Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RESURSTEJAMKOR KARTOSHKA KOVLAGICHNING QAZISH QISMINI TAKOMILASHTIRISH
QISMINI TAKOMILASHTIRISH · Ovlayorov S.Gʻ.
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
This article presents research papers with a scientific and technical solution for the development of a resource-saving and effective technical means and technology that ensures complete digging of the potato crop. It is indicated that it is necessary to develop a potato digger equipped with a device that digs potato tubers of compact design in one way, and to justify the technological process of work, to justify its parameters that ensure resource efficiency Keywords. Ploughshare, ring ripper, tuber eccentric, resourcesaving, latticed part. Aktiv lemexlar passiv lemexlarga qaraganda texnologik jarayonini yaxshilasada aktiv lemexlar va kombinatsiyalashgan qazish ishchi organlari konsturuksiyasi oʻta murakkab va ortiqcha energiya talab etadi. https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 5 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Shu boisdan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosan qazish ishchi organlari va umuman kartoshka kovlagichlarni tortishga qarshilik kuchini kamaytirish, buning evaziga energiyani tejash va texnologik jarayonni yaxshilashga katta ahamiyat berilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda kartoshka kovlash mashinalarini tortishga qarshilik kuchini kamaytirish evaziga mashinaning ish unumdorligini oshirish va texnologik jarayon sifatini yaxshilash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Qarshi davlat texnika universitetida konsturuksiyasi yangi boʻlgan energiya va resurstejamkor kartoshka kovlagich mashinasining konsturuksiyasi yaratildi (1- rasm). Kovlagich konsturuksiyasi qazish ishchi lemexi 1 va uning orqa qismi oldingi qismiga koʻra pogʻonasimon pastga yoʻnaltirilgan panjasimon qismdan 2 iborat. Pogʻonasimon qismning ostki qismiga barmoqli yumshatgichlar 3 oʻrnatilgan. Barmoqli yumshatgichlar shatun 4 va ekssentrik 6 orqali ulangan boʻlib unga harakat kovlagichning yurish gʻildiragi 5 va ekssentrik 6 orqali uzatiladi. 1-rasm. Kartoshka kovlagichning qazish qismi konsturuksiyasi 1-qazish lemexi; 2-panjarali qismi; 3-barmoqli yumshatgichlar; 4-shatun; 5-yurish gʻildiragi; 6-ekssentrik; 7-tayanch; 8-elaklash ishchi organi; 9-rama. https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 6 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Barmoqli yumshatgichlar 3 yurish gʻildiragiga 5 ulangan, shatun 4 va ekssentrik 6 orqali harakatga keltiriladi. Shatun 4 pastki qismiga tayanch 7 oʻrnatilgan. Demak barmoqli yumshatgichlar 3 tebranma harakatni yurish gʻildiragidan maxsus uzatma orqali oladi va harakatlanadi. Taklif etilayotgan qurilmaning ishlash jarayoni quyidagilardan iborat: Kovlagichni harakatlanishi jarayonida qazish lemexlari 1 tuproq qatlamini kartoshka tuganaklari bilan qazib oladi va massani lemexning orqa qismidagi panjarali qismi 2 ga yoʻnaltiradi. Lemex 1 va uni orqa qismi 2 pogʻonasimon qismidan oʻtib tuproq palaxsasi ushbu yuzalardan oʻtgach sinadi (chizmada h masofa) va tuproqni deformatsiyalanishi, maydalanishi va tuproqni kartoshka tuganaklaridan ajralish jarayoni boshlanadi. Lemexni orqa qismidagi panjarali qismi 2 ostiga harakatlanuvchi barmoqli yumshatgichlar 3 oʻrnatilgan va u harakatni gʻildirak 5 orqali krivoship-shatun mexanizimi 4 va ekssentrik 6 orqali harakatlanadi. Texnologik jarayonni yaxshilash maqsadida shatunning tayanchga 7 nisbatan yelkalari bir xil emasligi, yurish gʻildiragi 5 harakati davomida ekssentrik 6 agregatni yurish tomoniga burilishi va shatun 4 tayanchga 7 nisbatan buriladi. Bunga shatunning ekssentrik tomonidagi yelkasi pasga harakatlanadi, 4 shatuning yumshatgichlar 3 tomonidagi yelkasi esa yuqoriga koʻtariladi va yumshatgichlar 3 lemexning panjarasimon qismidagi oraliqdan oʻtib yuqoriga koʻtariladi. Shu tariqa barmoqli yumshatgichlar 3 tuproq massasi bilan, taʼsirlanib, uni maydalab elak 8 tomoniga surib beradi. Natijada qazish lemexi ustida tuproqning toʻplanishi va ayniqsa uning oldida tuproqning uyumlanishiga barham berildi. Texnologik jarayon yaxshilanadi va eng muhimi qazish lemexi oldida tuproqning uyumlanishiga barham berilgach tortish qarshilik kuchi va energiya sarfi kamayadi. Tajriba – tadqiqot jarayonida tuproqning oʻrtacha namligi 12% …14% qattiqligi 120…150 N/sm2, qazish chuqurligi 18..22 sm, agregatlovchi traktor https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 7 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 MTZ-80, uning 1..3 uzatmalarida harakatlanish tezliklari 0,5 … 1,3 m/s, qazish oldidan oʻsimlik poyalari oʻrilgan. Tadqiqotlar jarayonda ekperimental kartoshka kovlagichi seriyadagi KTN-2B kovlagichi bilan taqqoslanadi. Agregatning 1..3 uzatmalarida harakat tezligi 0,5… 1,3 m/s boʻlganida qazish chuqurligi 20 sm, seriyadagi agregatni tortish qarshiligi 540-770 kg, eksperimental kovlagichda esa bu koʻrsatgich 450- 600 kg atrofida ekanligini koʻrsatdi, yaʼni tortish qarshilik kuchi eksperimental kovlagichda 11…16% kamayganligini koʻrsatdi. Turli qazish qismli kartoshka kovlagichining energetik ko‘rsatkichlari jadvalda keltirilgan. Turli qazish qismli kartoshka kovlagichining energetik ko‘rsatkichlari KTN-2B passiv KTN-2B eksperimental Ko‘rsatkichlar lemexli yurish qismi Harakat tezligi, m/s 0,5 0,75 1,3 0,5 0,80 1,45 Tortish qar
Доказательный фрагмент
«This article presents research papers with a scientific and technical solution for the development of a resource-saving and effective technical means and technology that ensures complete digging of the potato crop.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents research papers with a scientific and technical solution for the development of a resource-saving and effective technical means and technology that ensures complete digging of the potato crop. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ploughshare, ring ripper, tuber eccentric, resourcesaving, latticed part., panjarali qism, resurstejamkor, Kalit soʻzlar: Lemex, ekssentrik, barmoqli yumshatgich, tugunak, Keywords. Ploughshare
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024