К содержанию
РецензированоUZ2025

XRISTIANLIK VA ISLOM, DINSHUNOSLIK NUQTAI NAZARIDAN QIYOS

Narziyev Shohruzjon Ma'ruf o'g'li

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada xristianlik va islom dinlari dinshunoslik nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi. Har ikki dinning asosiy aqidaviy tamoyillari, ibodat tizimlari, diniy amaliyot va axloqiy qadriyatlari solishtirilib, ularning tarixiy shakllanishi va insoniyat taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi. Maqolada dinshunoslikdagi tarixiy, empirik va fenomenologik yondashuvlar asosida tahlil yuritiladi. Xristianlik va islom o‘rtasidagi umumiylik va tafovutlar ilmiy asosda ko‘rsatilib, ularning bugungi davrdagi madaniy va ijtimoiy ahamiyati haqida xulosa chiqariladi. Kalit so‘zlar: Dinshunoslik, xristianlik, islom, aqida, ibodat, ilohiyot, qiyosiy tahlil, tarixiy yondashuv, empirik yondashuv, fenomenologiya, diniy tizim. Dinshunoslik insoniyat tarixining turli bosqichlarida shakllangan diniy tizimlar, ularning ijtimoiy, madaniy va ma'naviy hayotdagi o‘rnini o‘rganuvchi muhim ilmiy sohaga aylangan. Ushbu fan nafaqat diniy e'tiqodlarning mohiyatini tahlil qiladi, balki ular orasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni ham aniqlash orqali dinga nisbatan obyektiv va ilmiy yondashuvni shakllantiradi. Shunday yondashuv doirasida xristianlik va islom dinlari qiyosi muhim mavzulardan biridir.Xristianlik va islom dunyoning eng yirik dinlaridan hisoblanadi. Ular o‘z e'tiqodiy asoslari, tarixiy shakllanishi, ilohiyotga yondashuvi hamda axloqiy qadriyatlari bilan dunyo aholisining katta qismini qamrab olgan. https://scientific-jl.com/luch/ 3 7 8 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Har ikkala din ham yagona Xudoga ishonishga asoslangan, ammo bu e’tiqodda ifodalangan g‘oyalar va marosimlarda muayyan farqlar mavjud. Shu bilan birga, ularning paydo bo‘lgan davri, tarqalish geografiyasi va ijtimoiy jarayondagi ishtiroki ham o‘ziga xos tahlilni talab qiladi.Mazkur maqolada xristianlik va islom dinlari dinshunoslik nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi. Ularning aqidaviy, ibodat, axloqiy va ijtimoiy jihatlari solishtiriladi hamda har ikki dinning umumiy va farqli jihatlari yoritiladi. Dinshunoslikdagi empirik, tarixiy va fenomenologik yondashuvlar asosida mazkur ikki din o‘rtasidagi munosabatlar ham tahlil etiladi. Xristianlik va islom diniy tizimining umumiy xususiyatlari: Xristianlik va islom dinlari tarixan turli geografik hududlarda shakllangan bo‘lsa-da, ular yagona Xudoga e’tiqod qiluvchi, vahiy asosidagi semitik dinlar sirasiga kiradi. Har ikkala din ham insoniyatga hidoyat yo‘lini ko‘rsatish, axloqiy poklikka chorlash va ijtimoiy adolatni ta’minlash kabi asosiy vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan. Bu jihat ularni boshqa diniy tizimlardan ajratib turadi.Xristianlik eramizning birinchi asrida Falastin hududida, yahudiylik asosida paydo bo‘lgan. Bu dinning markazida Iso Masih (Iisus) shaxsiyati turadi. U nasroniylar tomonidan Xudoning O‘g‘li, najotkor sifatida qabul qilingan. Iso Masihning hayoti, faoliyati va ta’limotlari «Yangi Ahd» kitobida bayon qilingan. Islom dini esa VII asrda Arabiston yarim orolida Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) orqali yoyilgan bo‘lib, musulmonlar uni eng so‘nggi va to‘liq vahiy sifatida qabul qilishadi. Qur’oni karim bu dinning asosiy manbasi hisoblanadi.Ikkala din ham vahiyga asoslanadi: xristianlikda Muqaddas Kitob — «Eski Ahd» va «Yangi Ahd»dan iborat bo‘lsa, islomda Qur’on va hadislar asosiy manba hisoblanadi. Ular har ikkalasida ham ilohiy kalom sifatida qadrlanadi, ammo yozilish shakli va tuzilishida farqlar mavjud. Qur’on Muhammad (s.a.v.) orqali ilohiy tarzda nozil qilingan bo‘lib, musulmonlar uni Xudoning so‘zining so‘zma-so‘z ifodasi deb bilishadi. Xristianlikda esa Muqaddas Kitob ilhom asosida insonlar tomonidan yozilgan deb qaraladi [1,B.62]. https://scientific-jl.com/luch/ 3 7 9 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Axloqiy jihatdan ham xristianlik va islom insoniy fazilatlarni, mehr-oqibat, kechirimlilik, halollik va poklikni targ‘ib qiladi. Har ikkala din ham insonni komil bo‘lishga, jamiyatda yaxshilik qilishga chorlaydi. Bu jihat ularni birlashtirsa-da, amaliyotda bu qadriyatlarni shakllantirish va bajarish usullari turlicha bo‘lishi mumkin.Shuningdek, ijtimoiy masalalarga yondashuvda ham o‘xshashliklar mavjud. Masalan, ikkalasi ham sadaqa, muhtojlarga yordam berish, oilaviy qadriyatlarni asrashni muhim deb hisoblaydi. Biroq, islomda ijtimoiy adolat va iqtisodiy tenglikka oid hukmlar yanada batafsil belgilangan: zakot, miras qonunlari, moliyaviy muomalalar bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar mavjud [2,B.104]. Tarixiy jarayonda bu ikki din dunyoga keng tarqaldi va turli madaniyatlar bilan uyg‘unlashdi. Xristianlik Yevropa, Amerika va Afrika qit’alarida kuchli ijtimoiy ta’sirga ega bo‘lsa, islom Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Afrikada keng tarqalgan. Ularning kengayishi esa siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlarga ham sabab bo‘ldi. Aqidaviy va ibodat tizimlaridagi farqlar: Xristianlik va islom dinlari o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilganda, avvalo ularning aqidaviy asoslari va ibodat tizimlari e'tiborga olinadi. Har ikkala dinning markazida Xudo tushunchasi turadi, ammo bu tushuncha va unga bo‘lgan e’tiqod, shuning

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada xristianlik va islom dinlari dinshunoslik nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada xristianlik va islom dinlari dinshunoslik nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
islom, tarixiy yondashuv, xristianlik, ilohiyot, empirik yondashuv, Kalit so‘zlar: Dinshunoslik, fenomenologiya, qiyosiy tahlil, ibodat, aqida, diniy tizim.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники