К содержанию
РецензированоRU2025

LIBOS DIZAYN TA’LIMIDA AUTODESK SKETCHBOOK, NANOCAD, MARVELOUS DESIGNER DASTURLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI

FOYDALANISH METODIKASI · Rajabova Sadoqat Yusufovna · Saidova Muxlisa Sobir qizi · Autodesk Sketchbook · Marvelous Designer при подготовке будущих

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bo‘lajak kab ta’limi o‘qituvchilarining konstruktorlik-texnologik faoliyatga tayyorlashda Autodesk Sketchbook, NanoCAD, Marvelous Designer dasturlaridan foydalanish metodikasi yoritib berilgan. Аннотaции: В статье описаны методики использования программ Autodesk Sketchbook, NanoCAD, Marvelous Designer при подготовке будущих учителей профессионалного-образования по конструкторско- технологической деятельности. Summary: The article describes the methods of using Autodesk Sketchbook, NanoCAD, Marvelous Designer programs in the preparation of future vocational education teachers in design and technology activities. Kalit so‘zlar: kompetentlik, loyihalash, Avtomatlashtirilgan loyihalash, “Autodesk Sketchbook”, “NanoCAD”, “Marvelous Designer”, «Optitex», «Investronica», «Gerber», «Julivi», «DressingSim», «i-Designer» Metodik bazani yaratish, ta’lim jarayonida dasturlashtirilgan ta’lim vositalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, talabalarda konstruktorlik-texnologik bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘z tajribalarini ijodiy nuqtai nazardan yanada https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 5 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 mustahkamlash, real amaliyotdagi sharoitda sinash va amaliy ko‘nikmalarni yangi bilimlar bilan yanada boyitish maqsadida kompyuterli dasturlashtirilgan ta’lim vositalaridan foydalaniladi. Kiyimlarni kompyuterda loyihalash ham ta’limning innovatsion shakli bo‘lib, bu ta’lim shakli ta’lim tizimiga kirib kelganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan. Kompyuterda loyihalash iqtisodiyot sohasining turli yo‘nalishlarida katta muvaffaqiyat bilan qo‘llanilishi mumkin, masalan, u yaratilayotgan mahsulotning tashkil etuvchi detallarini va uning tayyor holdagi virtual ko‘rinishini tahlil qilishda juda qo‘l keladi. Kompyuterda loyihalash butun dunyoda konstuktorlik ishlarida keng qo‘llanilib, kompyuterda loyihalash asoslarini ta’lim tizimida o‘qitish raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga egadir. Maxsus kompyuter dasturlari tasvirlarni yaratishga, ularni to‘g‘rilash va siljitishga imkon beradi. Shunday qilib, kompyuter ekranida sichqoncha yordamida, inson qalam yoki ruchka bilan qog‘ozda rasm (eskiz, chizma) chizgani kabi tasvirlashga imkon yaratadi. Bular rasm chizish dasturlari yoki grafik tahrirlagichlar bo‘lib, rasm (eskiz, chizma) elementlarini boshqarishga imkoniyat yaratadi. Kompyuterda loyihalashning tez sur’atlar bilan rivojlanishi va uning ham texnik, ham dasturiy vositalari yangilanib turishi sababli, ushbu kursni muttasil rivojlantirib turish, bu sohadagi yangi yo‘nalishlarni o‘rganish ehtiyoji tug‘iladi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta siljishlar amalga oshirildi. Keyingi yillarda o‘n millionlab turli xil rang jilolarini aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi skanerlar, grafik ishchi stansiyalar paydo bo‘ldi. Natijada dasturiy vositalar sohasida real voqelikni kompyuterda tasvirlay oladigan dasturlar yuzaga keldi. Shaxsiy kompyuterlarda amalga oshirilgan zamonaviy grafik tizimli loyihaviy izlanishlarda va berilganlarni tahlil qilishda, olingan natijalarni yanada yaqqolroq tasvirlashda, taqdimotlar uchun materiallar tayyorlashda keng https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 6 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 qo‘llaniladi. Kompyuterda loyihalashning nazariy-uslubiy asoslarini o‘rganish, shuningdek, amaliy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish «Kompyuter grafikasi», «Muhandislik grafikasi» va boshqa fanlardan olingan bilimlarga bog‘liq. Tadqiqot jarayonida biz ishlab chiqarish sohasida qo‘llanilib kelayotgan, ammo ta’lim jarayoniga tadbiq etilmagan Autodesk Sketchbook, NanoCAD, Marvelous Designer dasturlari orqali kiyimlarni loyihalash va modellashtirishda ushbu dasturlardan foydalanish metodikasini ishlab chiqdik. Shu maqsadlardan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi: - Kompyuter grafikasi vositalarini o‘rganish; - Autodesk Sketchbook, NanoCAD, Marvelous Designer dasturlari haqida ma’lumotlarni o‘rganish va kiyimni loyihalashda foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish; - Laboratoriya mashg‘ulotlarida ushbu dasturlar orqali loyihalash ko‘nikmalarini hosil qilish; - Talabalarni mustaqil va amaliy faoliyatga yo‘naltirish orqali ularning konstruktorlik-texnologik kompetentligini rivojlantirish. Autodesk Sketchbook dasturi yordamida turli grafik ko‘rinishlarni loyihalash, foto, matn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa, badiiy ko‘rinishdagi kompozitsiyalarni tahrir qilish bilan bog‘liq amallarni bajarish mumkin. 3D texnologiyasi bo‘yicha kiyimlar konstruksiyasini modellashtirish Libos dizaynini loyihalash va konstruksiyalash jarayoni juda murakkab va ko‘p vaqt talab etadi hamda ishlab chiqarilgan mahsulot namunalarini sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinash uchun takroran ishlab chiqarishni talab qiladi [1]. Buning sababi, loyihalash ob’ektining murakkabligi bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: - Tizimda loyihalash ob’ektini qomatda ko‘rib chiqish zaruriyati; https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 7 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 - Tezkor moda almashinuvi; - Turli x

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bo‘lajak kab ta’limi o‘qituvchilarining konstruktorlik-texnologik faoliyatga tayyorlashda Autodesk Sketchbook, NanoCAD, Marvelous Designer dasturlaridan foydalanish metodikasi yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bo‘lajak kab ta’limi o‘qituvchilarining konstruktorlik-texnologik faoliyatga tayyorlashda Autodesk Sketchbook, NanoCAD, Marvelous Designer dasturlaridan foydalanish metodikasi yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
«i-Designer», «DressingSim», «Optitex», loyihalash, “NanoCAD”, «Gerber», «Investronica», Kalit so‘zlar: kompetentlik, “Autodesk Sketchbook”, «Julivi», Avtomatlashtirilgan loyihalash, “Marvelous Designer”
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники