К содержанию
РецензированоUZ2019

KARANTINGA OID HUQUQBUZARLIKLARNING HUQUQIY TAHLILI

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti · O‘rozmatova Elmira Farhod qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2019

Аннотация

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi jinoiy va ma’muriy qonunchiligida karantinga oid huquqbuzarliklar tushunchasi, ularning tarkibi: obyekt, subyekt, obyektiv tomon, subyektiv tomoni, karantin tushunchasi va karantinga oid cheklovlar, xorijiy davlatlar qonunchiligida karantinga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari yoritib o’tilgan. Kalit so’zlar: karantin, epidemiya, huquqbuzarlik, Covid-19, pandemiya, sanitariya, cheklov, sanitariya epidemiologik osoyishtalik, tibbiy ko’rik, sanitariya muhofazasi, o‘simliklar himoyasida karantin, ma’muriy javobgarlik, jinoiy javobgarlik. Ma’lumki bugungi kunda butun dunyoda ko’plab yuqumli kasalliklar tarqalgan bo’lib har yili ushbu kasalliklar millionlab odamlarning hayotiga zomin bo’lmoqda, eng achinarlisi esa ushbu qurbonlarning kata qismini yosh bolalar tashkil qilmoqda. Insoniyat uchun kata talofat keltirgan bunday kasalliklardan biri 2019-yil dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida boshlangan Covid-19 epidemiyasi bo’ldi. Ushbu virus boshqa davlatlarga ham tarqalib 2020-yilning 11-martida JSST tomonidan pandemiya deb belgilandi va qator mamlakatlarda karantin cheklovlari belgilandi. Pandemiya JSST maʼlumotiga koʻra 2023-yil 5-may kuni bekor qilindi. COVID-19 pandemiyasi roppa-rosa 3 yil, 1 oy, 24 kun davom etdi. Mana shu vaqt oraligʻida koronavirus sabab dunyo boʻyicha 7 millionga yaqin inson halok boʻldi, 765 milliondan ortiq kasallanish holatlari aniqlandi. https://scientific-jl.com/luch/ 4 2 2 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Yuqorida ushbu virus tarqalishi munosabati bilan karantin cheklovlari belgilanganligi haqida aytgandik endi ushbu karantin cheklovlarini mohiyatini yoritib o’tsak. Karantin (italyancha “quarantena- qirq kun), karantinlash- tibbiyotda o’ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishini cheklashga qaratilgan epidemiyaga qarshi ma’muriy va sanitariya tadbirlari majmui bo’lib, ma’lum hududni kasallik tarqatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yo’qotishga, uning bir joydan boshqa joyga tarqalib ketishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan profilaktik tadbir hisoblanadi. Shu maqsadda karantin e’lon qilingan joyda aholi orasida hamma turdagi aloqa, bordi keldi keskin cheklanadi. Karantin epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi “Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari” asosida amalga oshiriladi. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin choralari joriy etilishi qonuniy asosda amalga oshiriladi. Uning qarorlari idoraviy mansubligidan va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, barcha tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolar uchun majburiydir. Karantin atamasi tibbiy nuqta’i nazardan tashqari o‘simliklar himoyasida ham ishlatiladi. Belgilangan karantin cheklovlariga amal qilmaslik O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy hamda Jinoyat qonunchiligi asosida javobgarlikka tortishga asos bo’ladi. Jumladan: O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 54-moddasida epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan bo’lib unga ko’ra: Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. https://scientific-jl.com/luch/ 4 2 3 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish, karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa – o’ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi. Ushbu moddaning obektiv tomoni karantinli sharoitda jamoat joyida niqob taqmasdan yurish, belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shifoxonada ichki tartibga rioya etmaslik, karantinni o’tash uchun belgilangan joylarga yetib bormaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo’lgan davrda muloqotda bo’lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik kabi harakatlardan iborat bo’lib o’n olti yoshga to’lgan aqli raso jismoniy shaxs ushbu harakatlardan birortasini sodir etgan taqdirda ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Yuqoridagi O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi dispozitsiyasida sanab o’tilgan harakatlarni sodir etish odamlarnin

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi jinoiy va ma’muriy qonunchiligida karantinga oid huquqbuzarliklar tushunchasi, ularning tarkibi: obyekt, subyekt, obyektiv tomon, subyektiv tomoni, karantin tushunchasi va karan…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi jinoiy va ma’muriy qonunchiligida karantinga oid huquqbuzarliklar tushunchasi, ularning tarkibi: obyekt, subyekt, obyektiv tomon, subyektiv tomoni, karantin tushunchasi va karan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘simliklar himoyasida karantin, Kalit so’zlar: karantin, cheklov, sanitariya muhofazasi, jinoiy javobgarlik., sanitariya, huquqbuzarlik, sanitariya epidemiologik osoyishtalik, tibbiy ko’rik, epidemiya, Covid-19, ma’muriy javobgarlik, pandemiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники