Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILA TARBIYASI VA MA'NAVIY QADRIYATLAR
Karimov Firdavs Sherali o'g'li
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada oila tarbiyasining inson ma’naviyati va jamiyatdagi qadriyatlar tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Oila — jamiyatning negizi bo‘lib, uning sog‘lom shakllanishi farzand tarbiyasi, axloqiy yetuklik va madaniy merosni avloddan avlodga yetkazish bilan chambarchas bog‘liq. Maqolada milliy va diniy qadriyatlar asosidagi tarbiya masalalari, globallashuv davrida oila institutining holati va uni mustahkamlash vositalari yoritiladi. Tayanch so‘zlar: Oila, tarbiya, ma’naviyat, qadriyat, axloq, din, jamiyat, farzand, an’ana, ruhiyat Oila — inson hayotining birinchi maktabi.Har bir inson oilada mehr- muhabbat, hurmat, odob va e’tiqod asoslarini o‘zlashtiradi. Shu sababli oila jamiyatning eng muhim ijtimoiy bo‘g‘ini hisoblanadi.Oila tarbiyasi sog‘lom jamiyat poydevoridir. Farzandning axloqiy, ruhiy va aqliy kamoloti aynan oilada boshlanadi. Islom dini oila muqaddasligini doimo ulug‘laydi.Qur’oni Karimda ham, Hadisi shariflarda ham er-xotin orasidagi mehr, ota-onaning farzand oldidagi burchlari, farzandlarning tarbiyasi borasida ko‘plab yo‘riqnomalar berilgan. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) aytadilar: "Sizlarning eng yaxshilaringiz oilasi bilan yaxshi muomalada bo‘lganlaringizdir" [1,42-bet]. Oila tarbiyasining ijtimoiy va axloqiy asoslari: Oila – jamiyatning eng muhim va barqaror ijtimoiy instituti bo‘lib, har bir inson hayotidagi ilk tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. Insoniyat jamiyatining asosi oiladan boshlanadi. Shu sababli ham har bir xalq o‘z tarixida oila tarbiyasiga katta e’tibor bergan. Sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, axloqiy me’yorlari va https://scientific-jl.com/luch/ 3 7 1 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 diniy qarashlari oilaviy tarbiyani milliy qadriyat darajasiga olib chiqqan.Tarixiy manbalarga qaraganda, qadimda turkiy xalqlarda oila ichidagi hurmat, kattaga itoat, kichikka mehr, oilaning har bir a’zosi o‘z o‘rnini bilishi qat’iy rioya qilingan [2,82-bet]. Masalan, “Oltin bitiklar”da farzandning ota-onaga bo‘lgan hurmati hayotning eng muhim qadriyati sifatida ko‘rsatilgan. Bu qadriyatlar islom dini qabul qilinganidan so‘ng yanada boyib, diniy va axloqiy tamoyillar bilan mustahkamlangan. Islom dinida oila muqaddas hisoblanadi. Qur’oni Karimda er-xotin orasidagi mehr-oqibat haqida ko‘plab oyatlar bor. Masalan: “Uning (Allohning) belgilaridan biri – sizlar tinchlik topishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlaringizni yaratgani va o‘rtangizda muhabbat hamda mehr-muhabbat paydo qilganidir” (Rum surasi, 21- oyat) [3,74-bet]. Bu oyat oilaning muqaddasligini va undagi mehr-oqibatning Alloh tomonidan ato etilgan ne’mat ekanini bildiradi.Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) aytadilar: “Sizlarning eng yaxshilaringiz – oilasi bilan yaxshi muomalada bo‘lganlaringizdir” [4,42-bet]. Bu hadis musulmon kishining eng avvalo o‘z oilasida yaxshi inson bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi. Oilaviy tinchlik, tarbiya va axloqiy muhit farzandlarning kamolotida hal qiluvchi ahamiyatga ega.Farzand tarbiyasida eng muhim bosqich – bu ota-onaning shaxsiy namunasi. Bolalar eshitganidan ko‘ra ko‘proq ko‘rganiga ergashadi. Ota-onaning o‘zaro muomalasi, bolalarga bo‘lgan munosabati, qadriyatlarga munosib hayoti tarbiyaviy jihatdan beqiyos ahamiyatga ega. Islomda bu masalaga alohida e’tibor berilgan. Ota- onaning farzandga bergan tarbiyasi ular uchun do‘zaxdan najot, jamiyat uchun esa sog‘lom avlod manbaidir [5,109-bet]. O‘zbek xalqining urf-odatlarida ham tarbiyaning ijtimoiy va axloqiy jihatlari muhim o‘rin egallaydi. Masalan, “Yaxshi oila – elga namuna” degan maqol bejiz emas. Oila ichida shakllangan me’yorlar butun mahalla va jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda, bugungi kunda oilaviy tarbiyada duch kelinayotgan muammolar, xususan, ota-onaning bandligi, zamonaviy texnologiyalarning https://scientific-jl.com/luch/ 3 7 2 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 tarbiyaga salbiy ta’siri kabi holatlar ham mavjud. Bu esa oilaviy tarbiyani muhofaza qilish va kuchaytirish uchun har tomonlama chora-tadbirlar zarurligini ko‘rsatadi.Mutaxassislarning ta’kidlashicha, oila tarbiyasidagi ijtimoiy muhit, kommunikatsiya, ruhiy sog‘lomlik, diniy va ma’naviy yondashuvlar o‘rtasidagi uyg‘unlik farzandning shakllanishida hal qiluvchi o‘ringa ega. Jumladan, ijtimoiy psixolog X. Shodiyev o‘z tadqiqotida oila muhitining boladagi axloqiy mezonlarga bo‘lgan munosabatini belgilovchi asosiy faktor ekanini aytadi [6,56-bet]. Oila sog‘lom bo‘lsa – jamiyat sog‘lom bo‘ladi. Ma’naviy qadriyatlar va oilaviy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi: Ma’naviy qadriyatlar va oilaviy tarbiya o‘rtasidagi bog‘liqlik har bir jamiyatning kelajagi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Oila – bu shaxsning axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishining birinchi va asosiy bosqichi bo‘lib, oilada olingan tarbiya, ota-onaning o‘zaro munosabati va jamiyatning qadriyatlariga bo‘lgan hurmat, farzandlarning hayotdagi muvaffaqiyatlariga bevosita ta’sir qiladi. Oila, shuningdek, farzandlar uchun mustahkam ijtimoiy muhit yaratib, ularning ma’naviy qadriyatl
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada oila tarbiyasining inson ma’naviyati va jamiyatdagi qadriyatlar tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada oila tarbiyasining inson ma’naviyati va jamiyatdagi qadriyatlar tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, din, farzand, axloq, ma’naviyat, Tayanch so‘zlar: Oila, an’ana, jamiyat, ruhiyat, qadriyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025