К содержанию
РецензированоRU2025

MAVZU: MUALLIFLIK SHARTNOMALARIDA NIZOLARNI HAL ETISH VA ULARNING TURLARI

Maxmudova Nozima Yusupovna

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Авторское право является важной частью современной интеллектуальной собственности, обеспечивая защиту творческого труда авторов. Споры, возникающие из авторских договоров, могут быть вызваны финансовыми разногласиями, нарушением прав использования, угрозой личным правам и нарушением условий договора. В данной статье рассматриваются механизмы разрешения таких споров через суд, арбитраж и медиацию, анализируются их преимущества и недостатки. Annotation- Copyright is a vital part of modern intellectual property, ensuring the protection of authors' creative labor. Disputes arising from copyright contracts can be caused by financial disagreements, violations of usage rights, threats to personal rights, and breaches of contract terms. This article examines the mechanisms for resolving such disputes through court proceedings, arbitration, and mediation, analyzing their advantages and disadvantages. Kalit so‘zlar: Mualliflik huquqi, shartnoma nizolari, sud, arbitraj, mediatsiya, intellektual mulk. https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 1 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 Ключевые слова: Авторское право, договорные споры, суд, арбитраж, медиация, интеллектуальная собственность. Keywords: Copyright, contract disputes, court, arbitration, mediation, intellectual property. Mualliflik shartnomalari intellektual mulk subyektlari o‘rtasidagi muhim huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Ular asarni yaratgan muallif va undan foydalanuvchi o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarni belgilab beradi. Shu bilan birga, amaliyotda bunday shartnomalar asosida ko‘plab nizolar kelib chiqayotgani ma`lum. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida” gi qonunda mualliflik huquqlari, ularning shaxsiy va mulkiy tarkiblari, shartnoma asosida intellektual faoliyat natijasidan foydalanish qoidalari belgilangan. Bu normalar asosida mualliflik shartnomasiga oid nizolar quyidagi asosiy turlarga ajratiladi: 1. Moliyaviy nizolar: Bunday nizolar, odatda, mulkiy huquqlar asosida vujudga keladi. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, asardan foydalanganlik uchun muallifga haq to‘lanishi lozim. Shu jihatdan moliyaviy nizolar quyidagicha bo‘ladi: Muallifga haq to‘lanmasligi yoki kechiktirilgan holda to‘lanishi; Haq miqdorining noto‘g‘ri hisoblanishi yoki shartnoma shartlariga zid belgilanishi; Foydalanish hajmi oshgan holda, qo‘shimcha to‘lov masalasida kelishmovchiliklar va yana boshqa holatlar . 2. Foydalanish huquqi doirasidagi nizolar O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, muallif asarni qanday shaklda, qayerda va qaysi doirada ishlatilishiga rozilik berish huquqiga ega. Agar bu rozilikdan chetga chiqilsa, quyidagi turdagi nizolar vujudga keladi: https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 2 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 Asar boshqa nom ostida yoki muallif ruxsatisiz qayta ishlanib e’lon qilinishi; Asardan internetda foydalanish, ko‘chirish yoki tijoriy maqsadlarda sotish holatlari; Litsenziya huquqlari buzilishi yoki foydalanuvchining vakolatidan ortiqcha harakatlari. 1. Shaxsiy nomulkiy huquqlarning buzilishi bilan bog‘liq nizolar: Mualliflik huquqi doirasida nomulkiy huquqlar mualliflikni tan olish, ismini ko‘rsatish, asarning butligini saqlash va boshqa holatlarni o‘z ichiga oladi. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunda bu huquqlar mustahkamlangan.1 Ularning buzilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin: Muallif ismining ko‘rsatilmasligi yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilishi; Asarga muallif ruxsatisiz tuzatishlar kiritilishi yoki uni buzib talqin etish; Muallif sha’ni va obro‘siga putur yetkazuvchi usullarda asardan foydalanish. 4. Shartnomani bekor qilish yoki buzish bilan bog‘liq nizolar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va mualliflik huquqi to‘g‘risidagi bir qancha qonunlarda shartnomani bekor qilish, bir tomonlama rad etish yoki buzishning huquqiy oqibatlari belgilab qo‘yilgan. Bunday nizolar odatda quyidagicha bo‘ladi: Shartnoma shartlari bajarilmagani sababli uning bekor qilinishi; Taraflardan birining asarni to‘liq yaratmasligi yoki topshirmasligi; Taraflarning bir-biridan tovon, jarima yoki boshqa kompensatsiyalar talab qilishi. Bunday nizolar, ko‘p hollarda, kelisha olishmaydi va ularni hal etish uchun tomonlar sud yoki arbitraj tartibiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Aynan shu bosqichda huquqni muhofaza qilishning protsessual vositalari sud ishi qo‘zg‘atish, da’vo berish, dalillarni taqdim qilish va boshqa holatlar muhim. 1 Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonun https://scientific-jl.com/luch/ 1 2 3 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 Sud orqali hal etish tartibi Mualliflik huquqlari buzilgan taqdirda, tomonlar sudga murojaat qilish orqali o‘z huquqlarini tiklashi mumkin. Bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Fuqarolik protsessual kodeksi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”giqonun nazarda tutilgan. Sudga murojaat qilish asoslari quyidagilardan iborat: Mualliflik

Доказательный фрагмент

«Авторское право является важной частью современной интеллектуальной собственности, обеспечивая защиту творческого труда авторов.»

Образец извлечения

Демо-превью

Авторское право является важной частью современной интеллектуальной собственности, обеспечивая защиту творческого труда авторов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Copyright, contract disputes, court, arbitration, mediation, intellektual mulk., intellectual property., интеллектуальная собственность., арбитраж, shartnoma nizolari, медиация, sud, Keywords: Copyright, договорные споры, суд, Kalit so‘zlar: Mualliflik huquqi, mediatsiya, Ключевые слова: Авторское право, arbitraj
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники