’idan, arosatdan ozod qilishga bel bog’lagan, buni qurolli qo’zg’alon emas, o’qish, ta’lim sifati bilangina amalga oshirishga shubha qilmagan ma’rifatparvarlar “xalq dushmani” tamg’asi ostida otuvga hukm qilindi. Inqirozdagi Turkiston umidlari sifatida siyosiy maydonga chiqqan bu oydinlarning xiyonatkorona qatl etilgani uzoq yillar millatdan yashirildi. Mustaqillikka kelib marhum prezident Islom Karimov jadidlar xotirasini abadiylashtirdi, Toshkentda muzey ochildi, Shahidlar xiyoboni bunyod qilindi. Ammo bundan qat’i nazar, jadidlar merosiga nisbatan xovotir tuzumni tark etmadi, ular adabiyoti mamlakatda targ’ib etilmadi, jadidlar g’oyasi qabul qilinmadi.3 Muzey Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 1- maydagi „Qatagʻon qurbonlarini xotirlash kunini belgilash toʻgʻrisida“gi farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Qatagʻon qurbonlarini xotirlash kunini belgilash toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. 2002-yil 8- noyabr „Qatagʻon qurbonlari xotirasiga“ muzeyining ahamiyatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-maydagi qaroriga muvofiq muzey ekspozitsiyasi yangilandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovichning Mirziyoyev 2017-yil 31-avgust kuni Qatagʻon qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan muzeyga tashrifi chogʻida bildirgan taklif va mulohazalari Vazirlar Mahkamasi qarorining asosini tashkil etadi. „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyini va oliy taʼlim muassasalari huzurida Qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan viloyat muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonni qabul qildi. Mazkur qarorga asosan muzey Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi departamenti tasarrufiga oʻtkazildi hamda uning faoliyati kengaytirildi va takomillashtirildi.4 https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 0 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 Muzeyning asosiy vazifalariga qatagʻonchilik siyosatining paydo boʻlish sabablari va oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish, mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi otabobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish va targʻib etish, qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini oʻrganish, ilmiy-ijodiy merosini toʻplash, nashrga tayyorlash va chop etish, muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqalar eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish kiradi. Muzey „Shahidlar xotirasi“ xayriya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda „Qishloq fojiasi“ (R. Shamsutdinov), „Abdulla Qodiriy“ (S. Mirvaliyev), „Choʻlpon“ (N. Karimov) tadqiqotlari, Munavvarqori Abdurashidxonov va Botuning „Tanlangan asarlar“ini nashr etgan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston hujjatli va badiiy filmlar kinostudiyasi hamda "Oʻzbektelefilm" studiyasi bilan hamkorlikda „Barhayot xotira“, „Armonli yillar koʻzgusi“, „Fidoyi olim“, „Mirtemir“ singar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakatining qatag’onga uchrashi hamda mustaqillik yillarida jadidlar xotirasi va jadid adabiyotining qayta tiklanishi haqida ma’lu…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakatining qatag’onga uchrashi hamda mustaqillik yillarida jadidlar xotirasi va jadid adabiyotining qayta tiklanishi haqida ma’lu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oqlash siyosati., Islom Karimov, Kalit so’zlar: qatag’on siyosati, Shavkat Mirziyoyev, qatag’on qurbonlari muzeyi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники