Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING JINOYATGA OID MUROJAATLARINI KO'RIB CHIQISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH VA XORIJ TAJRIBASI
Jumanov Asilbek Kayrat o’g’li · Gadoymurodov Bekzod Obidjon o`g`li. · IIV Akademiyasi HPF kafedrasi o`qituvchisi.
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Through this article, the concept of the activities of prevention inspectors in dealing with criminal complaints, the importance and specifics, organizational and legal framework, as well as the study of current foreign experience in this field and its advantages and disadvantages in this area. measures to address the shortcomings are outlined. АННAТАЦИЯ: В статье рассматриваются основные понятия, значение и особенности деятельности инспекторов по профилактике при рассмотрении заявлений о преступлениях, организационно-правовые основы, а также меры, направленные на организацию и внедрение современного зарубежного опыта в этой сфере, его преимущества и недостатки, устранение имеющихся проблем и недостатков в данной сфере. https://scientific-jl.com/luch/ 5 9 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Kirish va Yangiliklar. Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev aytganidek Jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini yoʻlga qoʻyish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar ongida ‘Qonun — ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar’ degan hayotiy tamoyilni qaror toptirish boʻyicha jiddiy oʻzgarishlar joriy etish oliy maqsadimiz deb aytib oʻtganlar. Aynan shu nuqtai nazardan mamlakatimiz Konstitusiyasida «Har bir shaxs bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilishga haqli. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqilishi shartligi (35-modda) hamda «Xar bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy hattixarakatlari ustidan sudga shikoyat qilish kafolatlanganligi» (44-modda) singari qoidalar belgilab qoʻyilgan. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilish va ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq huquqiy munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi 2017 yil 11 sentabr qonuni bilan tartibga solinadi. Biroq qonunda ushbu koʻrib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, fuqarolik- prosessual, jinoyat prosessual, jinoyat ijroiya, xoʻjalik-prosessual qonun xujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga hamda davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy boʻlinmalarining oʻzaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmasligi koʻrsatib oʻtilgan. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari quyidagi shakllarda boʻlishi mumkin: ogʻzaki; yozma; elektron shakllarda. Jismoniy shaxs ogʻzaki murojaat etayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi kerak. Yozma shakldagi murojaatlar esa arizalarda oʻz ifodasini topadi. Ma’lumki, qonunda bir-biriga https://scientific-jl.com/luch/ 6 0 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 oʻxshash boʻlgan «arz», «ariza», «ogʻzaki ariza bayonnomasi» kabi terminlar oʻz ifodasini topgan. Ushbu holatda «arz» tushunchasi fuqaro murojaatining mazmunini aks ettirsa, «ariza» esa mazkur murojaat qayd etilgan prosessual hujjatni ifodalaydi. Amaliyotda koʻpchilik xolatda yozma shakldagi murojaatlar ariza tarzida amalga oshiriladi. Biroq har doim ham murojaat ariza shaklida boʻlavermaydi. Misol uchun, qonunda davlat organlariga ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridan ham murojaatlar kelib tushishi nazarda tutilgan boʻlib, ushbu murojaatlarni ham belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqish talab etiladi. JPKning 322-moddasi 1-qism 2 va 3-bandlarida esa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar yoki ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabablardan biri boʻlishi mumkinligi belgilab qoʻyilgan. Demak, murojaat «xabar» mazmunida ham boʻlishi mumkin. Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikasiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan elektron hujjat shaklida boʻlishi kerak. Elektron murojaatning qonunda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi talab etiladi. Fuqarolarning jinoyatga oid murlojaatlarini qabul qilish hamda koʻrib chiqishda xorijiy davlatlar davlat organlarininig ishtirok etishi muammolarni yoritish uchun mazkur faoliyatni amalga oshirishda qoʻllanadigan normativ- huquqiy xujjatlarni tahlil qilish, shuningdek hozirgi kunda mavjud davlat organlari faoliyatini oʻrganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Vazirlik va idoralarning virtual qabulxonalari faoliyati davlat organlari va jamoatchilik oʻrtasida ochiq muloqotni oʻrnatish, dolzarb muammolarni aniqlash va hal qilishning samarali mexanizmini yaratishga imkon berdi. https://scientific-jl.com/luch/ 6 1 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Profilaktika inspektorining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish va jinoyatga oid murojaatlarni koʻrib chiqish faoliyati boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasi mavzusida yana bir misol qi
Доказательный фрагмент
«Through this article, the concept of the activities of prevention inspectors in dealing with criminal complaints, the importance and specifics, organizational and legal framework, as well as the study of current forei…»
Образец извлечения
Демо-превьюThrough this article, the concept of the activities of prevention inspectors in dealing with criminal complaints, the importance and specifics, organizational and legal framework, as well as the study of current forei… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jismoniy yuridik, koʻrib chiqish, https scientific-jl, scientific-jl com, com luch, luch часть-, часть- том-
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024