К содержанию
РецензированоUZ2025

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA SOGʻLIQNI SAQLASH MUASSASALARI BILAN HAMKORLIGINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR · HAMKORLIGINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI · O‘zbekiston Respublikasi IIV AkademiyasiKursanti · Quvvatov Abduxoliq Mirzajon o‘g‘li

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorligi, ushbu faoliyatning asosiy yo‘nalishlari, profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatida sog‘liqni saqlash hamkorlikni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan bogʻliq masalalar yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: hamkorlik, sogʻliqni saqlash muassasalari, profilaktika inspektorlari,tashkiliy asos, huquqiy asos, qaror, qonun, qoʻshma qaror, tan jarohati, xabardor qilish. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash siyosatning ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilangan hamda bu boradi dolzarb islohotlar amalga oshirilmoqda desak maqsadga muvofiq boʻladi. Ana shunday islohotlarni samarali amalga oshirish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar organlari bir qator davlat tashkilotlari hamda muassalari bilan bevosita hamkorlik qiladi. Ichki ishlar organlari bevosita hamkorlik qiladigan bunday tashkilotlardan biri bu sogʻliqni saqlash muassasalari hisoblanadi. Ichki ishlar organlarining sogʻliqni saqlash organlari bilan hamkorligi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan boʻlib ushbu faoliyatning huquqiy asoslari yaratilgan. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarni ularning yuridik kuchiga koʻra qonunlar va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlariga ajratish mumkin. https://scientific-jl.com/luch/ 4 2 7 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorligining huquqiy asoslari – qonunlar va qonunchilik hujjatlarida ifodalangan qoidalar, farmoyishlar va koʻrsatmalar hamda davlat organlarining ushbu faoliyatga doir buyruq, yoʻriqnoma va boshqa normativ hujjatlarining yigʻindisidir. Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorligining huquqiy asoslarini mazmuniga koʻra ikki turga: 1. fuqarolarning xulq-atvori, huquq va erkinliklarini, ma’lum harakatlarni amalga oshirishda oʻrnatilgan ta’qiqlar va ularni buzganlik uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi normalarni oʻz ichiga olgan tartibga soluvchi; 2. profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorligi oʻrtasidagi vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, faoliyatining shakl va usullarini belgilovchi. Profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorligini samarali tashkil etish va boshqarish bu sohadagi huquqiy asoslarni muntazam monitoring qilib borishni, ularning ijtimoiy hayotga qay darajada mosligi va amal qilishini kuzatib borishni talab etadi. Profilaktika inspektorining davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorigining birinchi huquqiy asosi Oʻzbekiston Respubliksi Konstitusiyasi hisoblanadi. Konstitusiyaviy normalar ichki ishlar organlarining davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorigini toʻgʻridan toʻgʻri tartibga solmasada, Konstitutsiyamizning 48-moddasida “Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va https://scientific-jl.com/luch/ 4 2 8 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘radi. Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi” deb belgilab qo’yilgan. Profilaktika inspektorining davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari bilan hamkorigining eng asosiy huquqiy asoslaridan yana biri Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonun hisoblanadi. Qonunning 9-moddasiga muvofiq sogʻliqni saqlash organlari huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tizimiga kiritilgan. Ushbu qonunning 18-moddasida esa Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari koʻrsatib oʻtilgan boʻlib bular quyidagilardan: - huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; - fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish; - fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish; - aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimla

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada profilaktika inspektorining sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorligi, ushbu faoliyatning asosiy yo‘nalishlari, profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatida sog‘liqni sa…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorligi, ushbu faoliyatning asosiy yo‘nalishlari, profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatida sog‘liqni sa… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy asos, xabardor qilish., tan jarohati, profilaktika inspektorlari, qonun, tashkiliy asos, qoʻshma qaror, sogʻliqni saqlash muassasalari, Kalit so‘zlar: hamkorlik, qaror
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники